• L.I.Karimova
  • .L.I.Karimova
  • -mavzu Reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’limiy vazifalari




    Download 0,93 Mb.
    bet43/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    7-mavzu Reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’limiy vazifalari.
    Iqtisodiy sohaning bugungi bozor munosabatlari sharoitidagi muvaffaqiyatni ta`minlovchi vositalardan biri-reklamaning kundalik hayotimizdagi mavqei sezilarli ahamiyatga ega. Global miqtosdagi har qanday islohotlar, yangiliklar va tub burilishlar jamiyatning har bir faol bo`g`iniga o`z ta`sirini ko`rsatgani kabi reklamaning oilaviy munosabatlarga idrok va tasavvurlarga ta`sirini o`rganish bugungi kunda muhim muammodir. Xususan o`zbek oilalarida reklama faoliyatiga bo`lgan munosabat reklama qilinayotgan mahsulotlarni turlicha idrok qilinishining jins hususiyatlariga bog`liqligi, reklamaning yangi ustanovkalarini shakllantirishga, oilaviy qadriyat, an`ana va ijtimoiy o`zaro munosabatlarni mustahkamlashga, shaxsdagi estetik did, keng tab va dunyoqarashni shakllantirishga bo`lgan ta`siri tobora iqtisodiy islohotlarning kundalik hayotimiz mazmuniga aylanib borayotganligini ifodalaydi.
    Avvalo, har bir reklama mazmun-mohiyatiga ko`ra ma`lum guruh yoki doiraga yo`naltirilgan tarzda beriladi. Ammo u qanchalik samarali,ta`sirchan bo`lishiga aniq psihologik qonuniyatlar tizimiga asoslanadi.
    Bugungi kunda reklama bozor munosabatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi ,yangicha turmush tarzini shakllantiruvchi vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Reklama bu-turli yangi mahsulotlar haqida ma`lumotlar olish, yangi xizmatlar va firmalar faoliyati haqida turli manbalar orqali tanishish jarayoni yotadi.
    XX asrga kelib reklama faoliyati aniq psixologik qonuniyatlarga asoslangan yangicha mazmunga ega bo`lgan. Bu esa reklama psixologiyasi sohasida yangi psixologik muammolarni ilmiy asoslash, reklamaning inson ongiga ta`sir etish qonunlarini nazariy va amaliy mukammaliklarni talab etdi.
    Reklama sohasidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar uni ilmiy fan yo`nalish sifatida shakllantirib, XX asrda dastlab Amerikada, keyinroq Yevropadagi oliy o`quv yurtlari tizimida o`qitila boshlandii. Bu davrda reklamaning emperik o`rganish sohasi ancha jadallashgan bo`lib, asosan unda ijtimoiy-xususiyatlarga bo`lgan ta`siriga ham e`tibor qaratila boshlangan.
    Nemis psixologi T.Kening va M.Bauxlar reklama mahsulotlarining inson irodasini tayyorlashga va psixikasiga rejali ta`sir qilishga qaratilgan faoliyat sifatida baho beradi. Ular reklamani psixologik ta sir etish mehanizmlardan biri sifatida –singdirishni ta`kidlaydilar ,shuningdek , samarali reklama inson ruhiyatiga yo`naltirilgan bo`lishi lozimligini aytib o`tadilar.Amerikalik psixolog U.Skott reklama e`lonlari hajmining ahamiyatini o`rgangan .U yuz betdan iborat kitobchaga turli hil jurnallardan olingan e`1lonlardan yopishtirib chiqdi ,so`ng uni 50 ta odamga ko`rsatdi va e`lon qilingan axborotlarning hajmiga nisbatan takrorlanuvchi reklama axborotlari yaxshiroq ta`sir etishni aniqladi.
