• 2. Navbatdagi qadam reklama ta’siri mo’ljaldagi auditoriyasini aniqlash va o’rganishdan iborat.
  • Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




    Download 0,93 Mb.
    bet27/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    Reklama kampaniyasi belgilagan tartibda tadbirlar vaqt bo’yicha bir maromda taqsimlanadi, masalan, telereklama (haftaning muayyan kunida bir marta), gazetadagi reklama nashrlari (muayyan vaqt oralig’ida) va boshqalar. Reklama kampaniyasining bu turi reklama beruvchi etarli darajada mashhur bo’lgan hollarda eslatuvchi reklama uchun qo’l keladi.

    Jadal reklama kampaniyasi auditoriyaga ta’sir etishni kuchaytirish tamoyili asosiga quriladi. Bunday yondashuvga reklama qilinuvchi tovarni ishlab chiqarish hajmi yoki uni ishlab chiqaruvchi tomonidan etkazib berilishi muntazam ravishda oshib borayotgan vaziyatda murojaat qilish o’rinli bo’ladi.

    Sust reklama kampaniyasini reklama qilinayotgan tovar partiyasining hajmi cheklangan taqdirda o’tkazish foydali bo’ladi. Uning sotilishi, omborlarda miqdorining kamayishi darajasiga ko’ra reklamaviy quvvatlash sur’ati pasaytirib boriladi.47

    Reklama kampaniyasi bir necha asosiy bosqichlarda o’tkaziladi.Ularni ko’rib chiqishdan oldin shuni qayd qilish lozimki, reklama faoliyatining alohida bosqichlarini belgilab beruvchi turlarining ba’zilari yuqorida tahlil etilgan.

    1. Reklama kampaniyasining birinchi bosqichida uning maqsadi aniqlanadi, u nima uchun amalga oshiriladi, degan savolga aniq jabob beriladi. Mazkur maqsad firmaning marketing va reklama strategiyasiga to’la mos kelishi lozim. Maqsad ifodasi aniq va qat’iy bo’lishi va yaxshisi unga miqdoriy aniqlik kiritilishi lozim (masalan, mo’ljaldagi auditoriyaning xabardorlik darajasini 25 foizga etkazish, savdoni 15 foizga oshirish va boshqalar).

    2. Navbatdagi qadam reklama ta’siri mo’ljaldagi auditoriyasini aniqlash va o’rganishdan iborat.

    3. Reklama kampaniyasini o’tkazish uchun ajratiladigan dastlabki mablag’ miqdori aniqlanadi.

    4. Reklama beruvchi o’z xodimlari ichidan reklama kampaniyasini o’tkazish uchun javobgarlarni aniqlashi, ularga zarur vakolatlarni berishi va kampaniya muvaffaqiyati uchun javobgarlik darajasini belgilashi shart. Ayni paytda kampaniyani o’tkazish ishlariga tashqi reklama agentliklarini jalb etish va ularga topshiriladigan vazifalar haqida qaror qabul qilishi kerak.


    Download 0,93 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

    Download 0,93 Mb.