|
Ishlab chiqarish bo’limi reklama tashuvchilarni ishlab chiqish bilan mashg’ul bo’ladi va ba’zan bosmaxona, reklama shchitlarini ishlab chiqaruvchi ustaxonalar kabi ishlab chiqarish bo’linmalari va bos
|
bet | 26/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1) Ishlab chiqarish bo’limi reklama tashuvchilarni ishlab chiqish bilan mashg’ul bo’ladi va ba’zan bosmaxona, reklama shchitlarini ishlab chiqaruvchi ustaxonalar kabi ishlab chiqarish bo’linmalari va boshqalarni birlashtiradi. Marketing bo’limi xodimlari marketing tadqiqotlarini amalga oshiradilar, reklama qilinayotgan tovar bozorlari hamda reklama xizmatlari bozorlarini tahlil qiladilar, mijoz firma va uning tovarlari haqida ma’lumotlar to’plashni tashkillashtiradilar, reklama kampaniyalari ishining samaradorligini nazorat qiladilar. O’zlarining maxsus reklama vazifalarini amalga oshirishdan tashqari, reklama agentligi o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali olib borishi, uning samarali boshqaruvini ta’minlashi hamda tegishli yordamchi xizmatlarga ega bo’lishi kerak. Bu masalalarning echimi bilan agentlikning moliyaviy-xo’jalik bo’limi shug’ullanadi. Reklama kampaniyasi. «Reklama kompaniyasi» atamasi zaminida biz reklama beruvchining marketing strategiyasi doirasidagi muayyan marketing maqsadlariga erishishga qaratilgan reklama tadbirlari majmuini tushunamiz. Reklama beruvchining butun reklama faoliyati reklama kampaniyalarining yig’indisidan iborat deyish mumkin. Reklama kampaniyasi bu firmaning o’z reklama strategiyasini amalga oshirish quroli, reklama faoliyatini taktik rejalashtirish elementlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, firmaning reklama faoliyati ustidan o’tkaziladigan nazorat reklama kampaniyalarini olib borish jarayoni to’g’ri tashkil etilgan taqdirdagina samara berishini eslatib o’tish ham to’g’ri bo’ladi. Reklama kampaniyalari bir-biridan ko’pchilik belgilarinig turlichaligi bilan ajralib turadilar. Ko’plab ehtimol tutilgan tasniflardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: ko’zlangan maqsadlariga ko’ra (muayyan tovarni quvvatlash, reklama beruvchining ezgu qiyofasini shakllantirish va boshqalar); hududiy qamroviga ko’ra (mahalliy, hududiy, milliy, xalqaro); ta’sir sur’atiga ko’ra (bir maromli, o’suvchi, pasayuvchi).46
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishlab chiqarish bo’limi reklama tashuvchilarni ishlab chiqish bilan mashg’ul bo’ladi va ba’zan bosmaxona, reklama shchitlarini ishlab chiqaruvchi ustaxonalar kabi ishlab chiqarish bo’linmalari va bos
|