Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari




Download 76 Kb.
bet4/9
Sana15.05.2024
Hajmi76 Kb.
#235874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tadbirkorlik tushunchasi va uning evolyutsiyasi

3.Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari.


Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi. Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
Iv
P T
Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi.
Iv
T . . . I . . . T’
Ik
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi T’P’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi. Shu sababli uni P’=P+P ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi.
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xudi shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va Ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to‘xtab qolgudek bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P Tb . . . I . . . T’ P’
Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:

Iv
Iv

Ik
T . . . I . . . T’ P’ T
Ik

Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:


Iv
T P T . . . I . . . T’
Ik
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.



Download 76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari

Download 76 Kb.