ma’lumotlar himoyasiga oid qonunchilik deyiladi. Qoidalardan biri boshqalar
haqidagi daxlsiz ma’lumotlarni saqlash mumkin emasligi yoki boshqalarning
ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash kerak ekanidir.
Quyidagi jadvalda ma’lumotlar bazasini himoya qilishning ayrim usullari tavsiflangan.
Uslub
Tavsif
Parol
Faqat parolni biluvchi insonlar ma’lumotga kira oladi. Parol
qanchalik murakkab boʻlsa, uni topib olish shunchalik qiyin boʻladi.
Ishonchli parol kamida sakkizta belgidan iborat boʻlib, raqamlar,
maxsus belgilar, kichik va katta harflarni oʻz ichiga oladi.
Boshqalar topishi oson boʻlgan soʻzlardan, masalan, ismdan parol
sifatida foydalanmaslik kerak.
Internetga shaxsiy
ma’lumotlarni
joylashda ehtiyot
boʻlish kerak.
Shaxsiy ma’lumotlar
xavfsizligini,
ulardan shaxsning
oʻziga qarshi
foydalanmasliklarini
ta’minlash kerak.
Ehtiyot bo‘ling!
Raqamli iz:
siz haqingizda
internetdagi
mavjud ma’lumot.
Buzib kirish:
kompyuter tizimiga
noqonuniy,
ruxsatsiz kirish.
Maʼlumotlar
himoyasiga oid
qonunchilik:
ma’lumotlaringizni
himoya qiluvchi
qonunlar.
Parol: faqatgina siz
biladigan, tizimga
kirish uchun
shaxsiy kirish
ruxsatini beruvchi
belgilar majmuasi.
Kalit so‘zlar
8-amaliy ko‘nikma
@edurtm_uz
115
Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
Kirish huquqi:
boshqa odamlarga
beriladigan ruxsat
darajalari. Masalan,
ular ruxsat
bergan shaxsning
ma’lumotlar
bazasidagi
ma’lumotlarni
faqat oʻqiy olishi
mumkin.
Ko‘rish huquqi:
bir foydalanuvchi
koʻrishi mumkin
boʻlgan aniq
ma’lumotlar
(bunda
saqlanayotgan
barcha
ma’lumotlarni
koʻrish mumkin
emas).
Kalit so‘zlar
8.1-mashg‘ulot
Quyidagi vazifalarning javobini daftaringizga yozing.
Ultimate League
tashkilotchilari ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni qanday
qilib xavfsiz saqlashni bilishi kerak.
Yuqorida oʻrgangan axborotlardan foydalanib Ultimate League tashkilotchilari
ma’lumotlarni xavfsiz saqlay olishining ikki xil usulini tushuntirib bering.
1.
2.
Uslub
Tavsif
Kirish
huquqlari
Ma’lumotlar bazasida ayrim insonlarning foydalanish koʻlamini
cheklash mumkin:
Read only: “Faqat oʻqish” ruxsati berilgan shaxslar ma’lumotni
faqat koʻradi, biroq tahrirlolmaydi yoki oʻchira olmaydi.
Read, write: “Oʻqish, yozish” ruxsati berilgan shaxslar ma’lumotlarni
koʻradi va oʻzgartira oladi.
Ko‘rish
huquqlari
Ma’lumotlar bazasini ayrim shaxslar belgilangan ma’lumotlarnigina
koʻra oladigan qilib sozlash mumkin.
Masalan, sport klubi qabulxonasidagi xodim ismlar va manzillarni
koʻra olishi mumkin, lekin shaxslarning kredit kartasi ma’lumotlari
yoki tibbiy ma’lumotlari tarixi kabi maxfiy ma’lumotlarni koʻra
olmaydi.
Ma’lumotlar bazasida yuqoridagi sozlamalarni faollashtirish shart emas, lekin ularning
nimaligi va qoʻllanish maqsadlarini bilish kerak.
Kirish huquqlari va koʻrish huquqlari oʻzaro farqlanadi. Ayrim insonlar ma’lumotlar
bazasiga
Read only ruxsati bilan kira oladi, lekin ular barcha ma’lumotlarni koʻra olishi
mumkin. Boshqa insonlar esa ma’lumotlar bazasiga
Write, Read ruxsati bilan kira
oladi, lekin ular ma’lumotlar bazasining kichik bir qismini “koʻrishi” mumkin boʻladi.
@edurtm_uz
|