Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




Download 0,93 Mb.
bet1/50
Sana25.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#253437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
IMFda reklama ma\'ruzasi (1)


2- semester

Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni


Reklamaning sodda ko‘rinishlari eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Reklamalar dastlab og‘zaki tarzda namoyon bo‘lib, chaqiriq, baqiriq, jalb qilish ko‘rinishida bo‘lgan. Jumladan, qadimiy Sharqda ham reklama dastlab juda tushunarli va kerakli ko‘rinishda og‘zaki tarzda amalga oshirilgan. Sharq bozorlaridagi «Obqoling, kebqoling», «olganlar darmonda, olmaganlar armonda» qabilidagi iboralar ota-bobolarimizning reklamadan yaxshi foydalanganliklariga dalil bo‘ladi. Oldi-sotti ishlarida molning kamchiligini aytib sotish, torozidun urmaslikka, odob-axloq, halollikka rioya qilish ajdodlarimizdan o‘tgan ma’naviy qadriyat ekanligini ta’kidlash joiz.


Qadimgi bozor peshtaxtalarida mevalarning did bilan terib qo‘yilishi, xaridorlarni baqiriq-chaqiriq bilan jalb qilish Sharq bozorlariga fayz kiritgan. Hunarmandlar mahallalardagi do‘konlarda mahsulotlarini osib, terib qo‘yib xaridorga tavsiya etganlar. Ustalar mijoz bilan muomala qilish odobini ham hunar bilan bir qatorda shogirdlariga o‘rgatganlar. Do‘konga kirgan xaridorlarga bir piyola choy uzatib, o‘z mollarining sifati, narxi haqida suhbatlashganlar. Savdo-sotiq madaniyati o‘rta asrlardan rivojlanib kelgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Dastlabki yozma reklama matni Londondagi muzeyda saqlanadi. U Misr papirusiga yozilgan bo‘lib, qul savdosi to‘g‘risida bo‘lgan. «U yaxshi ko‘radi, eshitadi, sog‘lom, buyurgan ishlaringizni itoat bilan bajaradi...»degan so‘zlar yozilgan. Qadimiy Misrning Memfis shahrida toshga o‘yib yozilgan reklama matni topilgan. Unda shunday satrlar bor: «Men Mimos, Gipr orollaridan bo‘lib, shu yerda yashayman. Ollohning roziligi bilan tushlaringizni kelishilgan narxda izohlab beraman».
Qadimiy Rimda reklama uchun maxsus devorlar qurilgan bo‘lsa-da, boshqa devorlarda ham reklamalar to‘lib ketgan. Rim ma’muriyati qaror chiqarishga majbur bo‘lgan. Qarorda «Devorga yozish mann etiladi, kimki yozsa, unga g‘am, alam, omadsizlik bo‘lsin» deyiladi. Antik alloma faylasuf Lutsiyaning Anney Seneka bundan 2000 yil ilgari o‘zining do‘stiga yozgan maktubida ko‘chadagi chaqiriq va baqiriqlardan bezor bo‘lganini yozadi. Chunki u shahar markazida istiqomat qilar edi.
XV-XVII asrlardagi Yevropa reklamalari ko‘proq import va eksport tovar mahsulotlari haqida bo‘lar edi. Masalan, kofe birinchi marotaba 1625 yilda gazetalar orqali reklama qilingan. Kakao 1657yil, choy esa 1658 yildan reklama qilinib, qaysi bozorda xarid qilish mumkinligi ko‘rsatilgan.
AQShda birinchi reklama 1704 yil 1 mayda «New Litlle» gazetasida berilgan. Keyinchalik fan-texnika taraqqiy etib borib, radio kashf etilgandan so‘ng u asosiy axborot vositasi bo‘lib qoldi. Dastlabki radio reklama AQShda 1922 yilning 28 yanvarida 10 minutcha davom etib, 100 dollarga rasmiylashtirilgan.
Filodelfiyalik Volni Palmer birinchilardan bo‘lib Amerika reklamasiga asos solgan. U 1841 yildan boshlab gazetalarda reklamalarni joylashtirish evaziga gazetadan tushayotgan daromadning 2 %iga ega bo‘ladi.
XIX asrda Jorj Rauel Amerikada eng kuchli reklama agentligini tashkil etadi. 1869 yilda Rayel birinchi marotaba «Amerikanskiy gazetno‘y spravochnik Rauela» ni chop etib, unda 500 dan ortiq Amerika va Kanada gazetalaridagi ma’lumotlarni jamladi. Rauelning bu nashri hozirgi davrdagi «FUEYERning gazeta va jurnallardagi reklama spravochnigi»ga asos bo‘ladi.
Yana bir reklama kompaniyasining asoschisi Frensis Uelend Eyer reklama ishiga yangilik kiritadi. 1875 yil Eyer reklamadan keladigan daromadning 12,5 % i, keyinchalik 15 % ini nashriyotdan oladigan bo‘ldi. Bu kelishuv hozirgi kungacha qo‘llanib kelinmoqda. Reklama biznesida bu kelishuv juda mos tushgandir. Nyu Yorkda tashkil etilgan Jorj Beton reklama agentligi jahonda eng nufuzli agentlik bo‘lib, uning 1891 yildagi daromadi 3 milliard dollardan oshar edi.
