• -Qaror qabul qiluvchi shaxs
  • I.V.Alyoshina
  • D.F.Endjel, R.D.Blekuell, P.U.Miniardlar
  • X.R.Haydarova va V.K.Shebelnikov
  • Iste’molchi subyekt”
  • Koordinator subyekt”
  • Ehtiyoj obyekti “
  • Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




    Download 0,93 Mb.
    bet39/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    -Tashabbuskor (inisiator) – aynan u yoki bu mahsulotni xarid qilish haqidagi fikrni ilgari surgan shaxs ;
    -Ta’sir etuvchi shaxs – anglangan yoki anglanmagan holda u yoki bu holatda mahsuot xaridiga ta’sir ko’satuvchi. Masalan , aniq markani xarid qilish yoki aniq bir vaqtda xarid qilishni amalga oshirish taklifini berib , oildagi boshqa a’zolar fikrining shakllanishiga ta’sir etadi ;
    -Qaror qabul qiluvchi shaxs – xarid xarakterini aniq belgilovchi (nimani, qachon, qayerda, qancha sotib olishni ) , asosiy yoki asosiy bo’lmagan tanlovlarni amalga oshiruvchi shaxs;
    -Xaridor – bevosita oila a’zolari ma’qullagan mahsulotlardan xarid qiluvchi yoki xizmatlar turidan foydalanuvchi shaxs;
    -Iste’molchi- xarid qilingan mahsulotdan yoki xizmat turidan foydalanuvchi manfaatdor shaxs.
    Bu rollar o’zaro qaror qabul qilish bosqichlari bilan bog’liq. Deyarli barcha oilaviy xarid qarorlarining qabul qilinishida ushbu rollarning barchasi yoki ba’zilari ishtirok etadi. Masalan , oilaviy sayohatga chiqish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar ota-onalar tomonidan amalga oshirilsada , sayohat taklifi va oxirgi qabul qilinadigan qaror bolalarga tegishli bo’ladi. Ko’pchilik erlar uchun zarur bo’ladigan kosmetik va parfyumeriya vositalarini o’zlari emas ,balki turmush o’rtoqlari xarid qiladilar. Shuning uchun bu kabi mahsulotlar reklamasi undan foydalanuvchi erlarga emas , balki qaror qabul qiluvchi , xaridga ta’sir etuvchi va deyarli xaridorlar hisoblanuvchi xotinlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Oiladagi er-xotinning qaror qabul qilishdagi iste’molchilik rollari ko’plab tadqiqotlarda o’rganilgan.
    Xo’jalikda er-xotinlarning qaror qabul qilishlari I.V.Alyoshina tomonidan quydagicha to’rt asosiy guruhga bo’lib o’rganilgan va bunda kimning fikri yoki qarori yetakchi , hal qiluvchi ekanligiga e’tibor qaratilgan :

    1. Er hukmronligi yoki erning qarori doimo ustuvor. Odatda texnik vositalar uchun asboblar, xo’jalik buyumlari, murakkab texnik uskunalar xususidagi qarorlarda erlar hukmronligi ko’rinadi ;

    2. Xotin hukmronligi yoki ayol kishining qarori va takliflari doim ustuvor. Oziq-ovqat mahsulotlari, mebellar, bolalar kiyimlari, poyafzallar xarid qilish haqidagi qarorning qabul qilinishida xotinlar hukmronlik qiladilar.

    3. Birgalikda qarorlar qabul qilinishida erning ham , xotinning ham fikrlari birday inobatga olinadi.Sayohatga chiqish, muzlatkich, televizor kabi uzoq muddatli iste’mol mahsulotlari xarid qilishda ko’proq birgalikda qaror qabul qilinadi.

    4. Alohida qarorlar qabul qilinishi , ya’ni, reklama qilinayotgan mahsulotlar yoki xizmatlar turini tanlashda har kim o’zicha avtanom qarorlar qabul qiladi. Xotinlar taqinchoqlari , kitob , gazeta xaridida shaxsiy qiziqishga ko’ra alohida qaror qabul qiinadi.

    Tadqiqotlarda berilishicha, Isroilda ayollar xaridorlarning 75 foizdan ko’prog’ini tashkil etishini inobatga olib , mahsulot ishlab chiqaruvchilar aynan ayollar o’qiydigan oynomalarga reklama joylashtirish uchun ko’p pul sarflashi kuzatiladi. Bu xarajat va harakat esa, tabiiyki, keyinchalik o’z samarasini beradi. Reklama nafaqat ayrim ayollarning xaridga moyillik jihatlarini yuzaga keltiradi, balki do’konga tashrif buyuruvchi ayollarning xarid qilish quvonchidan ham bahramand etishi zarur. Tovarning sotib olinishiga ta’sir etuvchi reklamada mahsulotning kamyobligi, chiroyli jihozlanganligi, yangilik elementlarining ko’pligi kabi tomonlari ham muhimdir. Bunda oiladagi xaridorlarining eng nozikta’lari ayollar ekanligi va buning reklama beruvchilar tomonidan inobatga olinishi taqozo etiladi.
    Demak, oiladagi er-xotinlarning bajaradigan rollari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari xarid qarorining qabul qilinishida tafovutli vaziyatni paydo qiladi.
    Oilaviy xarid qarorining qabul qilinishida er, xotin, bolalar yoki xo’jalikning boshqa a’zolari ta’siri masalasiga olimlar D.F.Endjel, R.D.Blekuell, P.U.Miniardlar biroz o’zgacharoq yondashadilar:

    1. Faollashtiruvchi, nazorat qiluvchi , xarid g’oyasini beruvchi va qaror qabul qilishga olib keluvchi, axborotlarni to’plovchi shaxs. Bu ko’pincha oiladagilarning faol iste’molchilik rollaridan kelib chiqadi.

