118
7. Keyingi oynadan Close tugmasi bosiladi.
Endi jadvaldagi ma’lumotlar kiritilgan Microsoft Word hujjati paydo boʻladi.
3-usul: maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda elektron xabar yaratish
Agar bir nechta odamga yuboriladigan xat yozilsa va har bir xatga faqat bir kishining
ismi va manzilini kiritish kerak boʻlsa, nusxa olish va joylash buyrugʻi yordamida har bir
kishining ma’lumotlarini birma-bir nusxalashga toʻgʻri keladi. Masalan, maktab rahbariyati
oʻquvchilarning ota-onasi va vasiylarining har biriga maktab pyesasi haqida xat yuborishi
kerak. Maktab har bir xatda ota-ona yoki vasiyning ismi va manzili boʻlishini xohlaydi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda elektron xatni yaratishda ma’lumotlar
bazasidagi har bir yozuv uchun hujjatning faqat bir nusxasi olinadi. Bitta odam — bir
yangi yozuv, shunday ekan, kishi boshiga bittadan hujjat yuboriladi.
Bu axborotdan faqat xat yuborish uchun emas, undan har bir odamning ismini shaxsni
tasdiqlovchi guvohnoma, afisha yoki sertifikatga yozishda ham qoʻl keladi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda elektron xatni yaratish quyidagicha amalga
oshiriladi: