• 19-modda. Telefon va hujjatli elektr aloqadan foydalaniladigan tarzdagi reklama
  • 20-modda. Tashqi reklama
  • -modda. Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama




    Download 0,93 Mb.
    bet8/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    18-modda. Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama

    Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklamaning hajmi, mavzusini shu ommaviy axborot vositalarining o‘zlari mustaqil belgilaydi. Obuna bo‘yicha tarqatiladigan bosma vositalar obuna shartlarida nashrning umumiy hajmidagi reklama miqdorini ko‘rsatishlari shart.


    Reklama yo‘sinidagi xabarlar va materiallarni berib borishga ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining 40 foizidan oshib ketmasligi shart, qolgan reklama bepul ilova tarzida berilishi kerak.
    19-modda. Telefon va hujjatli elektr
    aloqadan foydalaniladigan tarzdagi reklama

    Teleks va faksimil aloqa yordamida reklama qilishga, agar oluvchining maxsus so‘rovi bo‘lmasa, bir manzilga bir varaqdan ortiq bo‘lmagan hajmda bir marta jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.


    Mahalliy, shaharlararo yoki xalqaro telefon aloqasidan foydalanilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar reklamasi reklama vositalarida tarqatilgan taqdirda quyidagi aniq axborotlardan tarkib topgan bo‘lishi kerak:
    xizmatning pulli yoki tekin yo‘sinda ekanligi hamda uning qiymati to‘g‘risidagi axborot;
    taklif etilgan xizmatning mazmuni to‘g‘risidagi axborot;
    xizmat iste’molchilari doirasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan hamda xizmatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan - yoshga doir va boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot;
    telefon aloqa kanalidan pulli foydalanish va tegishli mintaqada xizmatdan 1 minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot.
    Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan axborot reklama xizmatini taqdim etish uchun foydalaniladigan telefon raqami terilgan shrift hajmining kamida yarmiga teng hajmdagi shrift bilan bosilishi shart.
    Militsiya, tez tibbiy yordam, yong‘indan saqlash va shu kabi xizmatlarning bepul xizmat ko‘rsatadigan telefon raqamlaridan reklama tarqatish uchun foydalanish taqiqlanadi.
    20-modda. Tashqi reklama

    Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)


    Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
    Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama deb hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi.
    Tashqi reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
    Tabiatni muhofaza qilish ob’ektlari doirasida tashqi reklamani joylashtirishga mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tegishli davlat boshqaruvi organlarining vakolat doirasida ular bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
    Tashqi reklamani madaniy meros ob’ektlarida, yo‘l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama

    Download 0,93 Mb.