• 4.Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.
  • 6.Xulosa 7.Foydalanilgan adabiyotlar
  • Microsoft Word Economic theory lecture 10




    Download 76 Kb.
    bet1/9
    Sana15.05.2024
    Hajmi76 Kb.
    #235874
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Tadbirkorlik tushunchasi va uning evolyutsiyasi

    Mavzu: Tadbirkorlik tushunchasi va uning evolyutsiyasi

    Reja:

    1.Kirish

    2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.

    3.Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari.

    4.Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.

    5.Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi.

    6.Xulosa

    7.Foydalanilgan adabiyotlar









































    Kirish


    Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu mavzuning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
    Tadbirkorlik-bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
    K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlik asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va «katalizator» vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor-tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, hissadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi [5].
    Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin. Tadbirkorlik faoliyati-shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
    Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlari yotadi.
    Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
    Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’yekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
    Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.
    To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli- tumanlilikning o‘zi ob’yektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
    Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni

    rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
    Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.



    Download 76 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word Economic theory lecture 10

    Download 76 Kb.