-mavzu Reklama agentliklari va tashkilotlari faoliyati




Download 0,93 Mb.
bet22/50
Sana25.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#253437
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

9-mavzu Reklama agentliklari va tashkilotlari faoliyati

Reklama agentligi reklama ishlarini: reklama tadqiqotlarini olib borish, reklama faoliyati rejalarini ishlab chiqish, reklama kampaniyalari dasturlarini ishlab chiqish va o’tkazish, shu jumladan, reklama murojaatlarini tayyorlash, reklama tashuvchilarni ishlab chiqarish, reklama murojaatlarini joylashtirish kabilarni bajarishga ixtisoslashgan mustaqil firmadir. Reklama agentligi bularning barchasini o’z mijozlari nomidan va hisobidan amalga oshiradi. Ular reklama beruvchilar oldida moliyaviy, yuridik va ma’naviy majburiyatlariga egadirlar.


Dunyoning eng yirik reklama agentliklari allaqachon murakkab tashkiliy tuzilishga ega bo’lgan ulkan transmilliy baynalmilal korporatsiyalarga aylanib ulgurganlar. Dunyoning eng yirik o’nta reklama kompaniyalaridan yettitasi Amerikada joylashgan shtab-kvartiralari tomonida boshqariladi. Bu Amerika reklama bozorining dunyodagi eng ulkan bozor ekanligi bilan bevosita bog’liq. Bu mamlakatdagi reklama xarajatlarining jami 2006 yilda $ 134, 3 mlrd baholangan. Birinchi uchlikka kiruvchi Yaponiya va Germaniya ham shunga yaqin ko’rsatkichlarga ega bolganlar.

Hattoki ozlarining qudratli reklama xizmatlariga ega bo’lgan eng yirik reklama beruvchi firmalar reklama agentliklarining ko’magisiz o’z bizneslari samaradorligiga yetadigan ziyondan xalos bo’la olmaydilar. Buning sababchisi firmaga auditoriya qiziqishlarini yanada chuqurroq tushunish, ko’proq bilim va malakaga ega bo’lish imkoniyatlarini beradigan marketing vaziyatlaridir.

Agentlik mustaqil tashkilot bo’lib, reklama beruvchiga o’z muammolariga “chetdan” nazar tashlash imkoniyatini beradi. Shu yo’l bilan, reklamaning ayrim rahbarlar didiga bog’liq bo’lib qolishi va iste’molchilardan kutilayotgan aks murojaatlar borasida yanglish ko’rsatmalar berish kabi subyektiv omillarning salbiy ta’sir etish holatlari kamaytiriladi.

Reklama agentligi, odatda ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’ygan bo’ladi va reklama joylashtirish uchun ulardan vaqti va joyini muntazam ravishda oldindan sotib oladi. Reklama agentligi bilan hamkorlik qilish reklama beruvchiga o’z muammolarini tezkor hal etish imkonini beradi, vaqtini tejashga yordam beradi.


Download 0,93 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu Reklama agentliklari va tashkilotlari faoliyati

Download 0,93 Mb.