|
Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
|
bet | 5/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 76 Kb. | | #235874 |
Bog'liq Tadbirkorlik tushunchasi va uning evolyutsiyasi4.Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, iste’molda bo‘lgan xom ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
Asosiy kapital-ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga yoki xizmatga bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi.
Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr, masalan texnika va texnologiya 10 yil, bino 50-100 yil davomida faoliyat qiladi, o‘zining oldingi natural-buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma capital, masalan paxta, jun, metall har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o‘tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati tovarlarga qisman o‘tib boradi. Xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to‘lig‘icha unumli iste’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to‘lig‘icha o‘tadi.
Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo‘yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi. Qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg‘ariladi. Mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan mehnat predmetlari qiymati to‘la-to‘kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o‘z ichiga olgan muayyan davr davomida edirilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat:
Аv Iv Mv .
Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi:
bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
turli tanaffuslar davri (Td);
ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralaridagi davri (Zd).
|
| |