Ma’lumki har qanday tilni o’rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amali




Download 30,18 Kb.
bet1/4
Sana15.05.2024
Hajmi30,18 Kb.
#235399
  1   2   3   4
Bog'liq
Tinglab tushunish


Ma’lumki har qanday tilni o’rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amaliy vositasida amalga oshiriladi. Bular gapirish, o’qish, yozish va tinglab tushunish jarayonlari bo’lib, xususan, tillarini o’rganishda nutq faoliyatining mazkur turlarini o’rgatish muhim hisoblanadi, chunki ular orqali ma’lumot beriladi va olinadi. Ma’lumot olish tinglab tushunish va o’qish orqali amalga oshsa, ma’lumot berish gapirish va yozish orqali amalga oshadi. Nutq faoliyatining shakli ikkita ya’ni og’zaki va yozma nutq. Og’zaki nutqni o’rgatish tinglash va gapirishni o’rgatishni, yozma nutq esa o’qish va yozishni o’rgatishni o’z ichiga oladi.
“Tinglab tushunish nutq faoliyatining bir turi bo’lib, u retseptiv nutq faoliyatiga kiradi. Tinglab tushunish so’zlovchining nutqini radiodan, magnitafondan, kompakt diskdan va muloqot paytida tinglab tushunib, ma’lumot olishidir. U ba’zi adabiyotlarda audirovaniya deb ham yuritiladi. U murakkab nutq faoliyatidir, chunki tinglovchi tezda shaklni qabul qila olishi, xotirada saqlab qolishi zarur, aks holda uni qaytadan ko’rib, o’qib, tushuna olishi uchun manbaa, sharoit, vosita yo’q. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalarda tinglab tushunish gapirishga qaraganda kam taraqqiy etgan. O’quvchi o’qiganda, ko’rganda tinglab tushunishga qaraganda olti marta ko’p ma’lumot olarkan. Sababi uni ustida kam ishlaganidadir, murakkabligidadir. Tinglab tushunish gapirishning ajralmas qismidir. Tinglab tushunish va gapirish og’zaki nutqni tashkil qiladi” .
Nutqni tinglash qobiliyati quyidagi komponentlardan iborat:
A) fonematik tinglash qobiliyati,
B) fonetik tinglash qobiliyati,
C) intonatsion tinglash qobiliyati.
Fonematik tinglash qobiliyati fonemalarning fonologik ya’ni ma’no ajratuvchi xususiyatlarini farqlash uchun xizmat qiladi. Fonetik tinglash qobiliyati esa nutq
tovushlarining fonetik xususiyatini farqlash uchun xizmat qiladi, ya’ni ma’no ajratmaydigan nutq tovushlarini to’g’ri tinglay olish qobiliyati deganidir. Intonatsion tinglash qobiliyati jumla va gaplardagi ohangni to’g’ri ilg’ay olish uchun xizmat qiladi. Ushbu qobiliyat turi ham yuqoridagilari kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Metodist-olim T. Sattarov oliy ta’lim muassasalarida tinglab tushunishni o’rgatishning lingvistik va psixologik xususiyatlarini
o’rganib chiqqan va tinglab tushunish qiyinchiliklarini quyidagi omillarga bog’lagan:
1. Tinglovchining individual yosh xususiyatlari;
2. Idrok qilish sur’ati;
3. Sharoit;
4. Tezlik;
5. Ma’lumot miqdori, hajmi;
6. Idrok qilish tayanchlari;
7. Toliqish
Yoqubov I. tinglab tushunishga muhim nutq faoliyati turi sifatida baho bergan va
tinglab tushunishni o’qitishda 3 turdagi qiyinchiliklarni ta’kidlab o’tgan:
1. Ekstralingvistik
2. Lingvistik
3. Psixologik
Ekstralingvistik qiyinchiliklar quyidagilar:
- tinglanilayotgan nutqning mexanikligi, ya’ni mexanik qurilma yordamida qo’yib eshittirilishi;
- nutqning tembri, tezligi tinglanilayotgan sharoit, vaziyat;
- talabaning diqqati; - nutqning necha marta tinglanilishi;
- tinglab tushunish jarayonida tayanch vositalar, mazmunli rasmlarning bo’lishi va boshqa shu kabi omillar.
Lingvistik qiyinchiliklar tilga oid qiyinchiliklar bo’lib Rogova G. bunday qiyinchiliklarni 3 turini izohlab beradi:
- fonetik qiyinchiliklar ya’ni bir-biriga yaqin tovushlarni tinglab tushunish va farqlashda uchrovchi qiyinchiliklar;
- leksik qiyinchiliklar ya’ni bir-biriga talaffuzi yaqin so’zlarni tinglab tushunish bilan bog’liq qiyinchiliklar;
- grammatik qiyinchililar, ya’ni grammatik qoidalar bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar (ingliz tili analitik til ekanligidan kelib chiqadi)
Psixologik qiyinchiliklar o’rganuvchining individual xususiyatlari bilan bog’liqdir. Psixologik nuqtai nazardan nutqni tinglab tushunishda o’rganuvchilarning xotirasi muhim rol o’ynaydi. Nutq tinglanganda, undagi ma’lumot xotirada saqlab qolinsa, uni qaytadan tinglashga shart emas va topshiroqlarni bajarish ham bir muncha osonlashadi.
Metodist Jalolov J. tinglab tushunish qiyinchiliklarini quyidagicha tasniflaydi:
- tilga oid qiyinchiliklar (ma’nosi har xil, talaffuzi o’zshash so’zlar);
- mazmunga oid qiyinchiliklar;
-nutqni idrok qilish shart-sharoitlari bilan bog’liq qiyinchiliklar;
- tilshunoslik nuqtai nazaridan sodir bo’ladigan qiyinchiliklar
- audiomatn tuzilishiga oid qiyinchiliklar.
Ushbu qiyinchiliklarni oldini olish uchun tinglab tushunish uchun tog’ri audiomatn tanlanishi lozim bo’ladi. Bizning fikrimizcha, audiomatn tanlashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
- matn g’oyaviy tarbiyaviy qimmatga ega bo’lishi;
- o’quvchilarning yoshiga, ularning o’z ona tilidagi va chet tilidagi nutq tajribasiga mos tushishi;
- o’quvchida qiziqish uyg’otadigan masalani yoritishi;
- mantiqan to’g’ri qurilishi;
- nutqning turli shakllarini qamrab olishi;
- qo’shimcha axborot elementlarining ko’p bo’lmasligi.

Bugungi kunda til o’rganishga bo’lgan talab ortmoqda. Tillarini o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarda ya’ni gapirish, yozish, tinglab tushunish va o’qish kabilarni rivojlantirib boradi. Bu kabi til ko’nikmalarini shakllantirib borish davomida o’quvchi bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Misol tariqasida tinglab tushunish ko’nikmasini oladigan bo’lsak, til o’rganuvchilarda talaffuzdagi, to’g’ri yozishda yoki tushunishdagi, lug’at boyligini kamligi kabi muammolar ularning chet tilini o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini yo’qolib borishiga sabab bo’lmoqda. O’rganuvchilardagi diqqatni bir joyga jamlay olmaslik, sinchikov bo’lmaslik, tinglab tushunish ko’nikmasini quyi bosqichda qolib ketishini bildiradi. Tinglayotgan materialni qiziqarsiz deb baholash, gapiruvchini tanqid qilish, faktlarnigina tinglash, e’tiborning sustligi shular jumlasidandir. Tinglab tushunish ko’nikmasidagi bir qancha muammolarni yechish uchun kinolar ko’rish, guruh prezentatsiyalarida qatnashish, ochiq turdagi savollarga javob berish, tinglab
tushunish mashqlarini bajarish bilan bir paytda o’sha hodisani onggimizda shakllantirish,
tinglash ko’nikmasini rivojlantirishni natijali metodlaridan.
Xulosa qilib aytganda til o’rganayotganda tinglab tushunish ko’nikmasini oshirishda maxsus audiolar tinglab uni yuqorida olti bosqichdan o’tkazsa, albatta, samarali natija beradi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi bo‘yicha o‘quv metodik ta’minotning yaratilishi bevosita mamlakat o‘quvchilarni xalqaro baholash jarayonlariga tayyorlash, ta’limni jahon standartlariga moslashtirish masalasi bilan bog‘liq. Bu borada o‘qib tushunish ko‘nikmasiga yordamchi sifatida tinglab tushunish masalasi ham qo‘llanadi. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi so‘nggi yillarda “mexanizm” so‘zi falsafa, psixologiya, psixolingvistika va lingvistika sohalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Biroq tadqiqotchilarning hech biri mazkur so‘zga aniq ta’rif bermagan. Uning ma’nosini faqat kontekstga qarab chiqarib olish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar mexanizm ostida biron narsaning tuzilishini, uning struktura xususiyatlarini tushunishsa, boshqalari ayrim harakat va amallar yoki jarayonlar majmuyini, yana bir guruh mualliflar esa struktura va
jarayonlarning o‘zaro munosabatini, struktura, jarayon va uning natijalari, funksiyalari va ijtimoiy sharoitlarni tushunishadi [1].
Nutqni xotirada tutish, shuningdek, nutqiy xotira mexanizmining ahamiyati ham nutqni anglash mexanizmidan qolishmaydi. U nutq jarayonining barcha tomonlarini, xususan, nutqning “mazmun jihati” va uning lisoniy ifodasini ta’minlaydi. Nutqda uning predmetining aks etishi, ya’ni borliqdagi u yoki bu hodisani – inson xotirasidagi bilimlari va atrofni o‘rab olgan dunyo haqidagi tasavvurlarining faollashuvisizmavjud bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, uning ongda mavjud bo‘lgan til belgilari haqidagi obrazlar tasavvuri va ularni nutqiy muloqot jarayonida qo‘llash qoidalarining faollashuvisiz ham bo‘lishi mumkin emas. Nutqni oldindan aytish mexanizmi psixolingvistikada hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu o‘rinda nutqiy faoliyat so‘zlash, eshitish, yozish va o‘qish vositasida amalga oshiriladi. Mazkur vositalar kishilarning o‘zaro munosabat turlari sifatida verbal muloqot jarayonida yuzaga chiqadi. Nutqiy faoliyatning barcha turlari umumiy jihatlarga ega bo‘lish bilan birga, bir qator mezonlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Nutqiy faoliyat turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini qayd qilingan mezonlardan kelib chiqqan holda quyidagicha tahlil qilish mumkin:
- nutqiy faoliyat nutqiy muloqotning o‘ziga xosligiga ko‘ra og‘zaki muloqot va yozma muloqot vositasida amalga oshiriladi.
- nutqiy faoliyatning birlamchi turlariga so‘zlash va eshitish kiradi. O‘ylashni fikrning ichki nutq vositasida shakllanish jarayoni sifatida, so‘zlash va yozuvni esa muloqotning og‘zaki va yozma shakllarida fikr yuzaga kelishining tashqi usullari sifatida talqin qilish mumkin. Og‘zaki ekspressiv nutqning monologik, dialogik va guruhiy shakllari mavjud. Nutqiy faoliyatning turlari mazkur jarayonlarni boshqaruvchi qaramaqarshi aloqa xususiyatiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, nutqiy faoliyatning so‘zlash va yozuv turlarida ijrochi organ (artikulyasion organ, yozadigan qo‘llar)dan bu faoliyatni “tashkil qiluvchi” dasturga,
bosh miya qismiga qaratilgan asab-mushakli qarama-qarshi aloqa amalga oshiriladi. Ushbu qarama-qarshi aloqa ichki nazorat va tahrir vazifasini bajaradi [1].
So‘zlovchi tomonidan yaratilgan matn talaffuz qilingach, havo to‘lqinlari orqali tinglovchining qulog‘iga yetib keladi. Ana shu ondan boshlab nutq tovushlari birikmasidan tashkil topgan matn so‘zlovchining jamiyatdoshi tomonidan idrok qilina boshlaydi. Idrok qilish ham uzundan-uzoq bir murakkab jarayonni tashkil qiladi. Tinglovchining oldida turgan vazifa bir to‘da tovushlar birikmasidan uning asosida yotgan mazmunni chiqarib olib, unga yo nutqiy, yo jismoniy javob qaytarish, yoxud murojaatni e’tiborga olib qo‘yishdir [2].
Joriy darsliklarda tinglab tushunish uchun berilgan o‘quv topshiriqlari tahliliga e’tibor qaratish lozim:
Audiomatnni diqqat bilan tinglang [6-bet]
Sizningcha, muallifning ushbu audiomatnni yaratishdan maqsadi nima?[7-bet]
Tinglagan matningiz asosida daftardagi topshiqriqlarni bajaring
1. O‘tloq ahli nima uchun birlashdi?