Reklama doimiy huquq va iqtisodiyot orasida talash bo‘lgan. U har doim ezgu maqsadlarda foyda uchun xizmat qilgan.
Reklamaning eng sodda ko‘rinishlari uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, XIX asrning o‘rtalarida juda katta jamoatchilik ehtiyojiga aylandi. XIX asrning oxirlarida AQShda, XX asrning 30-yillarida Fransiyada dastlabki reklama agentliklari faoliyat boshlab, hozirda juda katta taraqqiyotga erishdi.
1839 yilda Lui Dagerning fotografiyaga asos solishi reklama taraqqiyotidagi navbatdagi bosqich bo‘lsa, 1920 yili AQShning Pittsburg shahridagi ilk eshittirish, 1941 yili dastlabki televizion ko‘rsatuvning efirga uzatilishi reklamaning mislsiz taraqqiyotiga omil buldi. 1969 yilda Isherpetning kashf etilishi dastlabki reklama hayot'i uchun muhim voqea bo‘lmasa-da, hozirda bu tarmoq orqali tushayotgan fond ham salmoqli bo‘lmoqda. Aslida reklama so‘zi taxminan 1850 yilda paydo bo‘lgan bo‘lib, u jismoniy shaxslar mahsulot, shu jumladan, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi hamda texnologiyalari to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborotdir.
XIX asrga kelib Yevropada ham reklama ishi rivojlanib ketdi. Reklama agentliklari va kompaniyalari katta pul topa boshladilar, raqobat kuchaya boshladi. Albert Lasker reklama ishida yangi davrni boshlab berdi. So‘z ustalarini jalb qilib, shunday reklama matnini tuzadiki, XX asr boshlarida «Lord va Tomas» Yevropadagi eng yirik reklama firmasiga aylanadi.
1923 yili «Lord va Tomas» reklama agentligi xodimlari birinchi marotaba reklama ishi bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma yozganlar. Bunday reklama agentligi ishlarining rivojlanishi reklama biznesining va reklama ishining yanada taraqqiy etishiga olib keldi.
Bundan bir asrdan ortiqroq muqaddam Atlantada, to‘g‘rirog‘i Jorjiya shtatida farmaseft Jon Pemberton o‘zining iqtisodiy ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmaganligi sababli o‘zini boshqa jihatdan sinab ko‘radi. Uning ishi yurishib ketadi. U dunyoda o‘sha vaqtda yagona bo‘lgan mahsulot yaratadi. Ya’ni shu mahsulot Dune reklama va marketingini yuqori pog‘onaga ko‘taradi. U 1886 yili bir o‘simlik va yong‘oqning hidini beruvchi, jigarrang xushta’m sirop yaratdi. O‘sha yili 1 mayda Pembertonning yaleksiri har stakani besh sentdan yaxob tarzida sotiladi. Muvaffaqiyat ketma-ket kela boshlaydi. 29 may Atlantaning «Djornl» gazetasida mazkur ichimlik katta sahifada reklama qilindi. Shahar aholisi yopirilib kela boshladi. Bu hozirgi maxsus «Koka-kola» ichimligi edi. Muhimi shundaki o‘shanda ham hozir mana shu ichimlik reklamasi matnida quyidagi so‘zlar uchraydi: Sifatli ichimlik, alkogolsiz xushta’m va mashhur ichimliklar mamlakati, chanqoq vaqtni bilmaydi, Amerika hayot tarzining umumiy ramzi, yoz mobaynidagi mo‘jiza.
1949 yili Kanadada bo‘lib o‘tgan xalqaro kongressda «Reklama ishining kodeksi» qabul qilindi. Bu kodeksni 14 ta davlat tasdiqlagan. Bu qonunda xalqaro reklamalar normativi, reklama etiketkasi va etikasi to‘g‘risida gapiriladi.
XX asrda Yevropadagi yirik korxona va idoralar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni reklama firmalari va agentliklari orqali targ‘ib qila boshladilar. Reklama ishbilarmonlarining eng asosiy va birinchi ish qurollari, yutuqlarining garovigina bo‘lib qolmay, o‘sha firma tashkilotining yuzini ochib beradigan keng targ‘ibot vositasi ham bo‘lib qoldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda vatanimizda yuzdan ortiq milliy va xorijiy reklama agentliklari yuksak bosmaxona bazasi va tadqiqot markazlari yordamida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uzoq tarixiy tajriba asosida sifat o‘zgarishlariga erishiladi. Bu yo‘l oddiy axborot tarqatishdan boshlanib unga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi, axborotni o‘ziga singdirish, ongli ravishda unga munosabat uyg‘otishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.

