• OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH
  • Umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarini tabaqalashtirilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining NAMUNAVIY OʻQUV DASTURI
  • KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/103
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #138518
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
    Bog'liq
    3-ILOVA

    KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSINING 
    NAMUNAVIY OʻQUV DASTURI 
    N A M U N A V I Y Oʻ Q U V D A S T U R I 
    (Tajriba-sinov tariqasida) 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    TOSHKENT – 2023 



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI 
     
    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH 
    VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
     
     
     
     
    Umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarini 
    tabaqalashtirilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining
    NAMUNAVIY OʻQUV DASTURI 
     
     
    Tuzuvchilar: A. Ismailov, B. Atayeva, T. Turgunbayeva, I. Xurramov 
     
    Taqrizchi: 
    Islam Hassan Mahmoud 
    Hassan Elhadary 
    A. Avloniy 
    nomidagi 
    milliy-
    tadqiqot 
    instituti 
    xorijiy 
    maslahatchisi 
     
    M. Shodiyeva 
    Qashqadaryo 
    viloyati 
    PYMOʻMM 
    maktabgacha, 
    boshlangʻich va maxsus taʼlim 
    kafedrasi mudiri, pedagogika 
    fanlari doktori (DSc), professor 
    v.v.b. 
    Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarini tabaqalashtirilgan uzluksiz kasbiy 
    rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti 
    Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi 4/1-son bayonnomasi bilan maʼqullangan va tasdiqqa tavsiya 
    etilgan. 
     
     
     



    KIRISH 
    Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
    2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha 
    milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi 
    “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
    yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash 
    hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
    toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
    yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil 
    etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida 
    belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat 
    taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash 
    maqsadida, shuningdek, umumtaʼlim maktablari rahbar va pedagog xodimlarining 
    kasbiy standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning 
    ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan xalq 
    taʼlimi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy 
    etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda 
    tuzilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 
    boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining malakasini oshirish jarayonlarining 
    mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam 
    oshirishni nazarda tutadi. 
    Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-
    noyabrdagi 540-son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan diagnostik test natijalariga ko‘ra, 
    o‘quv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash, ta’limdagi ilg‘or 
    yutuqlarni o‘rganish, inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabat, o‘quv-tarbiya 
    jarayonini modellashtirish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ta’limda raqamli 
    texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish: 4K 
    – tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, kommunikativ ko‘nikmalarini 
    shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tegishli yangi 
    bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
    Mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mavzular mazmuni umumiy 
    oʻrta taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish sifati va 
    ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari asosida 
    shakllantirilgan boʻlib, pedagoglarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim 
    va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini 
    oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi. 



    Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi 
    namunaviy oʻquv dasturi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari kasbiy 
    standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV 
    tabaqada shakllantirilgan tayanch oʻquv rejasining 2 ta blok tarkibidagi quyidagi 
    8 ta oʻquv modullar mazmunini oʻz ichiga oladi: 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish