Reklama tashuvchilarni ishlab chiqarish, ommaviy axborot vositalaridan joy va vaqt sotib olish




Download 0,93 Mb.
bet29/50
Sana25.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#253437
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

10. Reklama tashuvchilarni ishlab chiqarish, ommaviy axborot vositalaridan joy va vaqt sotib olish.

11. Reklama kampaniyalari tadbirlarini amalga oshirish.

12. Reklama kampaniyasining samaradorligini aniqlash.

So’ngi bosqich reklama kampaniyasi davomidagi nazoratning yagona turi hisoblanmaydi. Nazorat tadbirlari amalda barcha bosqichlarda amalga oshiriladi. Reklama faoliyatini nazorat qilish masalasi qo’llanmaning keyingi bo’limida kompleks tarzda hal etiladi.



3- semestr
Firma yoki korxona obro‘-e'tiborining oshishida reklamaning o‘rni
Reklama axborotlarining ta'sir etish usullari
Reklamada ma'naviy ehtiyojlar
Reklama murojaati
Ijtimoiy-madaniy faoliyat barcha yo‘nalishlari targ‘iboti
Badiiy asar reklamasi. Yozuvchi, shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar
San'at arboblari ijodini reklama qilish

Jami:


4-semestr
1-mavzu Reklamaning inson ruhiyatiga ta’sir etish usullari
Reklama-ijtimoiy ruhiy xususiyatga ega. U ko‘p xususiyatli tovar bo‘lib, hozirgi zamon kishisi ruhiyatiga eng sirli ta’sir qiluvchi omildir. Biznes olamida reklama iste’molchilar e’tiboriga katta ko‘lamdagi axborotlar tizimini tavsiya qiladi. Inson reklama axborotlarini qabul qilar ekan, o‘zida uning, albatta, ruhiy ta’sirini sezadi. Iste’molchida reklamaning ma’lum bir aniq yo‘nalishi bo‘yicha ta’sir-sezgi paydo bo‘ladi. Bu insonning o‘sha reklamaga bo‘lgan munosabatida seziladi. Uning ongida ijobiy yoki salbiy bo‘lgan munosabat tug‘iladi. Reklama jarayonida berilayotgan axborotlarni inson o‘ziga qabul qilar ekan unga nisbatan o‘zining sezgisini, qanday qabul qilishini, bor diqqatini, e’tiborini, ma’lum xotiralarini va boshqa bir qator xususiyatlarini tiklaydi.
Boshqa jihatdan, reklama axborotlarini o‘ziga qabul qilish jarayonida berilayotgan axborotlarga nisbatan kishining unga bo‘lgan munosabatida ham shunga yarasha turli psixologik vaziyatlar yuzaga keladi. Yetkazilgan axborot mazmunidan qoniqish hosil qilishi, undan ijobiy ta’sirlanishi, yoki uning mazmuniga unchalik ahamiyat bermasdan reklama axboroti mohiyat-mazmunini e’tibordan chetda qoldirishi mumkin.
Bunday holatlarni ko‘p kuzatgan ruhshunoslarning ta’kidlashlaricha, reklama axborotlarini o‘zida idrok qilish va unga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shunday omillardan uchtasi doimiy tarzda ishtirok etishi kuzatilgan. Bular: bilishga xos omil, emotsional omil, xabarlash omillari.
1.Reklama ta’sirining bilishga doir omillari.
Reklama axborotlarini inson o‘ziga qay tarzda qabul qilishini kognitiv omil ko‘rsatib beradi.Kognitiv omillarni o‘rganishda axborotlarni o‘zida qabul qilishning turli omillarini tahlildan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Bular his qilish va idrok etish, xotira, tasavvur qilish, fikrlash, nutq va boshqa xolatlar.
Reklama mahsuloti yuqori darajada, yoki aksincha, past darajada tayyorlanishi mumkin. Bular insonning qabul qilish jarayoniga turli ta’sir o‘tkazadi. Berilgan reklama axboroti kishi tomonidan turlicha qabul qilinishi va esda qolishi, shunga qarab o‘z harakat yo‘nalishini belgilab olishi mumkin. Reklama axboroti ta’sirining eng asosiysi - reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatlarining asosiy xususiyatini belgilab olishdan iborat. Xususan, reklama axborotiga iste’molchi e’tiborini jalb etish, buning uchun kognitiv jarayonlar ruhiyatini chuqur tahlil qilish nihoyatda muhimdir. Reklama beruvchilarning reklama mahsulotlari o‘zlari reklama qilayotgan mahsulotlar va turli xizmatlar raqobatidan ham o‘ta kuchli raqobat ekanligi hech kimga sir emas. Shu jihatdan ularning o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalib o‘tish juda muhimdir.Qisqacha ushbu holatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Download 0,93 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reklama tashuvchilarni ishlab chiqarish, ommaviy axborot vositalaridan joy va vaqt sotib olish

Download 0,93 Mb.