|
Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni
|
bet | 4/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1)7-modda. Voyaga yetmaganlarga
mo‘ljallangan reklamaga oid cheklashlar
Quyidagi reklama taqiqlanadi:
faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi yoxud iste’mol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar iste’mol qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama;
voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da’vat qiluvchi reklama;
haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklama.
8-modda. Reklama beruvchining huquq va majburiyatlari
Reklama beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
reklama xususida shartnoma tuzish to‘g‘risida oshkora taklif (ommaviy oferta) kiritish;
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, yetkazilgan zararning o‘rnini va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim etishi shart.
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
9-modda. Reklama tayyorlovchi va
tarqatuvchining huquq hamda majburiyatlari
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli litsenziyani talab qilish.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalarini bajarishi;
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor etishi shart.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
|
| |