|
-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun
|
bet | 12/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1)29-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi-yettinchi qismlar bilan almashtirilgan (Oldingi tahririga qarang)
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar - yuridik shaxslar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:
noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun - eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun - eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha mikdorda;
reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar takdim etganlik uchun - eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda.
Reklama beruvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar bo‘ladi.
Reklama tayyorlovchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Reklama tarqatuvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub’ektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish tadbirkorlik sub’ektiga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran undiriladigan summani olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Jarima to‘lash vakolatli davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
|
| |