Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




Download 0,93 Mb.
bet13/50
Sana25.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#253437
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

30-modda. Nizolarni hal etish
Reklama tayyorlash va tarqatish jarayonida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.

3 –mavzu Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama faoliyatining nazariy asoslari


O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning barcha sohasida bo‘lgani kabi mustaqillik davrida bozor iqtisodiyotining muhim sub'ekti hisoblangan reklama faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tartibga solish maqsadi 1998 yil 28 dekabrda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ammo bu davrga qadar mavjud Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar reklama faoliyatining huquqiy asosi vazifasini bajarib keldi. Masalan, Konstitutsiyaning 12-moddasida hech bir mafkura davlat mafkurasi bo‘lmasligi norma sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa1, reklama faoliyatida esa u qoida bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot manbai sifatida axborot maydonida hech bir reklama mahsulotining xukmron bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Bu oz navbatida bozor iqtisodiyotida sog’lom raqobat muhitini shakllantiradi. Har bir reklama mahsulot haqidagi eng to‘g‘ri va ishonarli ma'lumotni iste'molchiga yetkazishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar keltiriladi: reklama-bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot;


reklama beruvchi - reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi bo‘lgan shaxs;
reklama tayyorlovchi - reklama tayyorlashni to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;
reklama tarqatuvchi - reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiruvchi shaxs;
reklamadan foydalanuvchi - reklama yo‘naltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
reklama vositalari - reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun ishlatiladigan vositalar;
mahsulot - tovarlar, ishlar, xizmatlar;
aksilreklama - noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya. 2
O‘zbekiston Respublikasida “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning umumiy xajmi 30 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida reklama faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bugungi kunga qadar zamon talablariga ko‘ra mazkur reklama faoliyatining huquqiy asosida qator o‘zgarishlar kiritildi. Masalan 2011 yilda kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra tamaki mahsulotlari reklamasini tashkil tish ta'qiqlandi. Bu o‘z navbatida milliy an'ana va qadriyatlarga sodiq holda milliy qonunchilikning shakllanayotgani va u asosida jamiyatda demokratik islohotlar milliy manfaatlarga tayangan holda olib borilayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan reklamaga oid cheklashlar ko‘rsatilgan. Jumladan, faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi yoxud iste'mol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar iste'mol qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama, voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da'vat qiluvchi reklama, haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklamalarni tashkil etish ta'qiqlanadi. Bu o‘z navbatida jamiyatning kichik yoshli a'zolari ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Reklama faoliyatini tashkil etishda reklama beruvchining huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: Reklama beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Reklama xususida shartnoma tuzish to‘g‘risida oshkora taklif (ommaviy oferta) kiritish;
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, yetkazilgan zararning o‘rnini va ma'naviy zararni qoplash to‘g‘risida da'vo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim etishi shart.
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Reklama mahsulotini tayyorlovchi yoki tarqatuvchining huquq hamda majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli litsenziyani talab qilish.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalarini bajarishi;
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor etishi shart.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin. Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.O‘zbekiston respublikasida reklama faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari ham mavjud bo‘lib, ular hududiy hokimiyat vakillari tomonidan yaratilgan. Bunga Toshkent shahar hokimining 2007 yilda qabul qilingan “Reklama faoliyatining tartibga solish to‘g‘risida”gi 1048-sonli qarorini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Reklama muayyan korxona yoki ijtimoiy faoliyatning biror mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikning e`tiborini jalb etadi. Yaxshi tashkil qilingan reklama bozor talabini oldindan ko`ra bilish va bozor sharoitida xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. U mahsulotning xaridorga etib borishini ta`minlashda vujudga kelgan, sinovdan o`tkazilgan samarali usullarini qo`llaydi.
Hozirgi vaqtda "reklama" tushunchasiga iqtisodchilar va marketologlar tomonidan turli xil ta`riflar berilmoqda.
“Reklama siz shug’ullanmoqchi bo`lgan faoliyatning eng qizig’idir”,- degan edi, Djerri Della Femina3.
"Reklama mahsulot va xizmat turining ishlab chiqarishdan savdo va xaridorgacha bo`lgan yuli haqidagi xilma-xil axborotlar oqimidir"4, deb ta`riflaydi zamonaviy marketing nazariyasining asoschilaridan biri bo`lgan F.Kotler.
Rus marketologlari A.Pankratov va Yu.Bajenovlar esa reklamaga quyidagicha ta`rif berishgan: "Reklama - ishlab chiqaruvchi, savdo va xaridor o`rtasida tijoriy axborot almashuviga imkon beradi"5.
Yuqorida keltirilgan ta`riflardan va milliy bozor xususiyatlaridan kelib chiqib O`zbekistonlik olimlar ham reklamaga o`z ta`riflarini berganlar. Jumladan iqtisodchi olim A.Azlarova "Reklama milliy iqtisodiyotda yaratilgan tovar va xizmatlarni sotish jarayonini tezlashtirish maqsadida vositachilik faoliyatini ifodalab, ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchini bozor raqobati sharoitida maqsadli uchrashuvini ta`minlaydi"6 deb ta`riflaydi.
Reklama tushunchasiga berilgan ta`rifni quyidagilar bilan izohlash mumkin:

