• 28-modda. Aksilreklama
  • -modda. Reklama materiallarini saqlash muddatlari




    Download 0,93 Mb.
    bet11/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    26-modda. Reklama materiallarini saqlash muddatlari

    Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi reklama materiallarini oxirgi marta reklama e’lon qilingan (ko‘rsatilgan) kundan boshlab bir yil davomida saqlashi shart.


    27-modda. Reklama axborotiga taalluqli
    hujjatlar va materiallar olish

    Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra u belgilagan muddatda reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni taqdim etishi shart. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)


    Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarning reklamaga taalluqli hujjatlari va materiallarini moneliksiz olish huquqi vakolatli davlat organining mansabdor shaxslariga beriladi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
    Tijorat siri hisoblangan va ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan olingan ma’lumotlar oshkor qilinmasligi lozim.
    Vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilgan taqdirda, reklama beruvchiga, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan, ma’naviy zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
    28-modda. Aksilreklama

    Vakolatli davlat organlari reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, qonunbuzar mazkur organlarning qaroriga binoan va ular ko‘rsatgan muddatda aksilreklama berishi shart. Aksilreklama berish shuningdek, ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama berishni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi.


    Agar qonunbuzar aksilreklamani reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ belgilagan muddatda bermasa, mazkur organ qonunbuzarning reklamasini u aksilreklamani bergunga qadar to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir.
    Aksilreklama raddiya berilayotgan reklama e’lon qilingan ayni o‘sha ommaviy axborot vositalarida, ayni o‘sha muddat, makon, joy va tartibdan foydalangan holda beriladi.
    Aksilreklamaning mazmuni qonunbuzarlik holatini aniqlagan va uni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organi bilan kelishiladi. Ayrim hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Reklama materiallarini saqlash muddatlari

    Download 0,93 Mb.