• Respublikasining
  • Maktabning ichki tartib qoidalari




    Download 104,5 Kb.
    Sana22.03.2020
    Hajmi104,5 Kb.
    #8529
    MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARI I.UMUMIY QOIDALAR Bugungi kunda yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan himoya qilish, ularda g`oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari oldimizdagi eng dolzarb va asosiy vazifa sifatida qolmoqda. Biz yashab turgan XXI asrda axborot-kommunikasion texnologiyalarini hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda va unga o`z ta’sirini tobora kengroq ko`rsatmoqda. Milliy mentalitetimiz, dunyoqarash va tafakkurimiz, fazilat va xususiyatlarimiz, eng muhimi ezgu va oliyjanob maqsadlarimizga mutlaqo yot bo`lgan g`oyalar, qarashlar, sun’iy “Qadriyat va an’ana”larni turli yo`llar bilan joriy etishga urinishlarni, bir so`z bilan aytganda, ma’naviy tahdid elementlaridan farzandlarimizni asrash kerak. II. MAKTAB MA’MURIYATI VA PEDAGOGIK JAMOASINING HUQUQ VA BURChLARI 2.1. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida o`qitishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini tanlash va amaliyotga tatbiq qilish. 2.2. O`quvchilarning ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmuni va sifatini yaxshilash. 2.3. O`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy g`oyaga sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, jamiyatda e’tirof etilgan axloq tamoyillari va me’yorlariga mos tarbiyalash, ularning ongi va qalbini ma’naviy, g`oyaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, diniy aqidaparastlik va missionerlik harakatlari ta’siriga tushib qolishdan saqlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, kashandalik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bilan bog`liq amaliy ishlarni olib borish. 2.4.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Ota-onalarni maktab “Ustavi”, o`quv-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi sohaviy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish hamda o`zaro shartnoma tuzish. Shuningdek, ota-onalar va maktab ma’muriyati o`rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini to`liq bajarilishini talab etish. 2.5. Huquq-tartibot xodimlari hamda mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish. 2.6. O`qituvchi va o`quvchilardan maktab “Ustavi”da belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o`z vaqtida kelish, ijodiy yondoshgan holda ish kunidan va dars jarayonidan unumli foydalanish, ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarishni talab qilish. 2.7. O`quvchilarning davomatini muntazam nazorat qilib borish, ularning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish. 2.8. Ota-onalardan farzandini ta’lim muassasasiga darsliklar va o`quv-qurollari hamda maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishini talab qilish. 2.9. O`quvchilarning ta’lim muassasasida mobil telefon, internetdan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga mobil telefonidan foydalanish madaniyatini tarbiyaviy soatlarda singdirish, ota-onalar yig`ilishlarida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 2.10. Pedagogik kengash qarori bilan Davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlarini o`zlashtirmagan o`quvchilarni sinfda qoldirish. (Maktabga o`qishdan bo`yin tovlab, sababsiz kelmaydigan o`quvchilar inobatga olingan) 2.11. Sinf rahbarlarining o`quvchilar va ota-onalar bilan yaqin aloqasini mustahkamlash hamda ularning xonadonlarga doimiy tashriflarini uyushtirish. Shuningdek, o`quvchilar huquqini muhofaza qilish, tarbiyasi og`ir o`quvchilar va notinch oila farzandlari bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. 2.12. Uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o`quvchilar uchun ularning ota-onalari bilan hamkorlikda barcha sharoitlarni yaratish, o`quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlash hamda dars mashg`ulotini tegishli o`qituvchilar tomonidan o`tilishi ta’minlash. 2.13. Belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan hamda sinflardagi o`zini-o`zi boshqarish organi vakillari tomonidan birinchi darsdan oldin o`quvchilarni tozalik ko`rigidan o`tishlarini nazorat qilish. 2.14.
