Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
ISSN 2181-1717 (E)
375
http://interscience.uz
bilan maktabgacha talim tashkilotida bormagan bolani tafovutida, ularning fikrlash
darajasi
o‘rtasida katta farq borligini sezish qiyin emas. “Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim
tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta
ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puhta o‘ylab amalga oshirmasak, butun
ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin
bo‘ladi”, deya ta’kidladilar.
Bolaning rivojlanishida maktabgacha bo‘lgan davri juda muhim o‘rin tutadi. Bu
davrda bolaning jismoniy, axloqiy, psixologik salomatligi shakllanadi va aqliy rivojlanish
qobiliyatlari takomillashadi. Bolani kelajakda omadli, aqlli hamda iste’dodli bo‘lishini
istagan ota-ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan boshlab ahamiyat bermog‘i lozim.
Prezidentimiz yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, shunday degan edi;
“Yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir”
shundan kelib chiqib, hozirgi
vaqtda ta`lim- tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan
avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy
madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga
diqqatimizni qaratmog’imiz lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat mahsuldorligining
rivojlanishi maktabga
tayyorgarligining asosi hisoblanadi. Ta`lim-tarbiya muassasalarida bolalarni maktabga tanlab
olish masalasi hamma joylarda ham maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda deb
bo’lmaydi. Bu o’z navbatida, respublikamizdagi psiхodiagnostik tanlov ishlari an`analarining
hali yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, zarur bo’lgan me`yoriy ko’rsatkichlarning
ishlab chiqilmaganligi kabi turkum ob`ektiv va sub`ektiv omillarga bog’liqdir. Shu bois,
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorgarligidagi eng asosiy masala bola
shaxsidagi diqqatning rivojlanganligiga bog’liqdir.
Ko’rinib turibdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning
bilish jarayonining asosi
diqqatning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, bu muammo ko’p qirrali bo’lib, uni o’rganish
psiхologik va fiziologik jihatdan keng tarmoqda tadqiq qilishni taqozo etadi. Aynan shu
ma`noda, biz maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda diqqat maxsuldorligini rivojlanishda
milliy xalq o’ynlarining ta`siri maktabga tayyorgarligini sharti sifatida tadqiq etish, hamda
ulardan tegishli ilmiy, asosli хulosalar chiqarib, keng jamoatchilikka targ’ib
qilishni dolzarb
muammo deb bildik.
Ixtiyorsiz diqqat maktabgacha yoshdagi bolalik davrida ustunlik qiladi. Shu sababli,
bolalar kamdan-kam hollarda uzoq vaqt davomida bir xil ishni qilishadi. Maktabgacha
yoshdagi barcha davrlarda bolalar faoliyatining murakkablashishi tufayli diqqat yanada
yo‘naltirilgan va barqaror bo‘ladi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 25-30 daqiqa davomida bir xil o‘yinni o‘ynashlari
mumkin. Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolalar - 1-1,5 soatgacha.
4-6 yoshli bolalar ixtiyoriy e’tiborni jalb qila boshlaydilar.
Diqqatning psixologik tahlilini K.D.Ushinskiy tarbiya muammosi bilan bog’lab,
diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat
uchun asosiy omil deb
hisoblaydi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish yoki idrok qilish paytida asosiy
ishdan tashqaridagilarga chalg’imaslik tushuniladi. Tarbiyachining vazifasi bolalarning faol
diqqatini to’g’ri yo’nalishda ko’rish va ularning diqqatini o’zlari boshqarishga o’rgatishdan
iboratdir.
L.S.Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini o’rgana borib, ular ichiga ixtiyoriy
diqqatni ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatining tarixi
- bu bola xulqining paydo
bo’lishi tarixidir. L.S.Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixikasini tushunishda
tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni o’rganishga ham tadbiq qilgan va diqqatning
rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita yo’nalishini ko’rsatadi: