- mavzu Marketing kommunikatsiyalar tizimida reklama




Download 0,93 Mb.
bet14/50
Sana25.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#253437
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

4- mavzu Marketing kommunikatsiyalar tizimida reklama
Reklama–marketingning muhim tarkibiy qismi ekanligi haqidagi asosiy ta’kidlar shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar hozirgi iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi va bunda marketing faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki bilvosita aloqadordir.
Yagona marketing strategiyasi doirasida reklama ishlab chiqarishga faol ta’sir ko’rsatadi, bozorga chiqishda esa talabni hisobga olgan holda tijorat natijalariga erishish olib keladi.
Marketing tizimining mantiqiy tarkibiy qismi sifatidagi zamonaviy reklamaning farqlovchi belgisi shunchaki talabni shakllantirish emas, balki iste’molchilarning tanlab olingan segmenti ichida uni boshqarishdir. Bunga shuning uchun ham imkon tug’ildiki, birinchidan, bozor iste’molchilarning didi va talablarini aks ettiruvchi segmentlar yig’indisidir. Firmalar uchun maqsad kuch-g’ayratlarini butun bozorga sochmasdan, tanlab olingan segmentga iloji boricha ko’proq kirib borishdan iboratdir. Ikkinchidan, mahsulotni va tegishlicha uning reklamasini tabaqalashtirish(differensiatsiyalash)ga asos bo’luvchi talab o’zgarishlarini yetarlicha aniq bilish mumkin. Tovarlarni tabaqalashtirish reklama faoliyatini yengillashtiradi va uning samaradorligini oshiradi. Foyda hajmi va reklama uchun zarur bo’lgan mablag’ summasi odatda tabaqalashtirish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari muntazam ravishda murakkablashib bormoqda va tovarlarning iste’mol xususiyatlari emas, balki ularning imij-bilding, ya’ni yetkazib berish va xizmat ko’rsatish qulayligi, kafolat ta’miri shartlari va shu kabi tavsiflari talab omillari sifatida oldinga chiqmoqda. Bugungi kunda xorij bozorlarida tovarlar jozibadorligining muhim unsuri (elementi) ular sotilganidan keyin ko’rsatiladigan xizmatlar darajasi hisoblanadi.
Shunday qilib, bir tomondan, reklama mahsulot sotishni rag’batlantirishning narx bilan bog’liq bo’lmagan moslashuvchan vositasiga aylanib bormoqda, boshqa tomondan esa – birlashgan reklama-axborot kommunikatsiyasining yangi turiga aylanmoqda.
Muayyan bozor vaziyatidan kelib chiqib belgilanadigan maqsadlarga ko’ra reklama quyidagi vazifalarni samarali hal qilish mumkin:
axborot berish (yangi tovar, muayyan voqea, firma va h.k. haqida xabardorlik va bilimlarni shakllantirish);
uqtirish (tegishli iste’molchi tomonidan firma qiyofasi va uning tovarlarini asta-sekin, muntazam ravishda ma’qul ko’rishni shakllantirish; xaridorni xarid qilishga ishontirish; sotib olish faktini rag’batlantirish va h.k.);
eslatish (xabardorlikni qo’llab-quvvatlash, xaridlar orasida iste’molchilarning xotirasida tovar haqidagi axborotni saqlash; ushbu tovarni qayerdan sotib olish mumkinligini eslatib turish) va boshqa vazifalar
Ko’p fanlar yutuqlari va usul-vositalarini qo’llamay turib, hozirgi sharoitlarda real tadbirkorlik faoliyatida reklamaning eng yuqori samarasiga erishishning iloji yo’q. Ushbu fanlar qatorida kommunikatsiyalar aloqasi muhim o’rin tutadi. Bu fan (aniqrog’i – hatto fanlarning butun bir majmui) inson aloqalari shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining eng umumiy qonuniyatlarini ko’rib chiqadi.
Reklamani o’rganishga nisbatan ilmiy yondashuv uni inson aloqalarining bir shakli sifatida ko’rib chiqishni talab qiladi. O’zaro aloqani shakllantirish, reklama beruvchining auditoriya bilan muloqot kanallarini yo’lga qo’yishga urinishi uning mohiyatini tashkil qiladi. Aks holda (afsuski, bizda bunga misollar ko’p) reklama rasmiy tomondan turli reklama manbalari va ko’plab uni tarqatish kanallari sifatida qabul qilinadi. Bunday yondashuvda reklama tizimsiz va natijada amalda samarasiz bo’lib qoladi

Kommunikatsiyalar nazariyasining asosiy qonuniyatlari


Biz esa o’z oldimizga cheklanganroq maqsad – kommunikatsiyaning mohiyati muammolarini belgilab olish va ijtimoiy kommunikatsiyalar tizimini ko’rib chiqish va unda reklama qanday o’rin tutishini aniqlab olish maqsadini qo’yamiz Shuningdek, bizning vazifamizga reklama kommunikatsiyasining eng oddiy sxemasini tahlil qilish va uning asosiy tarkibiy qismlarini ko’rib chiqish ham kiradi.
«Kommunikatsiya» termini (lotincha communicatio — umumiylashtiraman, bog’layman) XX asr boshidan buyon ilmiy atama sifatida qo’llanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kommunikatsiya – turli kommunikativ vositalar yordamida har xil kanallar orqali shaxslararo va ommaviy aloqa sharoitlarida ijtimoiy shartlangan axborot uzatish va qabul qilish jarayoni sifatida izohlanadi.
Ushbu kategoriyani tushunishga nisbatan kamida uchta asosiy, eng keng tarqalgan yondashuvni ajratib ko’rsatishadi.
1. Moddiy olam har qanday obyektlarining aloqa vositasi. Bu yondashuv doirasida transport, energetik, suv yo’llar orqali va boshqa turdagi kommunikatsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin.


  1. Download 0,93 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- mavzu Marketing kommunikatsiyalar tizimida reklama

Download 0,93 Mb.