2. Ayting-chi, ushbu hikoyadagi chumoliga o‘xshash odamlar hayotda ham uchraydimi? Ular o‘z yurtlarini qanday asrashadi?
3. Sizda Vatanni asrash uchun zarradek bo‘lsa ham imkoniyat bormi? Misol keltiring.
4. Fidoyilik deganda nimani tushunasiz? Hikoyadagi qaysi qahramonlar fidoyilik qilishdi?[5]
Mazkur darslik zamonaviy talablar asosida yozilgan bo‘lib unda boshqa nutqiy ko‘nikma va malakalar qatori tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish ham nazarda tutilgan. Biroq 2-sinf o‘quvchisi fikrlash darajasidan yuqori bo‘lgan ayrim savol va topshiriqlar ham mavjud. Buni salohiyatli o‘qituvchi yumshatishi, tushuntirib berishi mumkin, ammo o‘qish savodxonligini rivojlantirish malakasi hamma o‘qituvchilarda ham birdek emas.
Darslikda ilmiyroq mazmundagi matnlarning va ularga ishlangan savol va topshiriqlarining bo‘lishi ijobiy hodisa, biroq audio matnlardan estetik didni rivojlantirishda ham foydalanish mumkin.
Quyidagi kabi topshiriqlar o‘quvchida faqat tafakkurni o‘stirishga xizmat qiladi, nazarimizda:

Download 30,18 Kb.
  1   2   3   4




Download 30,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumki har qanday tilni o’rganish nutqiy faoliyatning 4 ta asosiy amali

Download 30,18 Kb.