• Funksional bo’linmalarni beshta asosiy turga bo’lish mumkin.
  • Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




    Download 0,93 Mb.
    bet25/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    Keng qamrovli reklama xizmatlarini bajaradigan yirik reklama agentliklari o’z bo’limlarida turli mutaxassislarni birlashtirish zaruriyatini his qiladilar. Odatda bo’lim faoliyati muayyan ishni amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi.

    Alohida bo’limlar sxemasi va vazifalarining asosiy elementlari haqida qisqacha to’xtalamiz.

    Funksional bo’linmalarni beshta asosiy turga bo’lish mumkin.

    1. ijodiy bo’lim;

    2. buyurtmalarni bajarish bo’limi;

    3. ishlab chiqarish bo’limi;

    4. marketing bo’limi;

    5. moliya-xo’jalik bo’limi.45

    Harakatdagi detalni birinketin turli texnologik jarayonlardan o’tkazadigan bo’limlarning ishi konveyeriga o’xshamaydi. Odatda, yuqorida tilga olingan birinchi to’rt bo’lim vakillari muayyan buyurtmani bajarish uchun mijozlar ishchi guruhlari tarkibiga kiritiladi. Ishchi guruhga vazifa yuklatilgach, uning a’zolari o’zaro va bo’limlari bilan yaqin hamkorlikda reklama murojaati konsepsiyasini (reklama kampaniyasi rejalari va boshqalar) ishlab chiqadilar. Shundan so’ng murojaatlar ishlab chiqish jarayoni ga yakun yasaladi va reklama tashuvchilarni ishlab chiqarishga o’tiladi.

    Ijodiy bo’lim matn tuzuvchilar, rassomlar, grafika bo’yicha mutaxassislar, rejissyorlar, muharrirlar va boshqa ijodiy xodimlarni birlashtiradi. Ular reklama murojaati g’oyalarini yaratadilar, ularni amalga oshirishning to’g’ri vositalarini tanlaydilar. Murojaatda psixologik omil o’rnining juda kattaligi hamda reklamaning ma’lum darajada san’atga yaqin turishi munosabati bilan bu bo’limning roli nihoyatda yuqori baholanadi.

    Buyurtmalarni bajarish bo’limi, o’z boshlig’idan tashqari, ishchi guruhlari rahbarlarini ham o’z ichiga oladi. Ishchi guruh rahbari ba’zan loyihaning mas’ul ijrochisi yoki kontaktor deb ham ataladi va buyurtmani bajarish jarayonining markaziy figurasi hisoblanadi. U o’z agaentligida buyurtmachisining manfaatlarini ifodalaydi va aksincha, - agentlik buyurtmachi bilan munosabatlarda kontaktor (aloqachi) sifatida ishtirok etadi. Ishchi guruh rahbari buyurtmani bajarish bo’yicha agentlik ichidagi barcha ishini boshidan oxirigacha muvofiqlashtiradi. Shu munosabat bilan kontaktorga qo’yiladigan talablar darajasi yetarlicha yuqori bo’ladi. Bir qiyofaning o’zida u reklama va marketing professionalizmi, buyurtmachi bilan tadbirkorlik aloqalarini o’rnatish, mutlaq kommunikabellik (muomalaga kirishuvchanlik), g’oyalar yaratish qobiliyati, ishbilarmonlik va tartiblilik, zukkolik, yaxshi did va boshqa ko’plab sifatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak.


    Download 0,93 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

    Download 0,93 Mb.