Reklama materiallari ko‘p maqsadlar uchun xizmat qiladi, hattoki reklama bir maqsadni ko‘zlaydigandek ko‘rinsa ham to‘g‘risini aytganda bu umuman bunday emas.


Reklamaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- Potensial xaridorlarning e’tiborini tortish.
- Xarid qilingan tovar xaridor uchun qanday foydali ekanligini ko‘rsatish.
- xaridorga tovarni qo‘shimcha o‘rganishi uchun sharoit yaratish.
- Tovar yoki xizmat to‘g‘risida iste’molchida aniq bilish darajasini shakllantirish.
- Sotuvchi yoki ishlab chiqarish firmalarining imidjini yaratish va yana iste’molchi va ishbilarmon sheriklar uchun savdo va sanoat markalarini tayyorlash.
-Ushbu tovarda, xizmatda ehtiyojni shakllantirish.
-Firmaga ijobiy munosabatni shakllantirish.
- Potensial xaridorda aynan shu reklama qilinayotgan tovarni faqat raqibidan emas, balki, shu firmadan xarid qilishga undash.
- Sotilgan tovar, xizmatlar uchun rag‘batlantirish.
- Tezkor tovar aylanishiga imkon yaratish.
- Xaridordan har doimgi mijoz, aynan shu firmaning tovaridan xarid etishga undan va maqsadga yetish.
- boshqa firmalarda ishonchli sherik obrazini yaratish.
- Iste’molchiga firma va uning tovari haqida eslatish.

Tajribada reklama juda kam hollarda bir maqsadni ko‘zlaydi, qonundagidek, bir reklama tadbirida maqsadlar kesishadi.


Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o‘rganishga asoslanadi.
Ma’lum bir maqsadga qaratilgan reklamaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- korxona obro‘-e’tiborini ko‘tarish. Tovarni tayyorlagan korxona xaridorga tanish va yaxshi nom chiqargan bo‘lsa, ana shu taqdirdagina xaridor tovarni yuqori bahoda sotib olishga tayyor turadi;
- mazkur tovarga ehtiyoj paydo bo‘lishiga ko‘maklashish, ya’ni talabni yuzaga keltirish;
- iste’molchilarga tovar to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;
-tovarlarni o‘tkazish, sotishni ta’minlash, shu sohada erishilgan natijalarni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirib borish.
Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muhim sharti xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy muomalaga kiritishdir. Mana shuning uchun ham korxona reklamasining asosiy mavzui o‘zgarmasligi kerak; tovarga va uni tayyorlab chiqargan korxonaga ishonch hosil qilish; mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqish.
Reklama iste’molchining ruhiyati, xarid qilinadigan narsani tanlab olishdagi rag‘batlarini o‘rganish va tahlil qilib chiqish bilan mahkam bog‘langan: mazkur tovarga muayyan obraz (imidj) berish; tovarning firma nomi, tashqi ko‘rinishi va o‘rovlari qanday bo‘lishini ishlab chiqishdan oldin potensial xaridorlar doirasini, ularning madaniy saviyasini, urf-odatlari, o‘rganishlari va boshqalarni har tomonlama tahlil qilib, aniqlab olish kerak.
Reklamaning asosiy vazifasi tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida ularni qay tariqa va qaerlarda sotilishi to‘g‘risida maxsus axborot vositalaridan foydalanib turib so‘zlab berishdir. Lekin reklamaning vazifasi birgina axborot berishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning o‘ziga xos tomoni shuki, u axborot berishni targ‘ib va tashviqot qilishni ishontirish bilan birga olib borishi kerak. Reklamaning pirovard maqsadi bozorda taqdim etilayotgan tovarlarga xaridorlar rag‘batini oshirishdan iborat. Bunda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi:
- Xaridorga yangi bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun «quvvatlovchi» reklama.
- Biror qahramon reklamasi (masalan Ruslan Chagaev)
- Raqibdan qayta tiklanish
- Reklamachi mahoratini namoyish qilish
Reklama funksiyalari uning maqsadi va vazifalaridan aniqlanadi. Ularning har xilligidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- tovar va uning ishlab chiqaruvchisi yoki sotuvchisini tenglashtirish
- Tovarni, xizmat ko‘rsatishni yoki g‘oyalarni rivojlantirish
- Xaridorga axborot berish
- Talabni shakllantirish va boshqalar.
Reklama o‘zining bunday rollarida albatta naqd tovar to‘g‘risida uning bahosi xususiyatlari haqida axborot berishi shart, biroq asosiysi reklama xaridga undashi shart, reklamaning asosiy maqsadi shunda, bosh funksiyasi ham shu.
Reklamaning vazifalaridan biri – tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi maxsus axborot vositalaridan foydalanib turib so‘zlab berishdir. Lekin reklamaning vazifasi birgina axborot yuberishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u axborot berishni targ‘ib va tashviqot qilishni ishontirish bilan birga olib boradi. Demak, ta’sirchan reklama zarur ma’lumotlarni beradigan va shu bilan birga ishontiradigan, ma’lum maqsadga qaratilgan, faol bo‘lishi kerak. Anna shunday reklama talabni ma’lum yo‘nalishda shakllantiradi-da, tovar va xizmatlarning bir turidan boshqa turiga ko‘chiradi. Xaridorlarning ehtiyojlarini ochib beradi va ularning ahdi va niyatlariga ta’sir o‘tkazadi.