    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
    Dars jarayonida, tanaffus vaqtida va ta’lim muassasasi hududida yurganda bir-biriga o`zaro hurmatda bo`lishni talab etish. 2.15. O`quv yili davomida o`quvchilar uchun maktab oshxonasi va bufetlarning muntazam ishlashini ta’minlash. 2.16. Maktab kutubxonasiga o`quvchilarni jalb qilib, ularni ijaradagi darsliklar va qo`shimcha badiiy adabiyotlar bilan yetarli miqdorda ta’minlash hamda o`quvchilar tomonidan yo`qotilgan yoki yaroqsiz xolatga keltirilgan darsliklarni o`rnatilgan tartibda undirish. 2.17.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    “Vasiylik kengashi”ning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, hamkorlik faoliyatini mustahkamlash hamda maqsadsiz pul yig`imlariga chek qo`yish. 2.18. O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash, o`qituvchilar tomonidan aniqlangan bo`shliqlarni yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlash orqali to`ldirilishini ta’minlash.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    (O`qituvchi roziligi bilan) 2.19. Ta’lim muassasasida ichki nazoratni yo`lga qo`yish, o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish. (Monitoring olib borish) 2.20. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, fan olimpiadalari va turli ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 2.21. O`quvchilarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida fan va qiziqishlari bo`yicha to`garaklar, sport seksiyalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatini samarali tashkil qilish. Shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tizimli tashkil etish. 2.22. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, maktab mulkini saqlash, kommunal xizmatdan maqsadli foydalanish haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 2.23.
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to`g`risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda maktablar hududida yoki atrofida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga oid reklamalar o`rnatilishiga yo`l qo`ymaslik, boshqa tashkilotlar tomonidan o`rnatilgan hollarda mahalliy hokimliklar va huquq – tartibot idoralariga rasman murojaat qilib, oldirib tashlash choralarini ko`rish. 2.24.
    Tamaki - tomatdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik o't oʻsimliklar turkumi, narkotik oʻsimlik. Tamakining 60 dan ortiq turi maʼlum. Yovvoyi holda tropiklarda, Amerika va Avstraliyada yovvoyi turlaridan N.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Maktab yoki yaqin hududlarda o`quvchi – yoshlarning ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan, axloqsizlik va zo`ravonlikni targ`ib etuvchi, past saviyadagi “ommaviy madaniyat” elementlari aks etgan tasvirlar mavjud bo`lgan nashr-matbaa mahsulotlari (plakatlar, kitoblar, risolalar, bukletlar, daftarlar, yon daftarlar, rasm daftarlari va boshqa) sotilishiga va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik. 2.25. Maktab oshxonasi (bufet) yoki yaqin atrofdagi umumiy ovqatlanish shahobchalarida tarkibida o`quvchilarning sog`ligi va fiziologik rivojlanishiga zararli ta’sir ko`rsatadigan qo`shimchalar va moddalar bo`lgan oziq – ovqat maxsulotlari (gamburger, chizburger, turli qo`lbola ichimliklar va boshqa)ni sotish hududiy Davlat sanitariya epidemiologiya bo`limlari hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlariga asosan cheklash. 2.26. O`quv yili davomida namunali hulqi va erishgan bilimdagi yutuqlari uchun o`quvchilarni rag`batlantirish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga minnatdorchilik xatini yuborish, ertalabki saflanishlarda fahriy yorliq yoki iliq so`z bilan alohida e’tibor ko`rsatish) Shuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun intizomiy choralar ko`rish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga salbiy xolat yuzasidan xat yuborish, ertalabki saflanishlarda alohida ko`rsatib o`tish) 2.27. Yuqori natijalarga erishgan o`z vazifasiga vijdonan yondoshgan o`qituvchilarni maktab ma’muriyati tomonidan mukofotlash yoki moddiy rag`batlantirish. III. O`QUVChILARNING HUQUQ VA BURChLARI, ULARGA BELGILANGAN TALABLAR 3.1. Maktab o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda ta’lim muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega. 3.2. Maktab “Ustavi”da belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, ijodiy yondoshgan xolda dars jarayonidan unumli foydalanish, maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish. 3.3. Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish. 3.4. Maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishni ta’minlash. Jumladan quyidagilar talab etiladi: -o`quvchilarning kiyim boshi toza va ozoda bo`lishi; -o`quvchi qizlarning sochlari tekis turmaklangan, kalta yubka va oldi haddan tashqari ochiq ko`ylak kiymaslik, ta’lim muassasasi hududida bosh kiyimsiz va pardozsiz yurish; -o`g`il bolalarning sochlari tekislangan, maktabga shortik va maykada, «zamonaviy moda» deb tizzasi yirtilgan shim, g`arbning jangari fil’m qahramonlari aks ettirilgan kiyimlarda kelmaslik. 3.5. Maktabga o`quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o`quv darsliklari bilan kelishni ta’minlash. Jumladan quyidagilar talab etiladi.: -o`quvchilar uchun mo`ljallangan papka bilan kelishi; -kundalik daftarini bo`lishi; -darsga to`liq o`quv darsliklari bilan qatnashish; -ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik. 3.6. Maktabda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalarga ega bo`lishi va bu boradagi tartibga to`liq rioya qilish talab etiladi. Jumladan: -maktabga mobil telefoni bilan kelish huquqiga ega, bunda mobil telefon «Ovozsiz rejim»da bo`lishi shart; -mobil telefon o`quvchilarning darsdan chalg`ituvchi vosita ekanligini inobatga olib, dars mashg`ulotlari va tadbirlarda mobil telefonni o`chirib qo`yish; -maktabga kirishdan oldin, katta tanaffus va tanaffuslarda ota-onalari, vasiylari yoki yaqinlari bilan ta’lim muassasasiga yetib kelganligi, o`zining xavfsizligi va salomatligi to`g`risida, oxirgi darsdan keyin (yoki ma’lum sabablarga ko`ra avvalroq) ta’lim muassasasidan ketayotganligi to`g`risida xabar berish uchungina mobil telefondan foydalanish; - ta’lim muassasalarida imtihonlar, madaniy tadbirlar paytida, axborot-resurs markazlari, o`quv zallari, umumiy foydalanish va ovqatlanish joylarida mobil telefondan foydalanmaslik; - dars vaqtida mobil telefon yordamida so`zlashish, qisqa habarlar almashish, o`yin o`ynash, Internet saytlariga kirish, musiqa tinglash va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;
    Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.
