• 2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanish sohasi
  • 3-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
  • O`zbekiston Respublikasida reklama faolyatining huquqiy asoslari




    Download 0,93 Mb.
    bet2/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    O`zbekiston Respublikasida reklama faolyatining huquqiy asoslari


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
    QONUNI
    25.12.1998 y.
    N 723-I
    REKLAMA TO‘G‘RISIDA
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va vazifalari
    Ushbu Qonunning maqsadi reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to‘g‘risida axborot oqimini shakllantirish;
    tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish;
    reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik obro‘siga, atrof-muhit holatiga tajovuzidan himoyalanish choralarini ta’minlash;
    mahsulotning xarakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.


    2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanish sohasi

    Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.


    Ushbu Qonun ijtimoiy voqealarni, siyosiy partiyalarning, diniy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvchi va (yoki) ularni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan axborot bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
    3-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

    Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.


    Qoraqalpog‘iston Respublikasida reklama sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasida reklama faolyatining huquqiy asoslari

    Download 0,93 Mb.