|
Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni
|
bet | 9/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1)21-modda. Transportdagi va
pochta jo‘natmalaridagi reklama
Reklama transport vositalarida, shu jumladan, metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan mustasno.
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi. (O‘zR 04.04.2006 y. O‘RQ-28-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)
22-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar,
kosmetika va maishiy kimyo vositalari reklamasi
Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo‘lishi shart:
dori vositasining to‘liq nomi (shu jumladan, xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;
dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash haqidagi axborot.
Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
faqat shifokorning ko‘rsatmasi (retsepti) bo‘yicha beriladigan dori vositalari;
tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalari;
O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanishga ruxsat berilmagan dori vositalari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari;
davolash seanslari, gipnozdan va ruhiy yoki bioenergetik ta’sirning boshqa usullaridan foydalanib amalga oshiriladigan shunga o‘xshash tadbirlar;
tibbiy yo‘sindagi buyumlar, tibbiy texnika, gigiena vositalari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari;
davolab bo‘lmaydigan yoki davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga nisbatan samarali terapevtik usul.
Qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruxsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta’sirchan oziq-ovqat qo‘shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan reklamaga tatbiq etilmaydi. Tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
|
| |