40
Slaydga o‘tish effektlarini qo‘shish
Slayd oʻtish effekti — bir slayddan boshqasiga oʻtishda yordam beradigan animatsiya
turi. Oʻtish effektlari taqdimot yanada qiziqarli boʻlishiga va
auditoriya e’tiborini
jalb qilishga yordam beradi. Auditoriya kontentni tushunishi va toʻliq anglashi uchun
taqdimotga qiziqtirish juda muhimdir.
Turli-tuman, haddan ziyod oʻtish effektlari auditoriyani chalgʻitadi. Shu bois bir
yoki ikki xil effektdan foydalanish maqsadga muvofiq. Tomoshabinlarga noqulaylik
tugʻdirmaslik uchun oʻtish effektlarining almashish vaqtini toʻgʻri sozlash kerak.
Slaydlar juda sekin oʻtsa, auditoriya kutib zerikadi, tez oʻtganda esa kontentni oʻqishga
ulgurmay qoladi.
Oʻtish effekti slaydning boshiga qoʻshiladi. Shuning uchun slayd koʻrinishi bilan effekt
ishga tushadi. Bu amalni bajarish uchun tegishli slayd tanlanadi va
Transitions
menyu boʻlimi yordamida oʻtish effekti qoʻllanadi.
Shuningdek, Transitions menyu boʻlimining oxiridagi kichik strelka bosilganda oʻtish
effektlarining toʻliq variantlar roʻyxati ochiladi.
Fotosurat sizga tegishli boʻlsa ham, uni taqdimotda koʻrsatish uchun doʻstingizdan
ruxsat oling. Bu