|
Ijtimoiy madaniy faoliyat sohasida reklama va uning jamiyatdagi o’rni
|
bet | 45/50 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #253437 |
Bog'liq IMFda reklama ma\'ruzasi (1)Reklamaning ijtimoiy vazifasi . Xar qanday reklama mamlakatning madaniyatini , turmush tarzini , tarixiy madaniy an`analarini ,hayotiy qadriyatlarini targ`ib qiladi . Avvalo , reklamalar jamiyatdagi insonlar guruhiga ta`sir etish , ularda yangi tasavvur tasavvur va tushunchalarni hosil qilish , qiziqishlarni orttirishga qaratilgan bo`ladi .
Rossiyalik olim Alina Dudareva reklamaning ijtimoiy vazifasini shunday ta`riflaydi :”Reklama faqatgina mahsulotlar va xizmatlar haqida axborot berib qolmay ,balki jamiyatdagi ommaviy-siyosiy va boshqa munosabatlar haqidagi , jumladan , erkaklar va ayollarning o`zaro munosabatlari haqidagi axborotlarni ham beradi “53
Reklama ma`lumotlarlari bilan tanishish davomida turli ijtimoiy munosabatlar haqida –qatlamlar va millatlar urf-odatlari , stereotiplari , turli oilalardagi qadriyatlar tizimi haqida tasavvurlar shakllanib boradi .Reklama insonlar tomonidan bir yoqlama qabul qilinmaganligi bois ham bugungi kunda kundalik hayotimiz haqidagi axborotlar tizimida asosiy o`ringa ega bo`lib qolmoqda .Buni mashhur psixolog I.V.Groshev ta’biricha shunday izohlash mumkin :54”Zamonaviy inson hayotini reklamasiz tasavvur etib bo’lmaydi, chunki u tobora faol va ta’sirchan bo’lib bormoqda’’
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari asosan reklama manbai sifatida xizmat qilmoqda .K.A.Farfievning ta’kidlashicha ,Yaponiyada 70 foiz bolalar o’z sevimli ko’rsatuvlarining vaqtini va kunini ongli ravishda bilib, televizorni yoqadilar. Bolalar ko’rsatuvlari ularning jismoniy kuchlari, ehtiyojlari,ruhiyatini hisobga oladi. Demak,bolalar va onalar uchun mo’ljallangan reklamalar mazmunan mana shu jihatlarni ko’proq o’zida qamrab olishi zarur. Chunki onalar o’z bolalarining sevimli mahsulotlarini harid qilinishida o’zlarini ma’sul sifatida biladilar. Reklamalarda doimo ijobiy hayot manzarasi, ijobiy munosabatlar mazmuni aks etiriladi. A.V.Kostina jamiyatdagi insonlar ,ijtimoiy qatlamlar ongiga ta’sir etish ,ijobiy tasavvurlarni shakllantirish, hayotiy qadriyatlarni singdirish maqsadida reklamalar ommaviy ong stereotiplariga tayanishini va gender belgilar bo’yicha jamiyatning ichki tuzilishini ko’rsatishini qayd etadi. Reklama kommunikatsiyasi ta’sirida oilaviy roller, turli xulq ko’nikmalari o’zlashtirilib ,estetik ta’b va did ,iqtisodiy fikrlash, oilaviy xo’jalikni yuritish, turli qadriyatlar birligini inson ongiga singdirish kabi ijtimoiy jarayonlar shakllantiriladi. Psixolog R.I.Mokshansevning ta’kidlashicha ,reklamalarni milliy stereotiplarga yondashilgan bo’lishi uni idrok qilinishi imkonini osonlashtiradi. Reklamada doimo ta’sirchan ijtimoiy hayot ko’rinishi ifodalanadi. Qadriyatlar inson ongiga singdirilib, shu qadriyatlarga asoslanilgan holda hayot tarzi targ’ib qilinadi. Reklamaga munosabat bildirish jarayonida shahsda turli vaziyatlarda yuzaga keladigan xulq-atvor xususida tasavvurlar shakllanadi. Bu bilan reklama insonni jamiyat hayotiga jalb etish , ijtimoiylashtirish vazifasini bajaradi.Tarixan reklamalar faol ijtimoiylashtiruvchi omil vazifasini bajarib ,u yoki bu davlatlar, millatlar turmush tarzi, an’analari, taraqqiyoti xususida ma’lumot bergan. Jamiyatdagi kishilarni muvaffaqiyat va ijobiy faollik sari undovchi , baxtli,farovon hayot sirlarini targ’ib qiluvchi ijtimoiy hodisa sifatida tan olingan.
Ko’p hollarda reklama yangi ehtiyojlarni qondirish bilan birga murakkab psixik bilimlarni hosil qiladi. Jumladan, dunyoqarash, estetik did, ijtimoiy qadriyat, hayot usulini shakllantiradi. Bugungi kunda reklama mahsulotlari o’zini hayot bilan hamnafas yashovchi deb biluvchi har bir inson kundalik hayotining bir qismga aylanib qolgan. Reklamalar shaxs xulq-atvori va ijobiy sifatlarining shakllanishida ,jamiyat qatlamiga chuqurroq kirib borishida, o’z ichki imkoniyatlarini to’la namoyon etishida kuchli ta’sirlovchi ahamiyatga ega. Reklama mahsulotlari ijtimoiy tabiatiga ko’ra ijobiy turmush tarzi obrazini ifodalashga qaratilgan bo’lib, ko’proq qadriyatlarga, milliy stereotiplarga , umuminsoniy g’oyalarga asoslangan bo’ladi.Xususan ,turli mavzudagi ijtimoiy reklamalar boshqa reklama turlariga nisbatan ko’proq ijobiy qabul qilinadi,ta’sir etishi va idrok etilishi ham yuqori bo’ladi. Ijtimoiy reklamalar shaxs tasavvurlari tizimiga, ijtimoiy ustanovkalar sohasiga bevosita yo’naltiriganligi bilan samarali ta’sirga ega . Reklamalar doimo u yoki bu davlatlar, xalqlar xayot tarzi, madaniyati, shakllangan qadriyatlari, ijtimoiy rollari haqida ma’lumot beradi. Shaxsda reklamalar ta’sirida turli xalqlar hayot obrazining taqqoslanishi orqali u yoki bu ijtimoiy meyorlarga, qadriyatlarga yo’nalganligi xususida mustaqil xulosalar boshqarish imkoni yuzaga keladi. Har bir mamlakt reklamasi o’zida madaniy-tarixiy an’analarni ifoda etadi. Bu haqida D.Brustin shinday ta’kidlaydi:Menga u yoki bu mamlakat reklamasini ko’rsating , men sizga bu mamlakat haqida h
|
| |