    Amerikalik psixolog D.Starch reklama e`lonlarini gazeta va jurnallarning qaysi betide berish samarali bo`lishini o`rgangan. Aniqlanishicha ,e`lonlar turli sahifalarda bo`lsa 50 % , birinchi va oxirgi sahifalarda bo`lsa 100 % e`tiborni jalb qilar ekan .Demak, reklama ma`lumotlarning idrok etilishida matnning sahifalarda joylashtirilishi , reklama axborotlarining takrorlanishi ham ahamiyatga ekanligi aniqlandi . Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali ma`lumotlar bilan tanishuvchilar yosh xususiyatlariga ko`ra tafovutlanishi N.Bogomolova tomonidan o`rganilgan . Unga ko`ra , gazeta ma`lumotlari bilan asosan katta yishdagilar , radio ma`lumotlari bilan yoshlar va kattalar, televideniya orqali uzatiladigan ma`lumotlar bilan barcha yoshdagilar ,aynan bolalar hamda keksalar tanishishi ta`kidlangan .Olima N.Bogomolova bolalarda ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarning shakllanishida televideniya uchinchi ota-ona hisoblanib ,ular dunyo qadriyatlari haqidagi birlamchi tasavvurlarni televidiniya ko`rsatuvlari orqali oladilar degan fikrni qayd etadi . Tadqiqotchi A.Azlarova esa gazeta ma`lumotlari bilan asosan erkaklar qiziqishlarini qayd etib o`tgan . Shuningdek , u aholi o`rtasidagi reklama axborotlari bilan qiziquvchilarni ham o`rganib , aholining 4 % va o`rta yoshdagilarning 20 % gina reklama axborotlari bilan qiziqishini , 24 % aholi esa o`zi uchun muhim bo`lgan tanlangan axborotlarni izlashini va 52 % esa reklamalarga umuman qiziqmasligini ta`kidlaydi .Demak reklama ma`lumotlarining adekvat idrok qilinishida ommaviy axborot vositalari muxlislarining yosh hususiyatlari ham e`tiborda tutilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi .
    O`zbekistonda reklamalarining ijtimoiy sohadagi ta`sir xususiyatlari muammosi V.M.Mosin ishlarida ham o`rganilgan bo`lib , u reklamaning shahs ruhiy-axloqiy tarbiyasidagi o`rni masalasiga e`tabor qaratgan . Tadqiqotda reklama orqali shahs tarbiyasiga ta`sir etish , ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o`rni , iste`molchilarining reklamaga nisbatan munosabat motivlari , shaxsning ijtimoiylashuv jarayoniga kommunikatsiyaning ta`siri ilmiy asoslar bilan tahlil qilingan .
    Mamlakatimizda reklama faoliyatining psixologik talqini ,shahs ijtimoiy tasavvurlariga va ustanovkalariga reklamaning ta`siri ,reklama idrok qilinishining etnopsihologik xususiyatlarga bog`liqligi muammosi ijtimoiy psihologik muammo sufatida L.I.Karimova tomonidan tadqiq etilib , O`zbekiston sharoitida reklama faoliyati ilk bor ijtimoiy-psihologik izlanishlar predmetiga aylantirilgan va reklama psihologiyasi sohasida ilmiy asoslanilgan hulosalar , tahlillar keltirilgan .Muallif tadqiqot davomida reklamaga bo`lgan munosabatlarning shaxs ijtimoiy ustanovkalari tizimida baholanishni turli yoshdagilar iste`molchilar guruhida-yosh yigit qizlar va ularning ota-onalarida o`rganishga muvaffaq bo`lgan .
    Shuningdek , reklama qilinayotgan mahsulotlarning idrok qilinishi jins hususiyatlariga va ehtiyojlar tizimiga ko`ra tafovutlanishini muallif tomonidan ilmiy yoritib berilgan .Tadqiqotda oila sohasiga ham qismsn to`xtalingan bo`lib , unda oiladagi iste`molchilik faolligi o`rganilgan .L.I.Karimova o`z tadqiqotlarida o`zbek oilalarida reklamaning ko`proq iste`molchilari ayollar hisoblanishini ta`kidlab , shunday izoh beradi “Birinchidan , xo`jalik ishlari bilan ko`proq mashg`ul bo`lgan ayol xo`jalik uchun pul sarflash masalalarida ko`proq faol bo`lib qoldi ; ikkinchidan , bozor sharoitida erkaklar ko`proq vaqtlarini pul topishga ajratadi ; uchinchidan sharq an`analariga ko`ra erkak kishi ko`proq vaqt mobaynida oiladan tashqarida bo`ladi .Ayollarning esa ko`p vaqt uy ishlari bilan band bo`lishi va reklama axborotlari manbai bo`lgan televizor va radio eshitish imkoniyatlarini kengaytiradi “50

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu Reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’limiy vazifalari

    Download 0,93 Mb.