• Verification
  • Maktabgacha va




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/159
    Sana01.02.2024
    Hajmi6,45 Mb.
    #149906
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159
    Bog'liq
    7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023

    7.6-mashg‘ulot
    Ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar tartib bilan kiritilgani tekshiriladi. Ushbu amal 
    verification deb ataladi. U ma’lumotlarning toʻgʻriligini emas, balki soʻralgan 
    ma’lumot kiritilganini tekshiradi.
    Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlar ularning asli bilan solishtiriladi. 
    Ehtimol, ma’lumotlar qogʻoz parchasidan koʻchirilgan boʻlishi yoki ma’lumotlar 
    tegishli boʻlgan shaxs yaqin atrofda boʻlishi mumkin. Ma’lumotlar bexato 
    kiritilganiga ishonch hosil qiling.
    Verification: biror 
    ma’lumotni uning 
    asli bilan bir xil 
    ekani va tartib 
    bilan kiritilganini 
    tekshirish.
    Kalit so‘z
    @edurtm_uz


    114
    Ma’lumotlar xavfsizligi
    Ma’lumotlar shaxsiy va qimmatli boʻlishi mumkin. Ba’zi kimsalar boshqa birovlarning 
    qayerda yashashi, nimalarni xarid qilishi va hordiq chiqarish uchun nimalar bilan 
    shugʻullanishi kabi ma’lumotlarini aniqlash uchun koʻp pul sarflashga tayyor. Yuqorida 
    misol keltirilgan ma’lumotlar 
    raqamli iz deb ataladi. Internetda qilingan har qanday 
    harakat foydalanilgan veb sayt ma’muriyati tomonidan saqlab olinishi mumkin.
    Misol uchun, nega ekranda biroz oldin koʻrib chiqilgan narsalar haqida reklama 
    chiqadi? Veb sayt koʻrilgan ma’lumotlarni qayerdan biladi? Qidirilgan ma’lumotlar tarixi 
    kompyuterda saqlanadi. Veb saytlar foydalanuvchiga qiziqarli tuyulgan mahsulotlar 
    reklamasini chiqarish uchun ushbu aniq ma’lumotlarga tayanadi. Bu 
    raqamli 
    izdan ijobiy foydalanish namunasi hisoblanadi (reklama qiluvchilar uchun ijobiy, 
    foydalanuvchi esa reklamalardan bezovta boʻlishi mumkin!).
    Raqamli izdan salbiy maqsadda ham foydalanish mumkin. Doʻstlarimizdan biri biz 
    yoqtirmaydigan fotosuratni internetga joylasa, nima boʻladi? Oʻsha fotosurat internetda 
    butun umr davomida saqlanib turishi va uni biz 
    haqimizda batafsil bilishni istagan har qanday inson, 
    masalan, kelajakda ish beruvchilar ham koʻra olishi 
    mumkin. Mashhur insonlarning fotosurati koʻp hollarda 
    ularning ruxsatisiz internetga joylanadi. Bu qanchalik 
    toʻgʻri? Ularning fotosuratlaridan boshqalar reklama 
    uchun foydalanadi, lekin mashhurlarning ham shaxsiy 
    daxlsizlik huquqlari bor-ku!
    Shuningdek, ma’lumotlar jinoyatchilar tomonidan 
    ham salbiy niyatda ishlatiladi. Ular ism, tugʻilgan sana 
    va manzil kabi ma’lumotlardan foydalanib yolgʻon 
    akkauntlarni ochishi va shaxslarga tegishli hisob 
    raqamlarga buzib kirish orqali pullarni oʻzlashtirishi 
    hech gap emas.
    Ma’lumotlarni xavfsiz saqlash dolzarb ahamiyatga ega. Bu orqali ularning oʻgʻirlanish 
    ehtimoli kamayadi (lekin bu umuman oʻgʻirlanmaydi degani emas).
    Agar boshqalarga oid ma’lumotlar boʻlsa, nimalarni saqlash mumkin va mumkin 
    emasligini bildiruvchi qonunlar bilan tanishib chiqish kerak. Ushbu qonunlar 

    Download 6,45 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   159




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish