• 12-modda. Homiylik
  • 13-modda. Noto‘g‘ri reklama
  • -modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi




    Download 0,93 Mb.
    bet5/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    10-modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi

    Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


    11-modda. Reklamani aynanlashtirish

    Reklama, uni tarqatish shakllari yoki vositalaridan qat’i nazar, boshqa axborotdan reklama deb hisoblash mumkin bo‘ladigan darajada ajratilgan bo‘lishi kerak.


    Televidenie va radiodagi reklama boshqa dasturlardan uning boshlanishi va oxirida audio-, video-, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari yordamida ajratib qo‘yilishi lozim.
    Mahsulotga qiziqishni shakllantirish va mahsulot realizatsiyasiga ko‘maklashish uchun mahsulotning muayyan markasiga (modeliga, artikuliga) yoki uning ishlab chiqaruvchisiga iste’molchining e’tiborini atayin jalb etuvchi, shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki tarqatuvchi shaxsga taalluqli ma’lumotlardan (rekvizitlardan) iborat axborot materiali, muallif va tahririyat materiali - reklama hisoblanadi hamda u "Reklama" yoki "Reklama o‘rnida" rukni ostida joylashtirilmog‘i lozim.
    12-modda. Homiylik

    Teleradiodasturlarni yaratishda, boshqa ommaviy axborot vositalari uchun materiallar tayyorlashda, teatr-konsert, sport tadbirlari va boshqa tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin.


    Reklama televidenie va radio, audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot dasturning boshlanishida va oxirida qisqa va aniq qayd etilishi kerak. Homiyning nomi (nomlanishi) yonida yoki homiyning o‘rniga uning tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin.
    Yangiliklar to‘g‘risidagi teleradiodasturlarda homiylarning xizmatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Homiylik ko‘rsatilayotgan shaxsning faoliyatiga homiy aralashishga haqli emas.
    13-modda. Noto‘g‘ri reklama
    Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on) reklama hisoblanadi.
    Noto‘g‘ri reklama taqiqlanadi.
    Reklamani noto‘g‘ri deb topish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) qabul qiladi. (O‘zR 06.10.2010 y. O‘RQ-264-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi

    Download 0,93 Mb.