• 1 Iqtisodiy . 2 Ijtimoiy . 3 Ta`limiy . Reklamaning iqtisodiy vazifasi .
  • R.Mokshansev
  • A .A. Azlarova
  • Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




    Download 0,93 Mb.
    bet44/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    L.I.Karimova tomonidan o`rganilgan ilmiy ma`lumotlar yurtimizda ushbu yo`nalishda konkret emperik izlanishlar uchun yo`l ochdi .
    Reklama qilinayitgan mahsulotlar esa reklama vositalari orqali tanishtirilayotgan , ma`lumotlar berilayotgan yangi mahsulotlardir . Bugungi kundagi zomonaviy reklamalar keng imkoniyatlar eshigini ochishi bilan bir qatorda muhim vazifalarni ham bajarishi haqida ta`kidlangan . Jumladan ular quydagilardir :
    1 Iqtisodiy .
    2 Ijtimoiy .
    3 Ta`limiy .
    Reklamaning iqtisodiy vazifasi .Iqtisodiy sohani faollashtirish va tezlashtirish hisoblanadi .Iste`molchilarda harid qarorining qabul qilinishida , yangi mahsulotlar va xizmatlarning turlari , imkoniyatlari , qulayliklarining targ`ib qilinishida reklama asosiy vazifani bajaradi .
    Reklama yangi mahsulotlar yoki xizmatlarga iste`molchilar diqqatini , qiziqishlarini jalb qilib , ehtiyojlarining qondirishiga ta`sir qiladi .Shu nuqtai nazardan , rossiyalik olim R.Mokshansev reklamani quydagicha ta`riflaydi :”Reklama bu- aholini mahsulot bilan tanishtirish , u haqida axborot berish , sotib olishga jalb qilishdir .Reklama kuchli raqobatli bozor sharoitida eng asosiy mezon bo`lib xizmat qiladi .”51
    Shuningdek , olim reklamaning quydagicha maqsad va vazifalarini ta`kidlaydilar :
    1. Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchisini va savdogarni identifatsiya qilish .
    2. Mahsulot , xizmat yoki g`oyalarning yashovchanligini ta`minlash .
    3. –Xaridorlarni ogohlantirish .
    4. Talab va didni shakllantirish va b .
    Reklama beruvchilar mahsulotlar haqida uning bahosi , xususiyatlarini , yangiligini , foydali tomonlari va foydalanish usullari haqida axborot berishlari zarur . Reklama barcha ommaviy kommunikatsiya vositalarida mavjud bo`lib , ular uchun iqtisodiy manba biznes muvaffaqiyati hisoblanadi . Xaridorlarning yangi talablarini o`stirishda , tanlash imkoniyatlarini oshirishda , yangi mahsulot yoki xizmatlar bilan tanish bo`lishlarini ta`minlashda reklamalar asosiy ahamiyat kasb etadi . Reklama iqtisidiyotining bir bo`lagi sifatida aholining yangi ish o`rinlari bilan ta`minlanishida , yangi mahsulot va bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishida , ishlab chiqaruvchilar hamda iste`molchilarning o`zaro foydali aloqalarida vositachilik vazifasini o`taydi .
    Shuningdek , reklama nafaqat iqtisodiy sohani rivojlantiruvchi turtki vazifasini , balki insonlar turmush tarzini o`zgartiruvchi omil vazifasini ham o`taydi . Reklama iqtisodiy soha vositachisi sifatidagi vazifasiga A .A. Azlarova quydagicha izoh beradi : “Reklama , birinchidan , raqobatbardosh tovarlar to`g`risida ma`lumot beradi , ikkinchidan esa , tovarlar va mablag`lar aylanishini tezlashtiradi , iqtisodiyot rivojiga katta foyda keltiradi “52.Demak , reklama iqtisodiy vazifasiga ko`ra ham bir qancha sohalarning muvaffaqiyatli yechimini o`zida qamrab olish imkoniga ega .

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

    Download 0,93 Mb.