Reklama – tovarni bozorda sotishni rivojlantirish usullaridan biri hisoblanadi. Reklama tovar yoki xizmat ko‘rsatishni ishlab chiqarish foydasiga aynan shu tovar xizmat ko‘rsatishlarga iste’molchini iloji boricha ko‘proq e’tiborini o‘ziga qaratish uchun yaratilgan.
Reklamada ishning turli shakllaridan foydalaniladi. Reklama filmlari, eshittirish va ko‘rsatuvlari, plakatlar va varaqalar, maxsus ishlangan vitrinalar, ko‘rgazmalar, reklama komponentlari va boshqa ana shunday shakllardan foydalaniladi. Reklama uning samaradorligini ta’minlovchi talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak: haqqoniy va aniq, tayinli bir doiraga qaratilgan, ilmiy jihatdan asoslangan ko‘p ma’lumot beradigan va kishida zavq uyg‘otadigan, foyda beradigan bo‘lishi shart.
Reklama ishini ishlab chiqaruvchilar ham sotuvchilar ham olib borishlari mumkin. Bunda tovar ishlab chiqaruvchi firmalar o‘z reklamalarini bir tomondan sotuvchilar ikkinchi tomondan iste’molchilarga qaratadilar. Savdo xodimlari o‘zlari sotadigan tovarlarni yaxshi bilishlari kerak. Shu sababli savdo tarmog‘iga qaratilgan reklama jo‘shqinligi jihatidan iste’molchilarga mo‘ljallangan reklamadek bo‘lmasa-da, lekin ko‘proq ma’lumotlarni o‘ziga jo qilganligi bilan undan ajralib turadi. Savdo reklamasi esa xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘ladi va tovar to‘g‘risida ma’lumot berishdan tashqari savdoning estetik saviyasi bilan madaniyatini yuksaltirishga yordam beradigan bo‘lishi kerak. Reklamaning asosida shu ikkita element: ishontiruvchi va ma’lumot beruvchi element yotadi. Ishontiruvchi elementlari (ko‘ndirish, rozi bo‘lishga undash) reklamaning motivatsion funksiyasini, ma’lumot beruvchi elementlari esa uning bildiruvchi funksiyasini aks ettiradi. Ikkalasi birga ta’sir o‘tkazadi va reklamani muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Reklama xaridorlarga har xil ta’sir o‘tkazadi. Ba’zi hollarda odam molni darrov sotib oladi yoki aksincha mol to‘g‘risida axborot to‘planib borib, xaridor uni olishga tayyor bo‘lganidan keyin molni sotib oladi.
Reklama sotuvning kengayishini ta’minlab, unga ketgan harajatlarni ortig‘i bilan qoplangan taqdirdagina maqsadga erishilgan hisoblanadi. Agar shartnoma tuzilgan reklama agentliklari zo‘r reklama filmi, matbuotda e’lonlar seriyasini, tashqi reklama shitlarini yaratsayu, bu hech qanday natija bermasa, ya’ni tovar va xizmat ko‘rsatish sotuvini kengaytirmagan taqdirda ham harajatlar mijoz hisobiga amalga oshiriladi.
Masalan, «Snikers» shokoladi chiqmoqda, xabar beradi «Reklama dunyosi» jurnali, - Aylantirish uchun katta pul qo‘yilgan. Agarda ular sotuv hajmini 10-15 marta oshirishga erishishmasa, buning hech qanday ma’nosi bo‘lmaydi. Shuning uchun reklamaga katta e’tibor qaratish kerak.
O‘zining asosiy maqsadini bajarish uchun reklamaga e’tibor qaratish usullarini topishga, potensial xaridorni qo‘lga kiritish va uni «jalb qilish» va oxirida esa xarid qilishga undashga ko‘tarilishi kerak bo‘ladi. Bunday usullarni axtarish davom etib kelayotganiga yarim asrdan oshgan va ularning shakllarini zamonaviylashtirishga harakat qilinadi.
Reklama haqiqiy va ishonarli, zamonaviy, savodli va unumli bo‘lishi shart. Reklamaning chiroyli va xunukligi, bema’ni va mazmundorligi ahamiyatlidir. Reklama yaxshi ma’noda agressiv va emotsional bo‘lishi kerak. Faqat shundagina xaridorning fikrini o‘zgartirishga erishish mumkin.
