• ISHLASH HUJJATLARI 2023-2024-O’QUV YILI Mustaqil o‘qishga o‘rgatish – bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashning samarali usuli
  • Texnologiya fanidan




    Download 5.83 Mb.
    bet1/8
    Sana13.11.2023
    Hajmi5.83 Mb.
    #97794
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    TEXNALOGIYA O\'G\'IL BOLALAR UCHUN PAST O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR
    Слайд 05.07.2022, 1-Maqola, Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Tarbiya jarayoniga pedago-www.fayllar.org



    ____________ VILOYATI ___________ TUMANI
    MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI
    ____-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
    TEXNOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI
    ______________________________NING
    TEXNOLOGIYA FANIDAN
    BO’SH O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR BILAN
    ISHLASH HUJJATLARI

    2023-2024-O’QUV YILI
    Mustaqil o‘qishga o‘rgatish – bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashning samarali usuli



    Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim.
    Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim maqsadiga yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘la “eslab qolib” bajarishdir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir. O‘quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvuri yorqin, so‘z boyligi yetarli emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘qituchi rahbarligida ishlaganda, tezroq mulohaza qiladilar. Bu holga o‘rganib qolmasliklari uchun ko‘proq ularning o‘zini mustaqil fikrlashga da’vat etish lozim. O‘quvchilar e’tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega shunday bo‘ldi? Seningcha qanday bo‘lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma’qullab, “yana o‘ylasang topasan”, “juda yaxshi”, “juda soz!” kabi rag’batlantiruvchi so‘zlarni ishlatish foydalidir.



    Download 5.83 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 5.83 Mb.