• 15-modda. Qiyosiy reklama
  • 16-modda. Ijtimoiy reklamali axborot
  • Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni




    Download 0,93 Mb.
    bet6/50
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #253437
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    IMFda reklama ma\'ruzasi (1)

    14-modda. Yashirin reklama

    Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o‘zi anglamagan holda ta’sir o‘tkazadigan, shu jumladan, maxsus videoilovalardan (qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta’sir o‘tkazadigan reklamadir.


    Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotida, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi. (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
    15-modda. Qiyosiy reklama

    Qiyosiy reklama - raqobatchiga yoki uning tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir.


    Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa, reklama beruvchi bilan raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
    16-modda. Ijtimoiy reklamali axborot

    Ijtimoiy reklamali axborot sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat yo‘sindagi boshqa axborotdir.


    Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan, pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi hayriya faoliyati deb e’tirof etiladi. Bunday shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
    Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi. (O‘zR 10.04.2008 y. O‘RQ-150-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni

    Download 0,93 Mb.