|
Maktabgacha vaBog'liq 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 20235-mashg‘ulot
Jadvalingiz uchun foydalanuvchi ma’lumot kiritadigan shakl yarating.
6-mashg‘ulot
Ma’lumotlar bazasiga kamida oʻnta kitob haqida yozuv qoʻshish uchun
foydalanuvchi ma’lumot kiritadigan shakldan foydalaning.
7-mashg‘ulot
Kutubxonadagi barcha kitoblarning nomi, muallifi va janrining roʻyxati aks etgan
matnli hujjat yarating.
8-mashg‘ulot
Har bir kitobning nomi va oʻquvchilar tomonidan necha marta olingani yozilgan
elektron jadvaldan foydalanib grafik yarating.
9-mashg‘ulot
Maktab kutubxonachisiga ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati va
usullari toʻgʻrisida hisobot yozing.
10-mashg‘ulot
Ma’lumotlar bazasi yaxshi ishlashini tekshirishning uchta usulini tasvirlab bering.
@edurtm_uz
126
Validatsiya:
ma’lumotlarning
mosligini tekshirish.
Kalit so‘zlar
1-masala
Validatsiya qoidalari
Ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan ma’lumotlar uchun cheklov oʻrnatsa boʻladi. Bu
validatsiya deb ataladi. U foydalanuvchilar tomonidan mos kelmaydigan axborot
kiritilishini taqiqlash maqsadida ishlatiladi. Masalan, ism kiritish kerak boʻlgan maydonga
“123456!” koʻrinishidagi ma’lumotni kiritmaslik kerak.
Ochiluvchi roʻyxat orqali ma’lumotlar bazasiga joylanadigan boshqa har qanday
ma’lumotni ta’qiqlash mumkin.
1. Jadval ochiladi.
View
tugmasi tanlanib,
Design tanlovi bosiladi.
2. Validatsiya qoidasi kiritiladigan maydon belgilanadi.
3. Validation Rule maydoniga har bir tanlov orasida qoʻshtirnoq (“ ”) va “Or” soʻzi
bilan yoziladi. Masalan, “8–12” Or “13–17” Or “18+”.
Demak, faqat 8–12, 13–17 yoki 18+ tanlovini kiritish mumkin. Boshqa har qanday
ma’lumot kiritilganda xato yuz bergani haqida xabar chiqadi.
Validation Text maydonida xato boʻlganini bildiruvchi xabarni foydalanuvchining oʻzi
yozsa ham boʻladi.
@edurtm_uz
|
| |