Nomlangan katak yoki diapazon e-jad. Named cell or range elektron jadvaldagi har bir yoki bir necha kataklar
diapazoniga berilgan nom.
Noodatiy maʼlumot mb. Abnormal data sinalayotgan tizim qabul qilmaydigan, noto‘g‘ri
qiymatga ega va rad etiladigan maʼlumot.
Normal shakl mb. Normal form meʼyorga keltirilgan maʼlumotlar bazasi.
Normallashtirish mb. Normalisation maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni
muvofiqlashtirish.
NOT atm. mb. NOT maʼlumotlar bazasi buyrug‘i bo‘lib, o‘zidan keyingi
ko‘rsatkichga mos kelmaydigan maʼlumotlarni qidiradi.
Noutbuk Notebook ichki batareyada ishlaydigan portativ
kompyuter.
Nusxa olish Copy belgilangan matnni clipboardga saqlab olish (ushbu
amal bajarilganda nusxalangan matn sahifada ham
saqlanib qoladi);
tasvirning butun yoki belgilangan qismini nusxalash;
tanlangan matn yoki rasmni xotiraga saqlab olish va
kerak bo‘lganda uni qo‘shish (bu jarayonda matn yoki
rasm sahifadan o‘chirilmaydi).
Nusxalash Replicate mavjud element, masalan, formuladan nusxa olish;
biror faoliyat jarayonini aynan bir xil tarzda bir necha
marotaba amalga oshirish.
O‘chirg‘ich diz. Eraser ekrandagi rasm yoki belgilarni o‘chiruvchi uskuna.
@edurtm_uz
160 O‘g‘rilik mad. Theft o‘zgalarga tegishli narsalarni ruxsatsiz va yashirincha
o‘zlashtirish; anʼanaviy yoki elektron shakldagi axborot
yoki maʼlumotni ruxsatsiz o‘zlashtirish ham o‘g‘rilik
hisoblanadi.