|
Microsoft Word Economic theory lecture 10
|
bet | 3/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 76 Kb. | | #235874 |
Bog'liq Tadbirkorlik tushunchasi va uning evolyutsiyasiАК D 100% ,
Fs
bu yerda:
AK - aktsiya kursi; D - dividend;
Fs - ssuda foizi.
Ssuda foizi o‘sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o‘ssa, aktsiya kursi ko‘tariladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya-uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi.
Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aktsiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tishi bilan to‘lanadi. Aktsiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksioner talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va aktsiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat.
Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli)-aktsiya egasiga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari, kapitalning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aktsiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori
olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing-tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketingning maqsadi-eng yuqori iste’mol qoniqishi, iste’mol, turmush sifatini oshirish, tovar va xizmatlarning keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini ta’minlash.
Menejment-ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va tamoyillarining majmui.
Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini ta’minlash hisoblanadi.
|
| |