• 24-modda. Qurol-yarog‘ reklamasi
  • -modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari




    Download 0,93 Mb.
    bet10/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    23-modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari
    va alkogolli ichimliklar reklamasi
    (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuni tahriridagi modda matni)
    (Oldingi tahririga qarang)

    Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:


    tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin tarqatish;
    tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
    tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
    savdo ob’ektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi.
    24-modda. Qurol-yarog‘ reklamasi

    Qurol-yarog‘ni reklama qilish faqat maxsus nashrlarda, shuningdek bevosita ovchilik qurollarini realizatsiya qiluvchi savdo tashkilotlarining binolarida yoki tegishli ko‘rgazmalarda (tadbirlarda) amalga oshiriladi.


    25-modda. Qimmatli qog‘ozlar va aholining
    mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq
    xizmatlar reklamasi

    Qimmatli qog‘ozlarni va aholining mablag‘larini (banklardagi mablag‘larini, sug‘urta mablag‘lari va shu kabilarni) jalb etish bilan bog‘liq xizmatlarni yoki shunday xizmat ko‘rsatayotgan shaxslarni reklama qilishni bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqi borligini tasdiqlaydigan tegishli litsenziya bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Bunday xizmatlar yoki shunday xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar reklamasida kutilayotgan daromadlar miqdorini, shuningdek bo‘lajak foyda (daromad) to‘g‘risidagi boshqa axborotni ma’lum qilish taqiqlanadi, kamida bir yillik yakunlarga ko‘ra amalda to‘langan foyda (daromad) bundan mustasno.


    Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq xizmatlar reklamasiga taalluqli munosabatlarni tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari

    Download 0,93 Mb.