    - mobil telefon orqali so`zlashganda boshqalarni haqorat qilish va atrofdagilarning nafsoniyatiga teguvchi so`zlarni ishlatmaslik; - mobil telefon orqali maktabga inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, ma’naviy buzuqlikning turli ko`rinishlari, pornografiya, alkogolizm, ichkilikbozliq, kashandalik kabi illatlarni targ`ib etuvchi, jamiyatda umume’tirof etilgan ahloqiy qadriyatlarga zid bo`lgan, o`quvchilarning jismoniy va ma’naviy kamolotiga zarar keltiruvchi, shuningdek, diniy va milliy nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik va missionerlik bilan bog`liq har qanday ko`rinishdagi ma’lumotlarni olib kirmaslik va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik; - mobil telefon orqali o`quvchilarning yosh xususiyatlari va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ularning xavfsizligi to`liq kafolatlanmagan xizmatlari, jumladan, SMS–tanishuv xizmatlaridan foydalanmaslik; - maktabda mobil telefonning o`ta baland ovozga sozlanishi, ularga mazmunida o`quvchining yoshi va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi musiqa (rington)larni o`rnatmaslik, eshitmaslik va tarqatmaslik; - mobil telefonni bezatishda o`quvchining yoshi va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi tasvirlar (Wallpaper yoki «Zastavka»), bezaklar, simvollar, qo`g`irchoq va boshqa shu kabilardan foydalanmaslik. 3.7. Maktabda mobil telefondan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi, xavfsizligini ta’minlash, o`quvchilarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishi, hayoti va sog`lig`i, sha’ni va qadr qimmatini muhofaza qilish maqsadlarida, huquq va burchlarning, erkinlik va mas’uliyatining tengligi nuqtai nazaridan cheklanishi mumkin. Shuningdek, maktabda mobil telefondan foydalanish talablarini buzgan o`quvchi ikki martagacha rahbariyat, rahbar o`rinbosarlari va pedagoglar tomonidan tegishli tartibda ogohlantiriladi. Talablar uchinchi marta yoki ikkinchi marta o`ta qo`pol tarzda buzilgan holatda pedagoglar tashabbusi bilan 2 nafar pedagog (biri sinf rahbari bo`lishi maqsadga muvofiq) va 2 nafar o`quvchi guvohligida mobil telefon o`quvchidan olib qo`yiladi, ota-onasi, ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqinlari ishtirokida muhokama qilinib, chora ko`rilgandan so`ng qaytarib beriladi. 3.8. Internet tarmog`idan faqat bilim olish maqsadida to`g`ri foydalanish, yovuz va buzg`unchi g`oyalar targ`ib etiluvchi o`yinlar, saytlar va xabarlar ta’siridan himoyalanish, bu borada internetdan faqatgina «ZiyoNet» ta’lim tarmog`i orqali foydalanish. 3.9. Hafta davomida maktabning hayoti bilan bog`liq tashkiliy va ommaviy tadbirlarda, xususan juma-ma’naviyat kunlari madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish. 3.10. Jismoniy tarbiya dars mashg`ulotlari kuni sport zallariga maxsus sport formasi va oyoq kiyimlarida ishtirok etish. (Maxsus formasiz kelgan o`quvchilar mashg`ulotga qo`yilmaydi va o`sha kuni o`quvchi sababsiz darsga ishtirok etmadi deb hisoblanadi) 3.11. Maktabga qurol-yarog`, portlovchi moddalar, tez alanga oluvchi narsalar, spirtli ichimliklar, narkotik va tamaki mahsulotlari, zaharli moddalar olib kelinmaydi. Shuningdek, maktabga gugurt, o`tkir qirrali narsalar, gazli balonchalar, qurollar va o`yin kartalari olib kirishlari ruxsat etilmaydi. 3.12. Dars mashg`ulotlari davomida maktabdan chiqib ketish, darsga kelmaganligi va keyingi darsga kirish uchun ruxsatni sinf rahbari va maktab ma’muriyatining ko`rsatmasi bilan amalga oshirilishi tartibiga rioya qilish. (Agar o`quvchi mashg`ulotga kelmasa, buning sabablarini isbotlovchi hujjatlar: tibbiy ma’lumotnoma yoki ota-onasining arizasi sinf rahbariga taqdim etilishi lozim) 3.13. Maktab ichki tartib qoidasini buzgan o`quvchilarga quyidagi intizomiy jazo choralari qo`llanishi belgilangan. Jumladan: -kundaligiga tanbeh yozish; -maktab buyrug`i bilan «Hayfsan» e’lon qilish; -boshqa sinfga ko`chirish; -vaqtinchalik sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishini ta’qiqlash; -sinf jamoasi orasida muhokama etish; -ota-onasining ish joyiga va mahalla oqsoqoli nomiga xat yuborish. 