|
Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni
|
bet | 50/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1)64
Reklamada haqqoniylik majburiy belgi bo`lib, tovarlar, uning sifati, fazilatlari, ustunliklari to`g’risidagi ma`lumotlar daqiqatga to`g’ri kelishi lozimligini bildiradi. Bundan tashqari haqqoniylik, ishonarli dalil — isbotlarda va reklama vositasi bayonida foydalanilgan raqam va ma`lumotlarda ifodalanadi. Ikkita butunlay bir xil firma bo`lmaganidek, reklama beruvchi firma va reklama faoliyatini shakllantirishga ham umumiy yondashuv mavjud emas.
Barcha reklama beruvchi firmalar o`z reklama xizmatlarini bajarishda quyidagi funktsiyalarga e`tibor berishlari lozim:
boshqaruvchanlik reklama xizmati ham kasblarining boshqaruvi;
firmaning reklama faoliyatini rejalashtirish;
reklama beruvchining boshqa xizmatlar (sanoat, ishlab chiqarish, sotish, moliya) faoliyatidagi o`rni;
reklama berish masalalarida tashqi damkasblar faoliyati;
reklama byudjetiga taallutsli moliyaviy xizmat va yuqori rahbariyat takliflarini ishlab chiqish.
Reklama marketing funktsiyalarining bir bo`lagi hisoblangani uchun ham, reklamani boshqaruvchi marketing xizmati doirasidagi reklama faoliyati o`rnini aniq belgilashi kerak. Bundan tashqari, reklama faoliyatining yuridik xizmat, kadrlar masalasi, ishlab chiqarish, moliyalashdagi o`rnini belgilash muhim. Firmaning reklama xizmati, u qanchalik yirik bo`lmasin, butun reklama faoliyatini mustaqil tashqi reklama xizmatidan foydalanmay, bajara olmaydi. Korxona rahbari samarali reklamaga erishish uchun qancha xarajat qilishni boshqalardan ko`ra ko`proq biladi. Chunki rahbar doimo reklama agentliklari bilan birgalikda reklama dasturlari ishlab chiqadi. Shu bilan birga, rahbar reklama byudjetini ishlab chiqishi muhim.
Reklama funktsiyalarini kichik korxonalarda bitta xodim bajarsa, juda yirik korxonalarda bir necha yuz xodimlarga reklama xizmati yuklangan. Korxonaning reklama xizmati tuzilmasi bir necha omillarga bog’liq. Quyidagilar ular ichidagi eng muhimlari sanaladi:
firmaning o`lchami, hamkasblar orasida mehnat taqsimotining zaruriyati;
firmaning faoliyat turi (ishlab chiqarish, sanoat, xizmat ko`rsatish, sotish.);
ishlab chiqarilayotgan tovarning bozorda tutgan o`rni va xususiyatlari;
firmaning marketing strategiyasi, marketing majmuasida reklamaning o`rni va ahamiyati;
- firma rahbariyatining reklama faoliyatini yaratishdagi mavqei.
Shu bilan birga, reklama firma marketing xizmatining asosiy qismi ekanligini unutmaslik kerak. Shuning uchun ham reklamaning o`rni ko`p tomonlama firma rahbariyati tomonidan ishlangan marketing xizmatini tashkillashtirish sxemasi orqali aniqlanadi. Odatda tuzilma quyidagi turlarga bo’linadi:
a) marketingni funktsional tashkillashtirish;
b) marketingni tovarli tashkillashtirish;
v) marketingni hududiy tashkillashtirish;
g) marketing bozorini tashkillashtirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, reklamadan yangi tovarni bozorga chiqarish uchun foydalanilar ekan, avvalambor, uning yo`nalishlarini tanlab olish zarur. Reklama mutaxassislari tovar sifatiga oid ma`lumotlarni yig’ib, tovarni ishlab chiqarish istiqbollari to`g’risida axborot, aholi tarkibi qanday bo`lishi haqida oldindan sotsiologik so`rovlar, kuzatuvlarni tahlil qilib olishlari zarur.
