Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
ISSN 2181-1717 (E)
377
http://interscience.uz
Bog‘cha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat bog‘chadagi sharoitgagina
emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bolalarning
diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada
tegishli nazorat ostida
bo‘lmasligi, yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi sababli o‘zlarining
xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga
ruhsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o‘tira
olmaydigan, tartibga chaqirilganda
gapga quloq solmaydigan bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun
ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik,
ya’ni ma’lum muddat davomida bir narsaga yo‘naltira olmaslik mashg‘ulotlarda
intizom
buzish va boshqalarga halaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday
bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’ulyatli topshiriqlar berish
va hokazo), ularda diqqatning kuchini har onda barqarorlik xususiyatini
tarbiyalab borishlari
zarur. Bog‘cha yoshida bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqatning ko‘lami (hajmi) ham
ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda
tor bo‘ladi.
Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq,
kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha
bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-
xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi Bog‘chada
jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblaiga bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz
bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado etish kabi hollar bog‘cha
yoshidagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda
ixtiyoriy diqqatni
rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib –intizom va shaxsiy javobgarlik har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lish kerak”. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016- yil yakunlari va 2017- yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisdagi
O’zbekiston Respublikasi Prezdentining nutqi “Xalq so’zi” gazetasi, 2017-yil 16- yanvar,
№ 11.
2.Mirziyoyev Sh.M. “Oliy Majlisga murojatnomasi”. O’zbekiston” 2017.
3.G‘oziev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil. -T.: Noshir, 2010.
– 356 b.
4.Do‘stmuhamedova SH.A., Nishonova Z.T. va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik
psixologiya. -T.:
Fan va texnologiyalar, 2013 – 343 b.
5.Yunusova G. S. THE OUTCOMES OF A STUDY PREPARING BOYS AND GIRLS
AT YOUNG AGE FOR FAMILY LIFE IN CONDITION OF UZBEKISTAN //The Way of
Science. – 2014. – С. 84.
6.Yunusova, G. S. «THE OUTCOMES OF A STUDY PREPARING BOYS AND
GIRLS AT YOUNG AGE FOR FAMILY LIFE IN CONDITION OF UZBEKISTAN.» The
Way of Science (2014): 84.
7.Yunusova, G. S. (2014). THE OUTCOMES OF A STUDY PREPARING BOYS AND
GIRLS AT YOUNG AGE FOR FAMILY LIFE IN CONDITION OF UZBEKISTAN. The
Way
of Science, 84.