3.14. Maktab hayotida faol ishtiroki, hulqi va odobi, bilimida erishgan yutuqlari uchun rag`batlantiriladi. Jumladan: -maktab buyrug`i bilan tashakkurnoma e’lon qilish; -maktabning «Faxriy kitobi»ga kiritish; -«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash; -qimmatbaho va esdalik sovg`alari bilan mukofotlash; -maktab radiouzeli orqali e’lon qilish; -ota-onasining ish joyiga va mahalla oqsoqoli nomiga xat yuborish. IV. OTA-ONALARNING HUQUQ VA BURChLARI VA MAJBURIYATLARI 4.1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, Oila kodeksi, Maktab “Ustavi”, maktab ma’muriyati va ota-onalar o`rtasida tuzilgan shartnomaga hamda amaldagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish. 4.2.“Vasiylik kengashi”, ota-onalar qo`mitasi faoliyatida ishtirok etish, maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilish. 4.3. Maktabga tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida farzandining o`z vaqtida mashg`ulotlarga to`liq darsliklar va o`quv-qurollari bilan kelishini ta’minlash. 4.4. Farzandini davomatini muntazam nazorat qilib borish, uning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish, uning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish. 4.5. Farzandini maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta’minlash. 4.6. Milliy ma’naviyatimizga, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beradigan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarida beriladigan fan, adabiyot, san’at sohasiga hissa qo`shgan ulug` allomalar, olimlar portretlari, aforizm darajasiga ko`tarilgan hikmatli so`zlar mazmun-mohiyatiga singdirilgan o`quv qurollari va boshqa o`quv anjomlari bilan ta’minlash. 4.7. Farzandining maktabda mobil telefondan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga jamoat joyi va maktabda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 4.8. Farzanding ongini internet orqali kirib kelayotgan g`oyaviy tahdid va past saviyali «Ommaviy madaniyat»ning zararli ta’sirlaridan himoyalash, bu borada shaxsiy kompyuter va telefon orqali internetga kirishini faqatgina «ZiyoNet» ta’lim tarmog`i orqali amalga oshirishini tushuntirish va nazorat qilish. 4.9.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Farzandi sog`lig`ini nazorat qilish borasida belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan o`tkazish. 4.10. Farzandining bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan maktabda va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qiziqishlari bo`yicha to`garaklar, sport seksiyalari va kuni uzaytirilgan guruhlarda muntazam qatnashishini ta’minlash. 4.11. O`qituvchilar tomonidan farzandi bilimidagi aniqlangan bo`shliqlarni to`ldirish maqsadida yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitni yaratish va nazorat qilish. 4.12. Turli sport va fan olimpiadalari, ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishini to`liq ta’minlash va yaqindan yordam berish. 4.13. Ijaraga berilgan darsliklarni farzandi tomonidan avaylab-asrashni nazorat qilish, darsliklar ijarasi uchun mablag`larni o`z vaqtida to`lash. 4.14. Maktab binosi, o`quv-laboratoriya va boshqa jihozlariga farzandi tomonidan moddiy zarar yetkazilgan hollarda (nobud qilish, sindirish, buzish, chizish, yaroqsiz holga keltirish va h.k) o`rnatilgan tartibda zararni qoplash. 4.15. Maktabda o`tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni”, “Otalar majlisi” va “Ota-onalar majlisi”da hamda boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etish. 4.16. Farzandini turli salbiy oqimlar ta’siridan himoya qilish, jinoyatchilik va qonunbuzarlikdan asrash va sog`lom turmush tarzini shaxsiy namunasi orqali singdirish. Jumladan: -oyda bir marta badiiy kitob o`qish; -bitta sport turi bilan shug`ullanish; -oyda bir marta oilaviy madaniyat maskanlariga tashrif buyurish. 