|
Reklama g’oyasi, atrofida reklama kampaniyasining barcha tadbirlari birlashadigan asosiy fikr aniqlanadi. Uning asosida reklama kampaniyasi kostepstiyasi ishlab chiqiladi
|
bet | 28/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1) 5. Reklama g’oyasi, atrofida reklama kampaniyasining barcha tadbirlari birlashadigan asosiy fikr aniqlanadi. Uning asosida reklama kampaniyasi kostepstiyasi ishlab chiqiladi. Masalan, reklama kampaniyasining maqsadi muayyan bozorda avtomobillar savdosini kuchaytirishdan iborat. Mo’ljaldagi auditoriya xususiyatlari va talablari o’rganilib, reklama tovarining xususiyatlari, uning raqobatchilar oldidagi nisbiy ustunligi tahlil etilib, tovar joylashtirilgandan keyin reklama kampaniyasining asosiy g’oya sifatida avtomobilning ishonchli va xavfsiz ekanligidan foydalanish mumkin. Ushbu g’oyani amalga oshirish uchun kampaniyaning barcha tadbirlari amalga oshishi kerak. U reklama murojaatlaridan, shiorlardan, reklama dalillaridan o’rin olgan bo’lishi kerak. 6. Reklama vositalari va qulay kommunikatsiya kanallari aniqlanadi; 7. Reklama murojaatlari va marketing kommunikatsiyasining boshqa shakllaridagi tadbirlari, masalan, seylz promoushnz kabilar ishlab chiqiladi. 8. Birlamchi mablag’ ajratmalari bilan taqqoslash uchun kampaniyani o’tkazish xarajatlar smetasi ishlab chiqiladi. Zarur hollarda tuzatishlar kiritiladi. 9. Reklama kampaniyasi olib boradigan asosiy tadbirlarning o’tkazilish muddatlari ko’rsatilgan yoyiq rejasi tuziladi. Reklama vositalarini qo’llash jadvali reklama murojaatlarini namoyish etish va chop ettirish davomiyligi va davriyligini; qaysi reklama vositalari va tashuvchilardan foydalanishni; reklama tadbirlarining ketma-ketligi, ahamiyati darajasi va afzalliklari aniqlab olinadi. Reklama tashuvchilardan foydalanish vaqti uzluksiz yoki o’qtin-o’qtin bo’lishi mumkin. Tashuvchidan o’qtin-o’qtin foydalanish tashuvchini reklama kampaniyasi vaqti doirasida bir maromda joylashtirishni nazarda tutadi. Masalan, mahalliy radiosansiya kanalidan uzatiladigan 20 ta eshittirishni ikki oyga bir maromda taqsimlanishi (o’rtacha 3 kunda bir marta) yoki oy boshi va oxirida kuniga besh martadan berilishi mumkin. Odatda reklama tadbirlarining kalendar jadvali tablista ko’rinishida bo’ladi. Kalendar jadvalni ishlab chiqish reklama kampaniyasini tashkil etish jarayonining bir qismi hisoblanadi. Uning ahamiyati reklama kampaniyasi smetasini ishlab chiqishda, uning moddiy-texnikaviy ta’minotini tashkil etishda, muayyan bosqichlar uchun mas’ul shaxslarni belgilashda, reklama xarajatlari samaradorligini nazorat qilish yo’llarini aniqlashda ayniqsa katta.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reklama g’oyasi, atrofida reklama kampaniyasining barcha tadbirlari birlashadigan asosiy fikr aniqlanadi. Uning asosida reklama kampaniyasi kostepstiyasi ishlab chiqiladi
|