5-mavzu Reklama mahsulotlarining dunyoqarashga ta’siri jarayonining ijtimoiy-psixologik jihatlari.
Oila ijtimoiy voqelikni o’zida yorqin ifodalay oladigan, jamiyatda ro’y beradigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faol ishtirok etadigan va shunga munosib tarzda o’z baholashlarini ifodalaydigan ijtimoiy maskan hisoblanadi. Oilada xarid qarorining qabul qilinishi , tejamkorlik, to’g’ri va oqilona xo’jalik yuritishning yo’lga qo’yilishi, mehnat taqsimotiga to’g’ri yondashish , iqtisodiy tafakkur, iste’molchilik xulqi va madaniyatining shakllanishi , reklamaga munosabat bildirish, baholash va anglash natijasida yuzaga keladi. Oilalarda reklamaga munosabatning shakllanishi oila turi, a’zolarining soni, iqtisodiy ta’minganlik darajasi, er-xotinning ijtimoiy mavqei, nikoh muddati kabi jihatlarga ko’ra tafovutlanadi.Oilaviy ehtiyojlarning qondirilishida xarid qarorining qabul qilinishi muhim ta’sir ahamiyatiga ega. Asosan bu ta’sir ikki hil shaklda namoyon bo’ladi. Birinchidan, Oilaviy qabul qilinadigan xarid qarori hayot davomiyligi davomida shakllanib oila a’zolarining xarid jarayoni mazmuniga ta’sir ko’rsatadi va alohida xarid munosabatlarining shakllanishida oiladagi farzandlar soni, oila yoshi , ya’ni, er-xotinning birgalikdagi yashash tajribasi, nikoh muddati muhim rol o’ynaydi. Reklama ishlab chiqaruvchilar va marketolog mutaxassislar oilaviy hayot davomiyligi ma’lumotlaridan maqsadli bozor segmentlarini qayta ishlashda samarali foydalanadilar. Ikkinchidan, oila ko’proq iste’molchilar uchun referant guruh sifatida normativ, taqqoslovchi va axborot ta’siriga ega. Mahsulotlar haqidagi muhokamalar, yangi savdo markalarining tanlanishi va umuman ehtiyojlar xususidagi oilaviy muhokamalar og’zaki muloqot – kommunikatsiya bilan bog’liq bo’lib , reklamalarda bunday syujetlardan faol foydalaniladi. Xaridorning oila xo’jaligi uchun qilgan xaridida barcha oila a’zolarining qabul qilgan xarid qarori va buning zamirida ularning manfaatlari o’z aksini topadi. Shaxsning o’zi uchun qilgan xaridiga ham oila muhiti muhim ta’sir ko’rsatadi.
Oilaning muhim ahamiyati yana shundan iboratki , u vositachilik vazifasini ham bajaradi. Tadqiqotchi F.Kotler tomonidan oiladagi xarid qarorining qabul qilinishi o’rganilib , unda mahsulot xaridida oila a’zolarining oiladagi tutgan mavqei , ehtiyojlari va tajribasi muhim o’rin tutishi ta’kidlangan. Olim oiladagi xarid qarorining qondirilishida quyidagi beshta iste’molchilik roli farqlanishini ko’rsatadi:
|