|
So‘rov savolnomasini quyidagi savollar bilan boyitdik
|
bet | 21/22 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 318 Kb. | | #122597 |
Bog'liq Maktabgacha yoshdagi 11111So‘rov savolnomasini quyidagi savollar bilan boyitdik:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillarini izohlang?
2. tartiblilikni shakllantirishda ma’naviy meros materiallaridan foydalanasizmi?
3. Sizningcha tartib - qoidalarga o’rgatishda kimlar ko‘proq mas’ul deb hisoblaysiz?
4. Fikringizcha, tartib - qoidalarga o’rgatishda qanday sub’yektlar yetakchi rol o‘ynashi mumkin?
Tarbiyachilar e’tiboriga havola etilgan savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni quyidagicha bo‘ldi:
1. 97 % respondent tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari haqida to’liq nazariy ma’lumotga ega bo’lganlari holda uni shakllantirish dolzarb muammo deb hisoblaydilar.
98 % respondent o‘qituvchi bu o‘z-o‘zidan ro‘y bermasligini, buning uchun maqsadli harakat dasturini tuzib olish lozimligini ta’kidladilar.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda milliy-ma’naviy merosimiz materiallarining yetakchilik roliga tarbiyachilar yuqori baho berishdi. Ushbu savolga javob 100 % ni tashkil etdi.
3. Uchinchi savol yuzasidan qaytarilgan javoblarning 97 % ida ham ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda oila, maktabgacha ta’lim muassasasi, mahalla va jamoatchilik mas’ul degan javobni berishdi.
4 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda, ularda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishida oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligi bo‘lishi, bu jarayonda ota-onalar ham mas’ul ekanliklarini alohida tilga olishdi.
(98 %)
Tadqiqot natijasida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, tadqiqot ishiga tizimli va maqsadga muvofiq yondashish tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’lim jarayonining samarali kechishini ta’minlaydi. Ushbu fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari ham tasdiqlab turibdi.
UMUMIY XULOSALAR
O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo‘yilgan farazlarni to‘la tasdiqladi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratdi:
1.Ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish dolzarb muammolardan biri ekanligi tadqiqot jarayonida o‘z isbotini topdi.
2. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi:
- bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish;
- o'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish;
- o'quv madaniyatini oshirish;
- faoliyatni reja asosiga qurish;
- qunt bilan ishlash;
- pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish;
- bilim sifatini oshirish, qiyinchiliklarni yengish, o'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish ( o'quv mehnatini bolalarning dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borish)
- o’rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish;
- tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.
3. Tajriba-sinov ishlarining natijalari amaliyotdagi holat haqida tasavvurlar hosil qilish imkonini yaratdi.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi kutilgan natijalarga olib kelishini ko’rsatdi. Ushbu metodlardan maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorlov guruhlarida soddalashtirilgan holda foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, boshlang’ich sinflarda o’qish jarayoniga bevosita tayyorgarlik bosqichini ham o’tashini nazarda tutadi.
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga doir tashkil etilgan didaktik o’yin mashg’ulotlarida bolalar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida o‘quv-biluv jarayonida, ular orasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o‘zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi.
6. Tartib - qoidalarga o’rgatishga doir mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ayniqsa, ularning “Klaster”, “Baliq skleti”, “Nima uchun”, “Venn diagrammasi” kabilarni qo‘llash lozimligini ko‘rsatdi.
7. Bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligi asosida yuzaga keladi. Bu borada birgina dastlabki asoslarni e’tiborga oladigan bo’lsak, ular tinimsiz kattalarga taqlid qiladi, ular hattoki o’yinchoqlar tanlash va o’ynashda ham faqat ulg’ayish ehtiyojlarini qondiradigan jarayonlar to’g’risida bosh qotiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatish texnologiyasiga doir quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik.
|
| |