• Venn diagrammasi
  • Bilaman Bilishni hohlayman




    Download 318 Kb.
    bet13/22
    Sana18.12.2023
    Hajmi318 Kb.
    #122597
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
    Bog'liq
    Maktabgacha yoshdagi 11111

    Bilaman





    Bilishni hohlayman



    Bilib oldim

    Yil fasllarini



    Hayvonot olamini



    O‘simliklarni

    Shuningdek, bolalarni mashg’ulotlar jarayonida olgan ma’lumotlarini taqqoslash, solishtirish, tahlil qilishga o‘rgatuvchi metodlar ham mavjud bo‘lib, bular Venn diagrammasi, T-jadval kabilardir.
    Venn diagrammasi - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. U bolalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Dastlab bolalar Venn diagrammasi tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to‘ldiradilar. Juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to‘ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo‘lgan, ma’lumotlar ro‘yxatini tuzadi. Masalan, bolalarda davlat ramzlariga nisbatan milliy g‘ururni shakllantirishda ham ushbu diagrammadan foydlanish mumkin.
    Bolalar bilan muammoni aniqlash, tahlil qilish va hal etishni rejalashtirish maqsadida qo‘llaniladigan metodlar ham mavjud bo‘lib, bu “Nima uchun”, “Baliq skleti”, “Qanday diagrammasi”dir.
    Nima uchun” sxemasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri tarzida tuziladi. U tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. Dastlab bunda ham bolalar “Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so‘rog‘ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi. Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmalarini to‘ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalari taqdimoti o‘tkaziladi. Masalan, bolalar bilan vatanimiz taraqqiyoti uchun milliy g‘ururli yoshlar kerakligi haqida ham shunday diagramma tuzish mumkin.

    Download 318 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




    Download 318 Kb.