• 5-modda. Reklamaning tili
  • 6-modda. Reklamaga doir asosiy talablar
  • Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




    Download 0,93 Mb.
    bet3/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    4-modda. Asosiy tushunchalar

    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:


    reklama-bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot; (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi xat boshi)
    reklama beruvchi - reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi bo‘lgan shaxs;
    reklama tayyorlovchi - reklama tayyorlashni to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;
    reklama tarqatuvchi - reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiruvchi shaxs;
    reklamadan foydalanuvchi - reklama yo‘naltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
    reklama vositalari - reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun ishlatiladigan vositalar;
    mahsulot - tovarlar, ishlar, xizmatlar;
    aksilreklama - noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi xat boshi)
    5-modda. Reklamaning tili

    O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.


    6-modda. Reklamaga doir asosiy talablar

    Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir.


    Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
    ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish;
    jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
    qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
    majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish;
    agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish);
    jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
    pornografiyani tarqatish;
    axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish; (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)
    mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish; (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)
    ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish; (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)
    mahsulotni tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish. (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi)

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

    Download 0,93 Mb.