  1. Reklama ishlab chiqarish mavjud bo`lgan sharoitda yuzaga chiqadi.

  2. Reklama orqali ishlab chiqarilgan tovarlar to`g’risidagi ma`lumotlar iste`mol bozoriga kirib keladi.

  3. Reklama orqali tovar va xizmatlar iste`molchilarga tezda etkazilib, ular tez xarid qilinadi.

Tovarlar harakatida reklama asosiy o`rinni egallab, bozor faoliyatining ko`p qirrali ko`rinishi shaklida ba`zan mustaqil yo`nalishga ajratiladi. Marketing va reklama bir jarayonning ikki tomonini tashkil etib, reklama marketing tizimida o`ziga xos o`rinni egallaydi. Mutaxassislar fikricha, reklama kommunikatsiya shakli deb qaraladi. U tovarlarning sifati va xizmat ko`rsatishni, shuningdek g’oyani iste`molchining talab va ehtiyojiga muvofiq ravishda tashkil qilishga qaratilgan bo`ladi.
"Reklama savdoni harakatga keltiruvchi kuchdir" degan iboraning tez- tez ishlatilishi bejiz emas. Reklama - mahsulot va xizmat turining ishlab chiqarishdan savdo va xaridorgacha bo`lgan yuli haqidagi xilma-xil axborotlar oqimidir.
Reklamaning mohiyati milliy iqtisodiyotda yaratilgan tovar va xizmatlarni sotish jarayonini tezlashtirish maqsadida vositachilik faoliyatini ifodalaydi. U odatda ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchini bozor raqobati sharoitida maqsadli uchrashuvini ta`minlaydi.
Reklamaga tovar ishlab chiqaruvchining o`z tovari bilan bozorga kirayotganligi to`g’risidagi axboroti deb qarash lozim. Bunda tovar iste`molchining ehtiyojini ma`lum darajada qondirayotganligi haqida so`z bormoqda. Ishlab chiqaruvchi mahsulotni bozorda sotishdan, xaridor esa o`z ehtiyojini qondirishdan manfaatdor bo`ladi.
Reklama korxona va bozor orqasidagi butun aloqa tizimini o`z ichiga oladi. Iste`molchi reklama qilinayotgan tovar to`g’risida malakali bilimga ya`ni tasavvurga ega bo`lishi kerak. Reklama xabarlari shunday bo`lishi zarurki, u iste`molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uyg’otishi va uni sotib olishga ishonch uyg’ota olishi lozim.
Reklamaning funktsiyalariga to`xtalganda esa shuni aytish mumkinki, unga tovarlar va ularning iste`mol xususiyatini tashviqot qilish deb qaralishi shart. Reklama sifatli va kerakli tovarlarning sotilishini tezlashtiradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi7:

  • reklama tovarning nufuzini (imidji) uzgartirishi;

  • bozordagi talabni uzgartirishi;

  • raqobatbardosh korxonalarning faoliyatini sustlashtirishi mumkin.

