120
9.1-mashg‘ulot
Ultimate League musobaqasini reklama qiluvchi afisha yarating. Ma’lumotlar
bazasidagi barcha ishtirokchilarning oʻyin uchun tanlagan ismlarini afishaga
koʻchiring.
9.2-mashg‘ulot
Ishtirokchilarning musobaqaga kelganini tasdiqlash maqsadida imzo qoʻyishi
uchun qaydnoma roʻyxatini yarating. Unda oʻyin nomi, barcha oʻyinchilarning
ismi va familiyasi hamda imzosi uchun boʻsh joy qoldirishni unutmang.
Qaydnoma roʻyxati zerikarli koʻrinmasligi uchun unga mos sarlavha va tasvirlarni
joylashtiring.
9.3-mashg‘ulot
Har bir ishtirokchiga qatnashgan oʻyinlari va jamlagan ballari koʻrsatilgan
xat tayyorlang. Ularning faqat ismi va familiyasidan foydalanib xatni har bir
ishtirokchiga yuboring. Har bir oʻyinchi qabul qilgan xatda faqat oʻzining ishtiroki
haqidagi tafsilotlar aks etsin.