• “Nima uchun”, “Baliq skeleti”, “Piramida”, “Nilufar guli” sxemalari, “Qanday” iyerarxik diagrammasi, “Kaskad”
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari mavzusida yozgan mundarija kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning nazariy asoslari




    Download 318 Kb.
    bet11/22
    Sana18.12.2023
    Hajmi318 Kb.
    #122597
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
    Bog'liq
    Maktabgacha yoshdagi 11111

    Sinkveyn-fransuz tilida «besh qator» ma'nosini bildiruvchi pedagogik strategiya hisoblanadi. Sinkveyn-ma'lumotlarni umumlashtirishga yordam beradigan qofiyasiz she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risidagi axborot yig'ilgan holda, bolalar tilidan turli variantlarda ifodalanadi.
    Sinkveyn tuzish-murakkab fikrlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan ko'nikmadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mashg’ulotni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
    Sinkveyn tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:
    1- qator: Mavzu birgina so'z, ot orqali ifodalanadi.
    2- qator: Mavzu ikki so'zdan iborat sifat bilan ifodalanadi.
    3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so'z orqali ifodalanadi. Bu so'zlar fe'l yoki ravishdosh bo'lishi lozim.
    4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan yaxlit fikr ifodalovchi gap yoziladi.
    5-qator: Mavzuni takrorlaydigan sinonim so'z yoziladi.
    Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan yana biri – bu grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) dir. U fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
    Bunda ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liklikni o‘rnatish usul va vositalari sifatida klaster, toifalash jadvali, insert, B/B/B jadvallaridan foydalaniladi.
    Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari sifatida esa T-jadvali, Venna diagrammasi va boshqalardan foydalaniladi.
    Mavjud muammoni aniqlash, uni xal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari usuli sifatida esa “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “Piramida”, “Nilufar guli” sxemalari, “Qanday?” iyerarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy-mantiqiy sxemalar hisoblanadi.
    Masalan, insert jadvali - eshitgan mavzularni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish, avval o‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Birinchi bo‘lib, bolalar insert jadvalini to‘ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Har bir bolalar alohida o‘zi jadvalni to‘ldirib, o‘qish jarayonida olgan ma’lumotlarni alohida o‘zlari tizimlashtiradi hamda jadval ustunlariga “kiritadilar”. Bunda bolalar matnda belgilangan quyidagi belgilarga asoslanadi.
    “V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;
    “-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
    “+” - men uchun yangi ma’lumot;
    “?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi. Jadval quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

    Download 318 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




    Download 318 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari mavzusida yozgan mundarija kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning nazariy asoslari

    Download 318 Kb.