Umuman olganda, reklama ishlab chiqaruvchi va iste`molchini bir- biriga uzviy bogaab, iqtisodiyotning rivojiga katta xizmat qiladi.
Reklama faoliyati reklama vositalari (televizor, radio, gazeta, jurnal, tashqi reklama) orqali iste`molchilar bilan yaqin aloqa o`rnatishga xizmat qilib, ayrim qarash va goyalarning shakllanishini moliyaviy ta`minlash reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
Zamonaviy reklama insonning barcha sezgi a`zolariga (ko`rish, eshitish, did bilish) ta`sir etadigan qilib tuziladi. Matn va rasmlar avvalo odamlarning ko`rish va eshitish a`zolariga ta`sir qiladi. Nafaqat radio va televidenie orqali beriladigan reklamalar, balki maxsus ayrim ovozli reklamalar ham xaridorlarning sezgi a`zolariga ta`sir etadi.
Masalan, Parij ko`chalaridan biriga o`rnatilgan vinoni reklama qiluvchi elektron qurilma shisha og’zidan otilib chiqqan tiqin hamda quyilayotgan vinoning tovushini aks ettiradi.
Reklamaning asosiy qoidalaridan biri faqat sertakalluflik, ommaning zaif tomonlarini bilib ta`sir etishgina emas, balki omma orasida mahsulotga nisbatan norozilik paydo bo`lishining oldini olish vazifasini hal etish hamdir. Reklamada sifat, xaridorlar soni ham nazardan chetda qoldirilmaydi. Sifati o`rtacha buyumlarni reklama qilishda xaridorning e`tibori arzon baho bilangina emas, balki qulay, chidamli, sizga loyiq va shunga o`xshash tashviqotlar bilan jalb qilinadi.
Reklama faoliyatiga bag’ishlangan ko`rgazmalarda reklama tashkilotlari bir qancha shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo`ladi. Tadbirkorlik faoliyati samarasi nafaqat boshlang’ich kapitalning o`lchovi bilan emas, ishbilarmon kommunikatsiya sifati bilan belgilanadi. Ishbilarmon kommunikatsiya sifati turlicha bo`lib, unda konferentsiyalar, ko`rgazmalar, seminarlar, ochilish marosimlari, matbuot konferentsiyalari, ish yuzasidan yoziladigan dasturxonlar, ishbilarmonlik o`yinlari, shartnomalar va hokazolar ko`zda tutiladi va bu erda reklama birinchi o`rinda turadi. Reklama samaradorligini belgilashda ikki yondashuv mavjud: birinchisi, reklamaga nisbatan qisqa yondashuvda faqat pullik, bir tomonlama, shaxsiy bo`lmagan va o`rtacha murojaat mavjud holatda, raqobatbardosh tovarning foydasi ko`zda tutiladi.
Ikkinchisi reklamaga nisbatan keng yondashuvda har qanday ishlab chiqaruvchi yoki ularning iste`molchigacha bo`lgan har qanday murojaati mavjud bo`ladi.
Hozirgi kunda reklama bozori dunyo miqyosida jadal o`sib kelayotgan dinamik bozorlardan biridir. 1998 yilda AQShda bu sohaning tashqi reklama turida 200 mlrd. dollarni, Rossiyada esa 2 mlrd. dollarni tashkil qilgan8. O`zbekistonda hanuzgacha bu sohadagi olinishi mumkin daromad hisoblab chiqilmagan.
Bugungi iqtisodiyot rivojlanishida reklamadan tushadigan daromadni hisoblash katta ahamiyat kasb etadi. Markazlashgan davlat siyosati davrida O`zbekistonda reklama faqat do`kon sarlavxalari, manekenlar, narx ko`rsatkichlari, tovar haqida ma`lumot yozilgan tovar tamgalari (etiketlari) va e`lonlaridagina namoyon bo`lardi .
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, respublikamizda jahon bozoriga chiqish maqsadida ko`plab turdagi sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bularning barchasi, ommaviy axborot vositalari orqali reklamaga ehtiyojni oshirdi. Bu bir tomondan tovarlarni dunyoga tanitsa, ikkinchi tomondan davlat byudjetiga katta daromad keltiradi.
Rivojlangan davlatlar allaqachon, biron firma uchun foydali bo`lgan reklama davlat, aholi uchun zararli bo`lgan holatlarni tushunib etgan. Xorijda reklama qonuniga rioya qilmaganlik uchun reklama beruvchi, rekla­mani yaratuvchi va reklama tarqatuvchilar jazolanadi9 va bizning fikrimizcha, O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan reklama to`g’risidagi qonun ham respublikamizda bu sohadagi ishlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Reklamaning davlat tomonidan reklama qonunini buzuvchilarni ustidan nazorat olib boriladi. Respublikamizda qabul qilingan reklama to`g’risidagi qonunga10 asosan, tovarning sifati a`lo darajada bo`lishi va reklama e`lonida va`da qilinayotgan sifatlarining haqqoniyligi, ishonchliligi, tovarning xizmat qilish muddati ko`rsatilganligi va dizayni iste`molchi talabiga mos kelishi lozim. Shuningdek, reklama qilinayotgan tovarning xizmatga yaroqliligi ham nazarda tutilishi reklamada ta`kidlab o`tilishi joiz. Reklama faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo`lib, reklama savdoning muhim tarkibiy qismlaridan sanaladi.
