1. Boshqarish ta’limotida to’rt yo’nalish




Download 19.56 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2024
Hajmi19.56 Kb.
#159616
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Boshqarish ta’limotida to’rt yo’nalish-fayllar.org


1. Boshqarish ta’limotida to’rt yo’nalish

29 variant


1 .Boshqarish ta’limotida to’rt yo’nalish.
Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan. Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi. 22 O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan (3-jadval). 3-jadval. Boshqarish ta'limotidagi to’rt yo’nalish (maktab) № Maktab nomlari Namoyandalari Turli maktablarning boshqaruv ta'limotiga qo’shgan hissasi 1. Ilmiy menejment maktabi 1340-1400 yillar Amir Temur - Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qildi. -XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo’lida xizmat qilmoqda. -Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi. -Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni yaratdi. (1885-1920) yillar F. Teylor G. Emerson va boshqalar - Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash. - Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash. - Vazifani samarali bajarilishini ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta'minlash. - Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash maqsadida xodimlarni muntazam rag’batlantirib turish. 2. Mumtoz yoki ma'muriy menejment (1920-1950) A. Fayol, M. Veber va boshqalar - Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish. - Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish. - Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali yondoshuvni asoslash. 23 3. "Inson munosabatlari" maktabi (1950 yildan hozirgacha) E. Meyo, R. Laykert va boshqalar - Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qo’llash. - Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etish. 4. Miqdoriy tizimli yoki zamonaviy menejment (1950 yildan hozirgacha) G. Saymon, P. Druker, E. Deyl va boshqalar - Murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qo’llash. - Murakkab vaziyatlarning echimi bo’yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
2. Boshqaruv usullari
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni:  sistema (tizim)li yondoshuv;  kompleks yondoshuv;  tarkibiy yondoshuv;  integratsion yondoshuv;  modellashtirish;  iqtisodiy-matematik yondoshuv; 50  kuzatish;  eksperiment;  sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: - funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli; - boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari; - boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari. Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turlituman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi. Funktsional tizim-osti ob'ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob'ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin. Tizimosti bo’limlar: 1. "Ishlab chiqarish" bo’limi  mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish;  mahsulot sifatini nazorat qilish;  omilli tahlil;  funktsional tahlil;  ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish;  ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish;  ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish;  harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar.
3. Menejment fanining predmeti va metodlari.

Download 19.56 Kb.
  1   2   3   4




Download 19.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Boshqarish ta’limotida to’rt yo’nalish

Download 19.56 Kb.