Bundan tashqari, tovar zahiralarini, reklama qilayotgan, tovarlarni uzluksiz etkazib berish imkoniyatini ham hisobga olishlari zarur. Shu bilan birga, bozordagi tovarning sig’imi, normadan ortiq tovar zahiralari, tovarning istiqbolini baholashda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Reklama faoliyatini istiqbolini belgilash va takomillashtirish yo`llarini belgilashda reklama bozor sharoitida ishlab chiqaruvchi bilan iste`molchi o`rtasidagi bog’liqlikni ta`minlaydigan mezon ekanligini, uning kelajakdagi o`rnini va takomillashtirish yo`llarini ko`rsatishimiz zarur. Reklamaning istiqbolini belgilashni uch bosqichga ajratish mumkin:
Qisqa muddatli reklamani amalga oshirish. Bunda reklama istiqbolini 1 yildan kam bo`lgan muddatga reklama tarqatuvchi ob`ektlar (biznes markaz, reklama agentliklari, korxonalarning reklama xizmati) amalga oshirishlari zarur.
Bu reklama faoliyati 2 - 3 yil muddatga istiqbolni belgilashga qaratilgan bo`lishi kerak. Bunda reklama faoliyati va uning rivojlanishiga ta`sir etuvchi ichki va tashqi omillarni hisobga olish lozim.
Reklama istiqboli 5 yil muddatga muljallab tuzilishi zarur. Bunda reklama istiqbolini belgilashda strategik yo`nalishlarni to`g’ri belgilab olish kerak.
Reklama istiqbolini belgilashda bozordagi talab va taklif o`zgarishlari, unda sub`yektlar harakati va tanlash variantlariga alohida e`tibor qaratish lozim. Ma`lumki, talab va taklifni, asosan, bozor kon`yunkturasi belgilab beradi. Bozorda qaysi mahsulotga talab katta, qaysinisiga kam ekanligida buning o`rni yuqoridir. Aynan reklama istiqboli shu holatni o`zida belgilay olishi kerak.
Reklama istiqbolini belgilashda xaridor va sotuvchining amaliy faoliyatini hisobga olish lozim. Tanlash imkoniyati yuqori bo`lgan sharoitda istiqbolni belgilashda eng yuqori optimal variantni tuzish zarur.
Bozor munosabatlari sharoitida reklama istiqbolini belgilash ikki yo`nalishda olib boriladi, iqtisodiy analitik va matematik yo`nalishlar. Ular mutaxassislarning mantiqiy fikr mulohazalaridan foydalanib, alohida mamlakatlarning (tovar bozorlari) iqtisodiy ahvoli yoki tovar bozorlarining tahlili bilan shug’ullanishni o`z ichiga oladi. Reklama istiqbolini belgilash kon`yunkturasini vujudga keltiruvchi omillar majmui sub`ektiv tahlil qilishga asoslanadi va kelajakning ma`lum davrlaridagi kon`yunktura rivojlanishi to`g’risidagi ekspertlarning taklifidan iboratdir. Bunda kon`yunkturani o`rganish nafaqat iqtisodiyot rivojlanishida nisbatan uzoq bo`lgan yo`nalishlarni tadqiq qilish, balki xo`jaliklarda bo`lib o`tayotgan yangi hodisa va jarayonlarni chuqur va amaliy tahlil qilishni ham o`z ichiga oladi. Ko`pgina reklama mutaxassislari alohida reklama mablag’lari tartibiga e`tibor beradilar. Bu vositalarning ko`lami kengligini hisobga olsak, bu masala echimining ham ancha murakkabligi ko`zga tashlanadi. Bunga shu masala bo`yicha adabiyotlarning ozligi ham yaqqol isbotdir. Ayrim ko`rsatkichlar mos keladigan reklama mablag’lari nuqtai nazaridan o`zining faoliyat masshtabining kengligi, assortimenta jihatidan boshqalaridan yuqori turadilar. Reklama maqsadlaridan kelib chiqqan holda, qay birining ko`proq tosh bosishi bo`yicha solishtiriladigan va belgilanadigan ko`rsatkichlar bo`yicha aniqlanadigan reklama mablag’larining joy-joyiga qo`yilishi ahamiyatliligining anchagina qulayligiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, bozor munosabatlari sharoitida reklama istiqbolini belgilash bozordagi talab va taklif o`zgarishlari, undagi sub`ektlarning harakati va tanlash variantlariga alohida e`tibor qaratish kerak. Bozor kon`yunkturasi talab va taklifni belgilab berib, qaysi mahsulotga talab katta, qaysinisiga kam ekanligini aniqlab beradi. Bundan kelib chiqib, reklama istiqbolini shu holatni o`zida belgilashda xaridor va sotuvchining amaliy faoliyatini hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Bu sharoitda istiqbolni belgilashning optimal variantni tuzish va belgilash kon`yunkturasini vujudga keltiruvchi omillar majmui sub`ektiv tahlil qilishi kerak.
|
| |