4.17. Farzandini namunali hulqi va erishgan bilimdagi yutuqlari uchun rag`batlantirish. Shuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun tarbiyaviy choralar ko`rish. V. YAKUNIY QOIDALAR Ta’lim muassasalari yosh avlodni yetuk, ma’naviy boy, barkamol, komil inson bo`lib rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini o`tar ekan, bu borada o`quvchilarning tashqi qiyofasi, bilim darajasi, hulq-atvori bekamu ko`st bo`lishi ta’lim-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Bu borada, ta’lim-tarbiya jarayonida rahbar, rahbar o`rinbosari, sinf rahbari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari o`z samarasini bermoqda. Bugungi kunda esa ma’naviyat masalalari davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli kitobi dunyo yuzini ko`rishi bilan davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Demak, endi oldingi holatda ishlab bo`lmaydi. Barcha darajadagi ishlarimiz shunga mos bo`lishi shartdir. Shu ma’noda ushbu sohadagi faoliyatizimni, xususan tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonini ham funksional, ham konseptual-nazariy, ham amaliy-tashkiliy jihatdan ushbu talablar nuqtai nazaridan turib yana bir bor chuqur tahlil qilishimiz, baholashimiz va yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur. Jumladan, har bir ta’lim muassasasida sog`lom ijtimoiy-psixologik, ijodiy va ma’naviy muhitning barqaror bo`lishiga erishish, ta’lim va tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi har qanday holatlarni kelib chiqish sabablari va oqibatlarini ota-ona-o`quvchi-pedagogik jamoa birgalikda muhokama qilish va ularga barham berish; Ta’lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligi, samarasini aniqlash hamda pedagogik jamoaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga baho berish maqsadida so`rovnomalar o`tkazish, natijalarini birgalikda muhokama qilish; Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo`yicha alohida yutuqlarga erishgan o`quvchi, ota-ona va pedagog xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish, o`zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish. Ma’naviy – ma’rifiy ishlarning metodik ta’minotini yaxshilash, ta’lim muassasalarini milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo`yicha zamonaviy adabiyotlar, metodik qo`llanmalar va tavsiyalar bilan ta’minlash, bu borada hamkorlikni kuchaytirish; O`quvchilarda axborot olish va tarqatish madaniyatini shakllantirish. O`quvchini axborotni qaysi manbadan olishidan qat’iy nazar to`g`ri talqin qilishga o`rgatishimiz lozim. Unga har qanday salbiy mazmundagi axborotni qiyoslashi, to`g`rini noto`g`ridan, oqni qoradan ajratishi uchun muqobil axborotni o`z vaqtida berish; Tarbiyaviy soatlar mavzularining eng dolzarb masalalarga bag`ishlanishi, quruq pand-nasihatdan ko`ra ko`proq, ularda tarbiyaga ta’sir etuvchi salbiy illatlarning asl mohiyatini tahlillar, qiyoslash va hayotiy misollar yordamida, zarur bo`lsa mutaxassislar ishtirokida ochib berish; O`quvchilarda kiyinish madaniyatini shakllantirish, internet va uyali aloqa vositalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, «Ommaviy madaniyat» elementlari (xorijiy estrada yulduzlari, badiiy asarlar, kino va mul’tfilmlar qahramonlari, «emo» yoki «gotlar» kabi sub-madaniyatlar vakillari, tatuaj, pirsing va boshqa.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
    )ga ko`r-ko`rona taqlid qilishining oldini olish. Ushbu maktabning ichki tartib qoidalari bilan barcha o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi va ota-onalarga tanishtirilib, maktabning foyesiga osib qo`yiladi.
    Download 104,5 Kb.




    Download 104,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabning ichki tartib qoidalari

    Download 104,5 Kb.