• 2. Oquv mehnatiga ongli munosabatda bolish va unga masuliyat bilan yondashish.
  • 3. Oquv madaniyatini oshirish.
  • 8. O’rtoqlarcha ozaro yordam uyushtirish.
  • Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi




    Download 318 Kb.
    bet8/22
    Sana18.12.2023
    Hajmi318 Kb.
    #122597
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
    Bog'liq
    Maktabgacha yoshdagi 11111

    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi:
    1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish.
    Bola bilimga qiziqmasdan turib, tartibli bo’la olmaydi. Bolada o'z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil qilish, o'qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag'batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o'qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg'otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.
    2. O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish.
    O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lishlik ta'limning ijtimoiy, o'qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Tarbiyachilar bolalarga ularning bosh vazifasi – o'qish ekanligini tushuntirishi kerak. O'qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli – jamoa, tarbiyachilar, ota-onalar va o'z oldidagi mas'uliyat, ularning fikrlari, ma'qullashlarini eshitishga intilish, guruhda munosib o'rinni egallashga ham tegishlidir.
    3. O'quv madaniyatini oshirish.
    O'zlashtirishning past bo'lishi aksariyat hollarda, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.
    4. Faoliyatni reja asosiga qurish.
    5. Qunt bilan ishlash.
    6. Pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish.
    7. Bilim sifatini oshirish. Qiyinchiliklarni yengish. O'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu degani o'quv mehnatini bolalarning dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borilishidir.
    8. O’rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish.
    O'rtoqlarcha o'zaro yordam guruhda ulgurmovchilikning oldini oladi, guruh jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.
    9. Tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.
    Tarbiyachi ta'lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o'zi emas, balki ota-onalar bilan hamkorlikda olib borsa kutilgan samaradorlikka erishish imkoniyati yanada ortadi.
    Har bir o’tkazilayotgan mashg’ulotning maqsadi aniq bo’lishi kerak va uni bolalarga to’g’ri va aniq tushuntirish kerak. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda tarbiyachi yoki murabbiy bolalar bilan birgalikda faol muloqotli faoliyat yuritishi kerak. Ana shunday o’zaro faol jarayonlarning nechog’lik samarali bo’lishi maktabgacha yoshdagi bolalarda tartiblilikni shakllanishiga asos bo’la oladi.



    Download 318 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




    Download 318 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi

    Download 318 Kb.