|
Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni
|
bet | 24/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1) Ukraina reklama beruvchilari orasida to’liq xizmat ko’rsatish imkoniyatlari (o’z poligrafiyasi va ishlab chiqarish bazalariga, marketing tadqiqotlarini olib borishga ixtisoslashgan mutaxassislariga egaligi va boshqalar), agentlikning ijodiy imkoniyatlari va xodimlarning xushmuomalaligi ko’rsatkichlari ancha yuqori turadi. Reklama agentliklarini shartli ravishda stikl xizmatlarni to’liq amalga oshiradigan va ixtisoslashgan xizmatlarni taklif etadigan agentliklarga bo’lish qabul qilingan.Birinchi guruhga tadqiqotlar, ijodiy faoliyat, rejalash, reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda NLReklama xarakteridagi xizmatlarni: pablik rileyshnz (ijtimoiy aloqalar) tadbirlarini ishlab chiqish va o’tkazilishini ta’minlash, qadoqlashni ishlab chiqish va 5R-kampaniyalarini o’tkazish kabi xizmatlar bilan shug’ullanadigan reklama agentliklari kiradi. Keyingi yillarda reklama tajribasida agentliklarni ko’proq ixtisoslashtirishga intilish kuchaymoqda. Natijada gazetalar (ba’zan ularning aniq ro’yxatlari ko’rsatiladi) yoki muayyan telekanallarda reklama joylashtirish bilan shug’ullanadigan agentliklar vujudga kelmoqda. Ba’zi agentliklar reklama mahsulotining biror muayyan turi (masalan, ko’p qavatli binolarning old tomonlaridagi, havo sharlari va boshqa aviokonstrukstiyalardagi reklamalar) bo’yicha ixtisoslashgan bo’ladiyu Bundan tashqari reklama shchitlarini tayyorlovchi ijodiy san’at ustaxonalari va boshqalarni ham uchratish mumkin. Garchi ixtisoslashish ayrim ish turlari ijrosining sifat va ijodkorlik darajasini oshirishga yordam bersada, ularning doim ham marketing ishlanmalari bilan ta’minlangan bo’lmasliklarini ta’kidlash lozim. Reklama agentligi xizmatlariga haq to’lash komisson tartibda amalga oshirilishi mumkin. Reklama hisoblari summasining 15 foiz hajmi an’anaviy ko’rsatkich hisoblanadi. Mediamakon sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan reklama xizmatlari uchun agentlik yana o’sha reklama beruvchi sarflagan har yuz dollarning 15 dollari olib keladigan 17, 65 foizni talab qilishi mumkin. Reklama beruvchi va agentlik o’rtasidagi bunday hisob-kitob tizimi bir necha bor tanqidga uchragan. Tanqidning asosiy sababi shu bo’lganki, reklama agentliklari reklama hisoblaridagi mablag’larning ko’payishidan manfaatdor bo’lganlar va bu o’z-o’zidan ularning xizmatlari narxining oshishiga olib kelgan. Shuning uchun ko’pchilik yirik reklama beruvchilar agentliklar xizmatlari uchun ro’yxatga olingan, kelishilgan narxlarda haq to’laydilar yoki komission va gonorar to’lash usullarini birga qo’llaydilar.
|
| |