Reklamaning asosiy vazifasi iste`molchiga tovar haqidagi axborotni etkazishdir. Masalan, tovar ishlab chiqaruvchi, iste`molchi bor, lekin reklama yuq deylik. Albatta, bu holatda iste`molchi o`ziga kerakli tovarni bozorlardan, do`konlardan uzoq qidiradi. O`z navbatida, ishlab chiqaruvchining ham xaridorlarni, iste`molchilarni topishi oson bo`lmaydi. Shuningdek, do`konlar tashqarisidagi peshlavdalarni trtri tanlay olmaslik ham ishni qiyinlashtiradi. Masalan, mashxur "Okean" do`konidan kiyim-kechak, avtomashinalar ehtiyot qismlaridan tortib, barcha narsalarni sotib olish mumkin. Faqat u erning nomidan chiqib, do`konda baliq sotilmasligi g’ayritabiiydir. Agar iste`molchini reklamaning asiri deb hisoblansa, bu xato bo`ladi. Reklama iste`molchiga gazetalar, teleko`rsatuvlar, radio va dokazolar orqali singadi. Iste`molchilar reklamaga katta ahamiyat berib, uni sinchkovlik bilan tekshiradilar. Bu iste`molchilarning psixologik holati bilan bog’liq bo`lib, avval ham mavjud bo`lgan shirinso`z sotuvchilar va oliy sifatli tovarlarni inkor etmaydi.
Reklama tovarlar dunyosida iste`molchiga mahsulotni topishga ko`maklashadi. Bu zanjirda reklama iste`molchiga tovar haqida ma`lumot beradi. Agar tovar yangi bo`lsa, uning xususiyatlarini ochib beradi, bordi yu avvaldan iste`molchiga tanish bo`lsa, uning yangi xususiyati ta`kidlanadi.
Bu turdagi reklama korxonaning katta hajmdagi tovarlarini sotilishini ta`minlashga ko`maklashadi. Bundan tashqari, u investorlarga korxona faoliyati yaxshi ketayotganligidan ham darak beradi.
Keyingi paytlarda, Respublikamizda umumjamiyat muammolarini o`z ichiga olgan tashviqot reklamalari ham ko`plab kirib kelmoqda. "Raqobatbardosh reklama" atamasi esa tovarning ma`lum xususiyatini alodida ko`rsatishini o`z ichiga oladi. Agar reklamada bir necha tovarlar bir biriga solishtirilsa bu solishtirma reklama faoliyatidir. Umummilliy reklama, butun mamlakat bo`ylab tovarlari yoyilgan kompaniyalarning moliyaviy manbalariga asoslanadi. Kooperativ reklama mahalliy ulgurji va chakana savdochilarning birgalikda hududiy reklama berishlaridan iborat.
Reklamada chiroyli, kishilar va mashdur aktyorlar ishtirok etsa, u katta foyda keltirib, bunday reklamalar uta samarali bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, reklamaga ehtiyoj mavjud bo`lib, usiz ishlab chiqarish va sotish sustlashadi, eski tovarlar omborlarda joy egallab yotadi. Bu to`g’rida hatto hammaga tanish: "Kimki pulni tejash uchun reklamadan voz kechar ekan, u soatni ayash uchun soatni to`xtatib qo`ygan kishi bilan barobardir" iborasi mavjud11 . Shunday ekan, reklama tovarlarni bozorga tanishtirib, ularning tez sotilishiga yordam beradi deb hisoblaymiz.
Reklamani yuzaga keltirishga ko`p mablag’ sarflanadi, shu bilan birga, reklama samarali chiqsa u reklama tarqatuvchiga katta foyda keltiradi. Reklama sotishni kengaytirishga xizmat qilib, tovarlar sotuvi qoniqarli bo`lmasa, reklama bozor va iste`mol muhiti haqida ma`lumot berish orqali sotuvni yo`lga qo`yadi. Bundan tashqari, reklama jamiyatning boshqa sohalarining rivojiga ham xizmat qiladi.
Reklama xarajatlari ham mazkur natijaga tayanadi. Butun savdo zanjirini qamrab olgan holdagi reklama katta foyda keltiradi.
Yaqin o`tmishimizda tovarlarni xaridorga etkazib berishning 4 ta asosiy bosqichi mavjud edi: injenerlik loyihalari, ishlab chiqarish, sotish va tayyor mollar.12