    2. Ta’sir etuvchi – ayni mahsulot turining xaridiga ta’sir etuvchi shaxs. Odatda, bunday bunday ta’sir etuvchilar rolini oilada ko’proq xotinlar va bolalar bajaradi.

    3. Qaror qabul qiluvchi – u oila moddiy mablag’iga ega bo’lgan hal qiluvchi shaxs. Oilada ko’p mablag’ni talab qiladigan mahsulotlar qarorining qabul qilinishida oila boshliqlari bo’lgan erlar moddiy ta’minotchilar sifatida qaror qabul qiladilar.

    4. Xaridor – xaridni amalga oshiruvchi shaxs do’konga borish , sotuvchilarga murojaat qilish , mahsulotni olib kelish ishlarini bajaradi.

    5. Foydalanuvchi – mahsulotni ishlatuvchi shaxs. Bu rollar ko’p hollarda oildagi ehtiyojlarni yaxshi biladigan xotinlarga tegishli bo’ladi.

    Bolalar o’yinchog’ida bolalar – foydalanuvchi , lekin xaridor emas, xaridor asosan qaror qabul qiluvchi ota-onalar bo’lishadi.Bolalar ko’proq ta’sir etuvchilar hisoblanadi. Sotuvchilar ota-onalar va bolalar fikrini mahsulotlariga moslashtirishga harakat qilishadi. Masalan , shirin makkajo’hori qalamchalari onalar tomonidan tavsiya etildan, lekin bolalar tomonidan tekshirilgan shiori ostida sotiladi.
    Yuqoridagi fikrlarga mos tarzda tadqiqotchi X.R.Haydarova va V.K.Shebelnikov tomonidan oiladagi bir qancha funksiyalar klassifikatsiyasi : iste’molchi, ijrochi, koordinator, baholovchi, ehtiyoj obyekti farqlanishini ta’kidlaydilar. V.K.Shebelnikov ushbu funksiyalarni oilada ulg’ayotgan farzand misolida tahlil qilgan holda ularni quydagicha ta’riflaydi :

    • Iste’molchi subyekt” – oila hayotining diqqat markazida turadi, oila munosabatlarda ham yadroviy o’rinni egallaydi. Oila a’zolarining faolligi “iste’molchi” manfaatidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi. Masalan , oila a’zolardan birining uzoq vaqt betobligi yoki farzandlaridan birining deviant xulqqa egaligi.

    • Koordinator subyekt”ning funksiyasi oila tizimidagi subyektlar xatti-harakatini muvofiqlashtirish va tashkillashtirishdan iborat. Masalan , katta oila boshqaruvchini o’z zimmasiga olgan keksa bobo yoki momo.

    • Baholovchi subyekt” vazifasi oila tizimidagi munosabatlar va faoliyatni kuzatishdan iborat bo’lib, boshqa suyektlar o’z rollarini qay darajada ijro etishini baholab beradi. Ko’p hollarda ushbu funksiyani bajarayotgan oila a’zosi tomonidan guruhga nisbatan hissiy yaqinlik va kuyunchaklik kuzatilmaydi. Oilaning har bir a’zosi boshqalarga nisbatan kuzatuvchi va baholovchi funksiyani amalga oshirishi mumkin .

    • Ehtiyoj obyekti “ oilani moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlaydi va boshqalarni o’zi ko’zlagan maqsad sari yetaklaydi. Ushbu funksiya bilan bog’liq rol sifatida oiladagi topwrmon va yuqori ijtimoiy mavqega ega bo’lgan otani tassavvur etishimiz mumkin. Biz o’rganayotgan muammo doirasida oilviy xarid qarorini qabul qilishda , xarid qaroriga ta’sir etishda “coordinator subyekt” va “ehtiyoj obyekti” kabi funksiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.

    Shuningdek , yuqorida ta’kid etilgan tadqiqotchi olimlar tomonidan xarid qarorida er-xotinlardan qay birining fikri ustunligi aniqlanib , unga ko’ra , I.V.Alyoshina tomonidan o’rganilgan tadqiqotdan farqli ravishda “er-xotinga nisbatan ko’p” , “xotin erga nisbatan ko’p”,”er ham xotin ham “, “faqat er xotin , faqat bolalar” kabi mezonlar ajratilgan.
    Bizning fikrimizcha , oilaviy xarid qarorining qabul qilinishida bilim va tajribasi ko’p bo;lgan shaxs roli yetakchilik qiladi. Masalan ,avtomashina xaridida ota qaror qabul qiluvchi , xulosa qiluvchilar esa katta yoshdagi bolalar hisoblanadi. AQSh va Italiyada bolalar ta’sirining xariddagi o’rni belgilangan bo’lib , AQSHdagi 6-17 yoshgacha bolalar 17 mlrd xaridlar uchun mablag’ sarflanishiga , 120 mlrd xarid qilinishiga ta’sir ko’rsatishlari kuzatilgan
    Oiladagi farzandlar yoshi ham xarid mazmuniga sezilarli ta’sir qiladi. Shveysariyalik psixolog J.Piaget xaridorlar ijtimoiylashuv jarayonini 3 bosqichini aniqlagan :


    1. Download 0,93 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

    Download 0,93 Mb.