|
Muammoning o’rganilganlik darajasi
|
bet | 2/22 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 318 Kb. | | #122597 |
Bog'liq Maktabgacha yoshdagi 11111Muammoning o’rganilganlik darajasi: Milliy-ma‘naviy merosimiz materiallari orasida alohida o’rin tutuvchi “Avesto” asarida inson axloqiy kamolotining o’ziga xos Kontseptsiyasi yaratilgan. Unga ko’ra yaxshi fikr, yaxshi so’z va yaxshi ish inson kamolotini belgilovchi muhim ma‘naviy - axloqiy mezon sifatida e‘tirof etilgan. Fikr, so’z va ish (amal, faoliyat) birligi hamda uning in‘ikosini ta‘minlash g’oyasi tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlarida ham shaxs barkamolligiga bo’lgan yondashuvlar mazmunining asosini tashkil etadi.
Islom dini g’oyalari, sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy , Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida milliy sifatlar majmui, ularning mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan.
V.Karimova, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuxamedov, A.Erkaev E.G’oziev, V.I.Andriyanova, Q.Yo’ldoshev, Majitova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochil, M.Quronov va boshqalarning ishlarida axloq tarbiyasi, uni samarali tashkil etish, shaxsda milliy sifatlarning shakllanishida oila, ta‘lim muassasalari hamda jamoatchilik o’rni va roli kabi masalalar o’rganilgan.
Ammo maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish masalasi aynan tadqiqot ob’yekti sifatida o’rganilmagan, uni shakllantirish omillari yetarlicha tahlil qilinmagan, bu jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari bugungi kun talablari darajasida asoslanmaganligini ko’rsatdi. Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ish mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari” deb belgiladik.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish muammosini nazariy jihatdan asoslash hamda amalga tatbiq etishga yo’naltirilgan lmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari, mazmuni, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning ob‘ekti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish jarayoni.
|
| |