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bu bosqichlarni marketing o`z ichiga qamrab olgan. Marketingda reklamani boshqarish reklamaning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqar ekan, u mahsulotning maqbul jihozlanishi va bezalishi bo`yicha tadqiqotlarni ham, narx-navo masalalarini ham, sotuvgacha reklama va mahsulot sotilgandan keyingi xaridorga xizmat ko`rsatishni ham, xullas ishlab chiqaruvchidan to iste`molchigacha bo`lgan butun munosabatlarni boshqarishni o`z ichiga olishi kerak.
Reklamani boshqarish esa, o`z navbatida, marketingning vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, turli marketing kontseptsiyalarida kuzda tutiladigan reklama to`g’risida aytilgan bu fikrlarning hammasi reklama ishlarini o`tkazish va reklama faoliyatini olib borishdan avval qilinadigan juda katta va murakkab yumushlar to`g’risida to`la tasavvur bermaydi.
Reklamaga oid har bir ish tovar va xizmatlarning xususiyatlarini, potentsial xaridorlar va iste`molchilar doirasini, reklama kimga qaratilgan bo`lsa, o`sha kishilarning ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuksak did hamda haqqoniy qilib ishlanishi kerak.
Raqobat kurashi sharoitlarida reklama bo`yicha mutaxassislar reklamaga oid o`z echimlarining tijorat sirlarini saqlab borsalar, eng muvaffaqiyatli chiqqan echimlarga patentlar berilsa, mualliflarning haq-huquqlari qonun tomonidan mudofaza qilinsa, reklama samarali rivojlanadi. Hozirgi kunda, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda marketing boshqaruvi, reklamaga bo`lgan ehtiyoj yanada ortdi. Ko`pgina korxonalar uchun reklama zaruriy shart sharoit bo`lib qoldi. Shunday dolzarb kunlarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1998 yil oktyabr oyida "Reklama to`g’risida" gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va keng omma muhokamasiga qo`yildi. 1998 yil 28 dekabrda O`zbekiston Respublikasining "Reklama to`g’risida"gi qonuni qabul qilinishi bilan bu sohada keskin ijobiy o`zgarishlar yuzaga keldi. Bu qonun reklamaga bo`lgan zaruriyatni bu borada qilinishi kerak bo`lgan chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Tarixdan ma`lumki, reklama bozor bilan bir vaqtda yuzaga kelgan va har ikkisi bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari" kitobida quyidagi yozilgan jumlalarni ta`kidlab o`tish joiz: Bozor munosabatlariga o`tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yo`qolib ketgan egalik tuyg’usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikaning g’oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta`minlay oladi".13
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tizimidagi reklama faoliyati katta ahamiyatga ega bo`lib, mutaxassislarning fikriga ko`ra, u kommunikatsiya shakli deb qaraladi. Reklama tovar, sifat va xizmat ko`rsatishni, shuningdek, g’oyani iste`molchining talab va ehtiyojiga muvofiq tashkil qilishga intiladi. Reklama birinchidan, raqobatbardosh tovarlar to`g’risida ma`lumot beradi, ikkinchidan esa, tovarlar va mablag’lar aylanishini tezlashtiradi, iqtisodiyot rivojiga katta foyda keltiradi.
Reklamaning mohiyati ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib chiqib, xaridorda tovarni sotib olish to`g’risida tasavvur uyg’otishdir. Reklamaga tovar ishlab chiqaruvchi o`z tovari bilan bozorga kirayotgani to`g’risidagi axborot deb qarash mumkin. Reklama xabarlari shunday bo`lishi zarurki, toki ular iste`molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat va uni sotib olishga ishonch uyg’ota olsin. Turli mavzulardagi matnlardagi reklama umumiy axborot vositasi sifatida ma`lum ahamiyatga ega bo`lib, nafaqat jamiyat iqtisodiy hayotining, balki uning ma`naviyligini, siyosiy dunyoqarashiga oid tomonlarni ham aks ettiradi.
Respublikamizda tovarlar reklamasi faoliyatini shakllantirishdagi o`ziga xos xususiyatlarni, ularning mohiyati va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdagi reklamaning rolini ochib berish, reklama faoliyatini takomillashtirish va tahlil qilish, reklama faoliyatini milliy qadriyatlarimiz boy madaniy merosimiz asosida yaratish, uning ta`sirchanligi uchun harakat qilish yo`llarini shakllantirish zarur.



Download 0,93 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

Download 0,93 Mb.