|
Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni
|
bet | 23/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1) Reklama agentliklariga (ayniqsa, reklama xizmatlarining butun kompleksini ta’minlaydiganiga) murojaat qilish reklamadagi tizimli yondashuvni ta’minlashga sharoit yaratadi, bu esa, oz navbatida samaradorlikning ancha oshishiga olib keladi. O’zi uchun reklama agentligini tanlashda, reklama beruvchiga quyidagi mezonlardan kelib chiqish tavsiya etiladi. ko’rsatiladigan reklama xizmatlari ro’yxati;44 ixtisoslashuvning mavjudligi (bajariladigan vazifalar, reklama qilinuvchi tovarlar, mo’ljaldagi auditoriya turi va boshqalar bo’yicha). Mazkur mezonlarga amal qilinar ekan, agentlikning qachon va kim tomonidan ta’sis etilganini bilib olish zarur. Reklama beruvchi firmalardan qaysi birlari agentlikning mijozi bo’lganligini aniqlash va reklama mahsulotlari namunalari bilan tanishib chiqmog’i maqsadga muvofiq. Odatda nufuzli agentliklar bu kabi savollarga javoblarni sir tutmaydilar. Reklama beruvchi o’z oldida turgan aniq muammolarga ko’char ekan, ushbu agentlik reklama xizmatlarinining barchasini to’la to’kis taqdim eta oladimi, yoqmi, aniqlashi zarur AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar agentliklarning reklama beruvchilar uchun eng ahamiyatli bo’lgan asosiy belgilarini hamda qaysi belgilar bo’yicha agentlik zaif deb tan olinishini aniqlab berdi. Umuman, reklama agentligini tanlashda mijoz biznesini bilish va agentlikning ijodiy imkoniyatlari kabi mezonlarining ustun turishi haqida xulosa qilish mumkin. Ijobiy va salbiy belgilari bilan ular asosiy kuli.zaif tomonlarga bo’linadi. Ayni paytda ishda kreativ (ijodkorlik) rolini haddan tashqari oshirib yuborish va asosiy e’tiborni unga qaratib qo’yish xavfli hisoblanadi. Bu holat ehtimol tutilgan buyurtmachilar tomonidan betartib xizmat va kadrlar qo’nimsizligi kabi jiddiy kamchiliklarga tenglashtiriladi. MDH mamlakatlarida bu kabi keng ko’lamli tadqiqotlar o’tkazilgan emas (har holda muallif ularning natijalaridan bexabar). Shunga qaramay Ukarainaning eng nufuzli reklama agentliklari va reklama beruvchilari vakillari bilan muloqot qilish tajribasidan quyidagi dastlabki hulosalarga kelish mumkin:
|
| |