Reklama yaratmaydi, balki bor narsani kuchaytiradi, ixtiro qilmaydi, balki ixtiro qilinganlarni yoyadi. Reklama ishi bo‘yicha ba’zi mutaxassislar ogohlantiradilar: har bir reklama e’lonlari jamiyat strukturasida iste’molchi sharoitiga ta’sir etadi. Boshqa so‘z bilan aytganda reklama qo‘shimcha rag‘bat bag‘ishlaydi yoki mo‘ljalni yo‘qotgan insonni yolg‘izlikdan olib chiqadi. Reklama xabarlari ko‘rinishdan aybsiz o‘yinchoqdek tuyulsada, juda ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortib fikrlarini o‘zgartirishga qodir.
Reklama beruvchi- reklamani tayyorlash yoki tarqatish uchun uning buyurtmachisi bo‘lgan shaxsdir.
Reklama faoliyati ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy aloqalarni yaratadi, haqiqatan va ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarni ham keltirib chiqaradi.
Reklama shunday hollarda albatta kerak bo‘ladi:
- yangi, hech kimga tanish bo‘lmagan firma paydo bo‘lsa;
- xaridoga tanish bo‘lmagan tovar taklif qilinsa;
- bozor bir xil tovarlar bilan to‘la bo‘lsa va sotuvchi xaridor e’tiborini aynan o‘zining mahsulotiga qaratish kerak bo‘lganda;
- sotuv hajmi pasayib ketganda;
- sotuvchi sotuv hajmini tezkor kengaytirishni, yangi bozor territoriyasini qo‘lga kiritishni, yangi mijozlarning e’tiborini qaratishni rejalashtirganda.
Quyidagi hollarda reklamaga sarflangan pul bekorga ketishi mumkin:
- bozorda tovar monopolisti hukmronlik qilsa;
- tovarga talab kuchli bo‘lsa;
- tovar reklamasiz ham tez tarqalsa;
- sotuv o‘sishini boshqa usullar, ya’ni arzon usullar bilan qiziqtirish mumkin bo‘lganda;
- sotuvchi qandaydir fikr bilan sotuv hajmini kengaytirishni xohlamaganda;
- aholining kamdaromadli qismi reklamaga muhtoj bo‘lmaganda.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda reklama soha industriyasidir. Reklama faoliyati bilan maxsus reklama agentliklari shug‘ullanadi, ular korxona va tashkilotlarning buyurtmalari bilan reklama sohasida tadqiqotlar olib boradilar, uning samaradorligini o‘rganadilar, konkret reklama buyurtmalarini bajaradilar.
Tijorat axboroti va reklama vositalari shu qadar ko‘pki, odamlar bu axborotning hammasi bilan tanishib chiqish va unga qarab ma’lum bir qarorga kelishga qodir bo‘lmaydilar. Tekshiruvlar natijasida odamlar har kuni 600 ga yaqin reklama xabari ta’siriga uchrashi aniqlandi. Ana shuncha xabarlarning kichik bir qismigina odamlarning diqqat-e’tiboriga tushishi, qiziqish uyg‘otishi mumkin, xolos.
G‘arbdagi eng yirik reklama va tijorat firmalari o‘zlarining amaliy faoliyatlarida reklama kompaniyasidan avval iste’molchilarga ruhiy jihatdan ta’sir o‘tkazishning shu kompaniya samaradorligini oshiradigan turli-tuman usullarni oldindan o‘rganib chiqishga tobora ko‘proq ahamiyat bermoqdalar. Ana shuni o‘rganib chiqilgandan keyin reklama beruvchilar bilan iste’molchilarning til topishishlari yaxshilashadi, xaridorlar ahlini aniqlab olib, reklama xabarlarining shakli va mazmunini ularning ijtimoiy ahvoliga yarasha belgilash osonroq bo‘ladi. Bu ishning eng muhim tomoni quyidagi savollarga javob topishdir:
- iste’molchilarning diqqat-e’tiborini reklamaning qanday vositalari bilan hammadan ko‘ra ko‘proq jalb etish mumkin;
- xabarlardagi qanday dalil isbotlar iste’molchiga hammadan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishi mumkin;
- axborotni uzatishning eng ma’qul vositalari(kanallari) qanaqa va ulardan foydalanish usullari qanday?



Download 0,93 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

Download 0,93 Mb.